Mavzu: Yer yuzasining asosiy relief shakllari
Download 43.96 Kb.
|
Yer yuzasining asosiy relief shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eol relyef shakllari
Tog‘ va tekisliklar.
Tog‘ va tekisliklar – quruqlik relyefining asosiy shakllari hisoblanadi. Tog‘lar Yerning ichki kuchlari ta'sirida hosil bo‘ladi. Tekisliklar tog‘larning yemirilishi va yemirilgan jinslarning chuqurliklarni to‘ldirishidan vujudga keladi. Tekisliklar yuzasi tekis yoki biroz past-baland yerlardir. Dunyodagi eng katta tekisliklar: Turon, Amazonka, G‘arbiy Sibir va Sharqiy Yevropa tekisliklaridir. Yer yuzinig dengiz sathidan 500 m dan ortiq baland bo‘lgan joylariga tog‘lar deyiladi. Dunoydagi eng baland nuqta Himolay tog‘laridagi Jomolungma cho‘qqisi bo‘lib, balandligi 8848 m. Bu cho‘qqini O‘zbekistondan birinchi bo‘lib, 1998 yilning 22 mayida Rustam Rajabov zabt etgan. Yer yuzidagi tog‘ va tekisliklarning balandligi har xil bo‘ladi. Agar tekisliklarning dengiz sathidan balandligi 200 m dan oshmasa, ular pasttekislik deyiladi. Tekisliklar balandligi 200 m dan 500 m gacha bo‘lsa, ular qirlar deb ataladi. Ba'zi bir tekisliklarning dengiz sathidan balandligi 500 m dan ham ortiq bo‘ladi. Bunday baland tekisliklar yassi tog‘lar deb yuritiladi. Bunga O‘rta Sibir, Braziliya yassi tog‘lari misol bo‘ladi. Yuqoridagi rasmda turli balandlikdagi tekisliklar ko‘rsatilgan. Tog‘lar ham balandligiga qarab, past, o‘rtacha va baland tog‘larga bo‘linadi. Agar tog‘larning balandligi 500 m dan 1000 m gacha bo‘lsa, past tog‘lar, 1000 m dan 2000 m gacha bo‘lsa o‘rtacha baland tog‘lar, 2000 m dan yuqori bo‘lsa baland tog‘lar deyiladi. O‘zbekistondagi Bo‘kantog‘, Tomditog‘ past tog‘lar, Nurota tog‘lari o‘rtacha baland tog‘lardir. Relyef xaritalarda ranglar bilan tasvirlanadi: pasttekisliklar yashil, qirlar sarg‘ish, tog‘lar past bo‘lsa och jigarrang, o‘rtacha balandlari – jigarrang, baland bo‘lsa – to‘q jigarrang bo‘ladi. Bular xaritaning shartli belgisida ko‘rsatiladi. Eol relyef shakllari - shamol taʼsirida yuzaga keluvchi relyef shakllari, asosan, arid iqlimli zonalar (choʻl va chala choʻllar)da kuzatiladi. Dengiz, koʻl va daryolarning boʻsh va substrat jinslarini siyrak oʻsimlik qoplami shamol taʼsiridan himoya qila olmaydigan sohillarida ham uchraydi. Nuragan togʻ jinslarining shamol taʼsirida koʻchirilishi va boshqalar joyga toʻplanishi natijasida yuzaga keluvchi akkumulyativ va akkumulyativdeflyatsiya shakllari ayniqsa keng tarqalgan. Ular nafaqat shamol, balki shamol uchirib keltiradigan mayda jinslarning urilishi, yaʼni qumli shamollar taʼsirida ham vujudga keladi. Eol relyef shakllarish.ning oʻlchami va shakllari shamol rejimi (kuchi, tezligi, yoʻnalishi, shamol oqimi strukturasi)ga, relyef, oʻsimlik qoplami, namlik va boshqalar omillarga bogʻliq. Qumli joylardagi Eol relyef shakllarish. shamolning mavsumiy yoʻnalishiga muvofiq tarzda koʻchib yuradi. Eol relyef shakllarish. moʻʼtadil mintaqa choʻllarida oʻsimlik qoplami nisbatan zichroq boʻlganligi uchun unchalik katta boʻlmaydi va sekin-astalik bilan rivojlanadi. Shamollar rejimi va boʻsh jinslarning jipsliligi, asosan, zonal geografik omillarga bogʻliq, shu sababli Eol relyef shakllarish. ham umuman zonal joylashadi. Rus geograf olimi B.A.Fedorovich tasnifiga koʻra, yengil harakat qiluvchi qumli relyef shakllari, asosan, tropiklarning arid choʻllariga (Sahroi Kabir, Arabiston ya.o., Eron va Afgonistondagi choʻllar). sust harakatlanuvchi relyef shakllari tropik mintaqalardan boshqa siyrak chakalakzorli choʻllarga (Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston, Jungʻariya, Mongoliya va Avstraliya choʻllari); dyunalar choʻl boʻlmagan hududlarga (Yevropa, Gʻarbiy Sibir, Shim. Amerika) xos. Eol relyef shakllarish.ning morfologiyasi, kelib chiqishi, harakatlarini har taraflama oʻrganish choʻllarni oʻzlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Download 43.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling