Galaktikalarning o‘lchamini aniqlash.
Galaktikalarning o‘lchamlari to‘g‘risida qadim olimlarimiz qiziqib kelishganlar. Faqat XX-asrga kelib galaktikalarning o‘lchamlari va tuzilishi haqida umumiy ma’lumotlar olindi. Bu davrda osmondagi tumansimon spiral va elliptik ob’ektlarning Galaktikadan tashqarida joylashganligi, ularning har biri Galakatikaga o‘xshash bir necha o‘n milliard yulduzdan tashkil topgan mustaqil galakatikalar ekanligi isbotlandi.
Galaktikalarning masofasini o‘lchashda birlik sifatida kiloparsek (1 kps = 1000 ps) va megoparseklar (1 mgps = 106 ps) qo‘llaniladi.
Galaktika uzoqligini o‘lchashning asosiy usuli undagi sefeidalarning ravshanligini o‘zgarish davrini kuzatishdir. Ma’lum davr bo‘yicha sefeida uchun masofa moduli topiladi. Bundan esa masofani aniqlash mumkin. Agar galaktikada biror yangi yulduz chaqnasa, uning maksimumida absolyut ravshanlik – 7m deb olib kuzatishdan aniqlangan ko‘rinma ravshanligi m yordamida (M – m) hisoblanadi, ya’ni yulduzning uzoqligi topiladi.
Galaktikalar uzoqligini o‘lchashning yana bir usuli qizilga siljish effektidan foydalanishdir. Bu effektga ko‘ra barcha galaktikalar bizdan uzoqlashayotgan bo‘ladi, spektrlarida esa barcha spektral chiziqlar qizil tomonga siljigan bo‘lib ko‘rinadi. Spektral chiziqning qizil tomonga siljish miqdori galaktikaning uzoqligiga proporsional, ya’ni galaktika bizdan qancha uzoqda bo‘lsa, uning nuriy tezligi shuncha katta bo‘ladi. Bu munosabat 51- rasmda keltirilgan.
51-rasm
Uni formula yordamida ifoda etiladi. Bunda N = 100 km/sek.mps Xabbl doimiysi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |