Mavzu: Yerning radiusini aniqlash usullari. Quyosh sistemasi va jismlarni o’lchamlarini xisoblash usullari


Quyosh sistemasida masofalarni aniqlash


Download 157.5 Kb.
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi157.5 Kb.
#1415920
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yerning radiusini aniqlash usullari.Quyosh sistemasi va jismlarni o’lchamlarini xisoblash usullari

Quyosh sistemasida masofalarni aniqlash

Quyosh sistemasida planetalargacha bo‘lgan masofalarni o‘lchash xuddi Erga borib bo‘lmaydigan predmetlargacha bo‘lgan masofalarni o‘lchash prinsipiga asoslanib uni bir necha xil usullari bor.



  1. Masofalarni aniqlashning geometrik usuli.

Planetalargacha bo‘lgan masofalarni aniqlashning geometrik usuli paralaktik siljish hodisasiga asoslanadi.
Ikki turli nuqtadan kuzatilayotgan ayni bir jismga bo‘lgan yo‘nalishlar orasidagi burchak shu jismning paralaktik siljishi deb ataladi.
Paralaktik siljish orqali masofani aniqlash uchun aniq o‘lchamga ega bo‘lgan bazis tanlanishi kerak. Xuddi shunday bazis vazifasini Er radiusi R bajaradi. Va planetani kuzatuvchiga nisbatan gorizont holatida kuzatish maqsadga muvofiqdir. Bunday holatga gorizontal parallaks R deyilib Erdan planetagacha bo‘lgan masofa D ni topish mumkin.

YOritgichning gorizontal parallaksi.
OAM to‘g‘ri burchakli uchburchakdagi


(3) bo‘lib, R0 gorizontal parallaksdir. Parallaks ma’lum bo‘lganda masofani aniqlash oson bo‘lganidan “masofalarni o‘lchash” so‘ziga “parallakslarni o‘lchash” deyish qabul qilingan. Oyning gorizontal parallaksi 57/ ga teng. Oy osmon jismlari ichida parallaksi eng katta bo‘lgan jismdir. Eng yaqin planetalarning parallaksi ham kamdan-kam hollardagina 1/ dan ortiq bo‘ladi.
Oydan boshqa hamma yoritgichlarning parallaksi juda kichkina bo‘lgani uchun kichik yoylarning sinuslarini yoyning o‘ziga teng deb olib (3) formulani soddalashtirish mumkin.
U holda (4) bunda Ro- radianlar bilan ifoda qilinadi.
Agar bir radian ekanligini hisobga olsak va (4) formulani sekundlarda ifodalasak quyidagi formulani topamiz:
D=206265 ; (5)

  1. Masofalarni aniqlashning radiolokatsion usuli.

1940-yillariga kelib, radiotexnika osmon jismlarigacha bo‘lgan masofalarni radiolokatsiya vositasida aniqlashga imkon berdi.
Radioto‘lqinlar yordamida ob’ektni topish va uning turgan joyini hamda ulargacha bo‘lgan masofani aniqlash radiolokatsiya deb ataladi. Radiolokatsiya qurilma (radiolokator) uzatuvchi va qabul qiluvchi qismlardan iborat. Radiolakatsiyada o‘ta yuqori (108-10gs) chastotali elektr tebranishlardan foydalaniladi. O‘ta yuqori chastotali kuchli generator aniq yo‘nalgan to‘lqin tarqatuvchi antenna bilan bog‘langan. 10 sm tartibidagi va undan ham qisqa to‘lqinlarda ishlaydigan radiolokatorlarda bunday to‘lqinni parabolik shakldagi antennalar hosil qiladi.
Nishonga yuborilgan to‘lqin, unga tegib orqaga qaytadi. Qaytgan to‘lqinni o‘sha tarqatuvchi antennaning o‘zi yoki xuddi shunday tuzilgan boshqa qabul qiluvchi antenna tutib oladi.
Nishongacha bo‘lgan masofani aniqlash uchun impulsli tarqatish rejimidan foydalaniladi, ya’ni peredatchik to‘lqinlarni qisqa muddatli impul’slar tarzida tarqatadi. Bunday impul’sni har biri sekundning milliondan bir ulushicha vaqt davom etadi, impul’slar orasidagi vaqt esa undan 1000 marta katta bo‘ladi. Xuddi ana shu pauzalar vaqtida qaytgan to‘lqin qabul qilinadi.
Nishongacha bo‘lgan D masofani radioto‘lqinlarning nishongacha borib qaytishi uchun ketgan t vaqtni o‘lchab aniqlanadi. Radioto‘lqinning atmosferadagi S=3*108 m/s tezligi amalda o‘zgarmas bo‘lganligi sababli,
D= (6)
Radioto‘lqinlarning sochilishi natijasida peredatchik uzatgan energiyaning juda oz qismigina priyomnikga etib keladi. SHu sababli radiolakatorlarning priyomniklari qabul qilingan signalni million-million (1012) marta kuchaytiradi.
Sovet va Amerika olimlari radiolokatsiya yordamida Merkuriy, Venera, Mars va YUpitergacha bo‘lgan masofalarni qayta aniqladilar.
1946 yilda Amerika va Vengriya olimlari Oy sirtidan qaytgan signallarni qabul qilish tajribalarini o‘tkazgan bo‘lsa, 1961 yilda Sovet olimlari radiolokatsiya yordamida Venerani o‘z o‘qi atrofida aylanishini aniqlashdi. Hozirgi vaqtda Quyosh sistemasining boshqa planetalariga oid radiolakatsion o‘lchashlar amalga oshirilmoqda.



Download 157.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling