Mineral chizig’ining rangi (mayin kukun holidagi mineralning rangi). Bunday kukun tekshirilayotgan mineral bilan biskvit (chinni, sirlanmagan) taxtachaga chizib osonlikcha olinishi mumkin. Chinnidagi mineral kukuni o'ziga xos muayyan chiziq-iz shaklida hosil qilinadi. Ko'pincha mineralning rangi chizig’ining rangi bilan bir xil bo'ladi. Masalan, kinovarning o'zi ham, chizig’i (kukuni) ham qizil, magnetitniki qora, lazuritniki ko'k va hokazo. Masalan, gematitning rangi-kulrang yoki qora, chizig’i esa qizil, piritniki jez-sariq, chizig’i esa qoradir.
Shaffof yoki yarimshaffof minerallarning chizig’i rangsiz (oq) yoki och rangda bo'ladi.
Amalda minerallar rangi turmushda Yaxshi tanish bo'lgan narsalarning rangiga solishtirish bilan aniqlanadi, masalan, sutdek oq, somondek sariq va hokazo.
Metall kabi yaltiraydigan minerallarning rangini aniqlash uchun shu mineral nomiga tegishli tusdagi metallning nomi qo'shib aytiladi: qalaydek oq, qo'rg’oshindek kulrang, jezdek sariq, misdek qizil va hokazo.
Rasm 14. Pirit.
Minerallarning solishtirma og’irligi
jadval 8.
Gruppalar
|
Minerallar
|
Solishtirma og’irlik
|
Еngil
(2,5 gacha)
|
Neft, smola, kumir, oltingugurt, gips, osh tuzi
|
0,5-1,5
2,0-2,5
|
O'rtacha
(4 gacha)
|
Kalsit, kvarts, dala shpatlari, slyudalar, dolomit. amfibollar, piroksenlar, limonit, flyuorit, granat, topaz, korund
|
2,5-3,0
3.0-4,0
|
Og’ir
(4 dan yuqori)
|
Barit (og’ir shpat), ma'danli minerallar; temir, kumush va qo'rg’oshin Sof metallar, ma'dan (mis, oltin, platina) va boshqalar
|
4,5 6,5 8,0
8-23.0
|
Do'stlaringiz bilan baham: |