Mavzu: Yerlarni meliorativ holatini baholash usullari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Yerning meliorativ nazorat qilish tadbirlari
Download 0.85 Mb.
|
Kurs ishi Yerlarni meliorativ holatini baholash usullari
2.2. Yerning meliorativ nazorat qilish tadbirlari.
Yerning sho’rlanishi va botqoqlanishini oldini olish va qarshi kurash tadbirlarini to’g’ri tanlash hamda ularni amalga oshirish uchun dastlab sug’oriladigan yerlarning meliorativ holati chuqur o’rganilib chiqiladi va doimo kuzatib boriladi. Yerlar mintaqa va kichik meliorativ mintaqachalarga bo’linadi. Bu mintaqa va mintaqachalar joylarning tabiiy sharoitlariga ko’ra bir xil bo’lishi, lekin meliorativ tadbirlarni turlicha talab qilishi bilan farqlanadi. Mintaqalar asosan, sizot suvlarining tabiiy oqimga ega bo’lishiga qarab quyidagilarga bo’linadi: 1.Sizot suvlari oqimli: 2.Sizot suvlari kuchsiz oqimli: 3.Sizot suvlari oqimsiz. Har bir meliorativ mintaqa yerning relyefi mahalliy sizot suvlarining oqim sharoitiga qarab meliortiv mintaqachalarga bo’linadi. Meliorativ mintaqachalar esa o’z navbatida tuproqning tuzilishi va xossalariga, sho’rlanish darajasiga, sizot suvlarining joylashish chuqurligiga qarab kichik meliortiv mintaqachalarga, ya’ni gidromodul rayonlarga bo’linadi. Yerlarni gidromodul jihatdan rayonlashtirishning ahamiyati shundaki, har bir gidromodul rayonda yetishtiriladigan ekinlardan mo’l hosil olish uchun zarur bo’lgan sug’orish rejimi belgilanadi. Ma’lumki, ekinlarni sug’orish sizot suvlarining rejimiga va tuproqning meliorativ holatiga ta’sir qiluvchi muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun gidromodul rayonlar (10-jadval) bo’yicha yerning meliorativ holatini buzilish sabablari va ularni yaxshilash tadbirlari ishlab chiqiladi. jadval
Gidromodul rayonlar Sug’oriladigan yerlarni meliorativ holati doimo nazorat qilib boriladi. Bunda: 1.Sizot suvlarining joylashish chuqurligi. 2.Sizot suvlarning minerallashganlik darajasi. 3.Tuproqning sho’rlanish darajasi aniqlanadi. Sizot suv sathini nazorat qilish uchun maxsus quduqlar o’rnatiladi. Quduqlar yerning meliorativ sharoitlariga va relyefiga qarab joylashtiriladi. Xo’jalikning sug’oriladigan maydoni va meliorativ sharoitiga qarab kuzatish quduqlari 10-25 tagacha va undan ham ko’p bo’lishi mumkin. Barcha kuzatuv quduqlari xo’jalik kartasiga tushiriladi va tartib raqami ko’rsatiladi. Nazorat quduqlaridan sizot suvlari sathi har oyda 3 marta (1, 10, 20 kunlarida) o’lchanadi. Sizot suvining minerallashganlik va tuproqning sho’rlanish darajalarini aniqlash uchun bir yilda ikki marta (o’suv davrining boshida va oxirida) namunalar olinadi hamda ularni suvli so’rim tahlili qilinadi. Sho’rlangan va botqoqlangan yerlarning meliorativ holatini o’rganishda yerdan foydalanish koeffisentlarini (EFK) aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Yerdan foydalanish koeffisentini ma’lum bir xo’jalik yeri yoki tuman, viloyat va voha uchun aniqlash mumkin. Yerdan foydalanish koeffitsenti sug’oriladigan yer maydonining umumiy yer maydoniga bo’lgan nisbati bilan aniqlanadi. YFK = Sug’oriladigan yer maydoni,ga umumiy yer maydoni, ga Xo’jaliklarda YFK ning pasayishining asosiy sabablari sho’rlanish va botqoqlanish bo’lishi mumkin. Sug’oriladigan sho’rlangan yerlarni sho’r yuvish muddatlari va normalarini aniqlash uchun sho’rlanish kartogrammalarini tuzish ham katta amaliy ahamiyatga ega. Sho’rlanish kartogrammalari quyidagi ma’lumotlar asosida tuziladi: Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling