Mavzu: Yerlarning botqoqlashishi va sho’rlanishga qarshi o’tkaziladigan melorativ tadbirlar Reja


Download 1.6 Mb.
bet2/3
Sana12.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1699304
1   2   3
Bog'liq
kurs ishi 2002

Adabiyotlar sharxi
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o‘lkasida paxtachilik, sug'oriladigan dehqonchilik, suv xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida maxsus qidiruv-tadqiqot ishlari boshlab yuborildi. Mirzacho‘l, Farg‘ona vodiysi, Zarafshon daryosi vodiysida, Amudaryoning etagida yangi yerlarni o'zlashtirish va sug‘orish imkoniyatlari o'rganila boshlandi. XX asming oxirlarida Amudaryoning quyi oqimida yangi yerlami o‘zlashtirish va sug‘orish borasida alohida qidiruv ishlari boshlab Yuborildi. Shu davrda paxtachilik va sug‘oriladigan dehqonchilik masalalarini o‘rganish maqsadida Toshkent shahri yaqinida dastlabki tadqiqot Maskani — Turkiston tajriba stansiyasi (hozirgi R.Shreder nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI) tashkil etildi. Irrigatsiya sohasidagi tadqiqotlar Mirzacho‘1, Andijon va Ashxobod tajriba dalalarida,
Shuningdek, 1912-yildan boshlab qisman Rossiya Dehqonchilik vazirligining yerlami yaxshilash bo‘limi tomonidan amalga oshirildi. Sobiq Ittifoq (shu jumladan, Kavkazorti va Markaziy Osiyo)da qator Meliorativ stansiyalar barpo etila boshlandi. Irrigatsiya-melioratsiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarni muvofiqlashtiruvchi bosh markaz —
Sobiq Butunittifoq gidrotexnika va melioratsiya ilmiy tadqiqot instituti
(VNIIGIM), Markaziy Osiyoda esa 1925-yil O’rta Osiyo irrigatsiya ilmiy
Tadqiqot instituti (SANIIRI) tashkil etildi. Hozirgi kunda 0 ‘zbekistonda
Melioratsiya va sug’orish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari sobiq Butunittifoq (hozirgi
O’zbekiston) paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti va uning Viloyatlardagi filiallari, Suv muammolari instituti, SANIIRI tomonidan olib borilmoqda. Melioratsiya va irrigatsiya fanlarining ravnaqida qator olimlaming xizmatlari beqiyos katta bo‘ldi. 0 ‘simliklaming suv rejimi va uni boshqarish Yo’llari P.I. Brounov, K.A. Timiryazev, V.R. Vilyams, D.N. Pryanishnikov, N.A. Maksimov, A.G. Doyarenko, A.F. Lebedev va boshqa tadqiqotchilar tomonidan har tomonlama o‘rganildi. P.I. Brounov XX asming boshlaridayoq o‘simliklarning suvga munosabati bo’yicha kritik (ehtiyoji eng ortgan) davrlarini aniqladi va ushbu davrlarni bilish ekinlarning qulay sug‘orish rejimlarini belgilash Imkonini berishini uqtirdi. Agrokimyo maktabining asoschisi deb e’tirof etilgan D.N. Pryanishnikov mineral o‘g‘itlar qo’llash me’yori va o‘simliklarning transpiratsiya Koeffitsientlari orasidagi o‘zaro bogiiqlikni aniqlab, tuproqning oziq
Rejimini o‘zgartirish yo‘li bilan transpiratsiya koeffitsienti qiymatini Boshqarish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Atoqli fiziolog olim N.A. Maksimov o‘simliklarni suv ta’minoti Darajasiga ko‘ra uning ayrim organlarining o‘sish qonuniyatini aniqlab,
Uning asosida o‘simliklaming suv rejimini boshqarish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.
Tuproq agrofizikasi ilmiy maktabining asoschisi A.T. Doyarenko Tuproqning fizik xossalarini, suv va havo rejimlarini tekshirish usullarini Ishlab chiqdi va amaliyotga joriy etdi. Shu sohada A.F. Lebedevning Xizmatlari ham beqiyosdir: u tuproqning suv xossalari, tuproqdagi suv Shakllari va uning dinamikasini o‘iganish bo‘yicha katta ahamiyatga molik Tadqiqotlar olib bordi. V.V. Dokuchayev, A.A. Izmailskiy, P.A. Kostichev, G.N. Visotskiy, P.S.Kossovich, V.G.Rotmistrov va boshqa bir qator olimlar tomonidan tuproqning suv xossalari turli tuproq-iqlim sharoitlarida batafsil O‘rganib chiqildi hamda uni samarali boshqarish yo‘llari ko‘rsatildi. Zamonaviy tuproqshunoslik fanining asoschisi V.V. Dokuchayev melioratsiya fanining rivojlanishiga ham o‘z hissasini qo‘shdi. U qishloq Xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish maqsadida o‘simliklar uchun Noqulay boigan tabiiy sharoitlar sababini aniqlash va uni bartaraf etish Tadbirlarini qo‘llash lozimligini uqtirdi. Melioratsiya va irrigatsiya fanlarining ravnaqida A.N. Kostyakov, L.P. Rozov, V.D. Jurin, A.N. Askochenskiy, V.V. Poslavskiy, V.A. Kovda, S.F. Averyanov, I.N. Antipov-Karatayev, N.V. Makridin, V.S.Maligin, N.A. Besednov, S.T. Altunin, A.A. Rachinskiy, I.F. Sukach, S.N. Rijov,
V.M. Legostayev, V.Ye. Yeremenko, N.T. Laktayev, M.A. Pankov, X.A. Axmedov, S.M. Krivovyaz, N.F. Bespalov, Q.M. Mirzajonov va boshqa Ko‘pgina olimlarning roli beqiyos katta bo’ldi. Melioratsiya fanining asoschisi A.N. Kostyakovning «Melioratsiya asos- lari» shoh asari juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. V.S. Maligin Zarafshon Tajriba dalasi va Mirzacho‘1 tajriba stansiyasida g‘o‘zani istiqbolli egatlab
Sug’orish usulini joriy etdi. S.N. Rijov respublikaning turli tuproq va Iqlim sharoitlari uchun g‘o‘zani sug’orish, tuproqning suv-fizik xossalarini boshqarishga oid ilmiy tavsiyalar ishlab chiqdi va amaliyotga joriy Etdi. S.M. Krivovyaz qishloq xo’jaligi ekinlarini sug‘orish usuli va texnikasi hamda ulami qulay elementlarini aniqlash bo’yicha diqqatga sazovor Tadqiqotlar olib bordi. N.F. Bespalov turli tuproq-iqlim sharoitlarida G‘o‘za-beda almashlab ekishdagi ekinlarni sug’orish rejimlarini o‘rganib,
Ishlab chiqarish uchun ilmiy tavsiyalar ishlab chiqdi. Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish fanining asoschilari I.A. Sharov va N.A. Yanishevskiy Markaziy Osiyoda katta ilmiy tadqiqot Ishlari olib bordilar. A.I. Sharov tomonidan gidromeliorativ tizimlardan Foydalanishning ilmiy asoslari ishlab chiqildi. N.A. Yanishevskiy 1928-
29-yillarda birinchi bo‘lib Farg‘ona vodiysidagi alohida sug‘orish tizimi Bo’yicha suvdan foydalanish rejasini tuzdi, sug’orish massiv (kanal)larida Suvni rejali taqsimlash uslubini ishlab chiqdi. Suvdan foydalanish rejasini tuzish va uni amalga oshirish va suv isrofgarchiligini aniqlash usullari, suv taqsimlashning hisobi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. Shu kungacha respublikamizda irrigatsiya sohasida juda katta ishlar bajarildi. Fanning kelgusi ravnaqi va ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirish
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o’sish sur’atlarini oshirish hamda Bunga yer-suv resurslarini to‘liq jalb etishda eng muhim ahamiyatga egadir. Dolzarb vazifalardan bo‘lib hosil birligiga eng kam miqdorda suv sarflashga Imkon beruvchi mo’tadil meliorativ rejimli sug’orishni ishlab chiqarishga Keng tatbiq etish, sug‘orish tizimlari va texnikasining foydali ish koeffitsientlarini oshirish, sug‘orishni tejamli istiqbolli usullarini joriy etish, Sug‘orishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishlar hisoblanadi. Respublika suv xo’jaligini kelgusida rivojlantirish istiqbollari ilmiy Muassasalar oldiga yangidan-yangi vazifalar qo’ymoqda.



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling