Mavzu: Yerning radiusini aniqlash usullari. Quyosh sistemasi va jismlarni o’lchamlarini xisoblash usullari
Download 157.5 Kb.
|
Yerning radiusini aniqlash usullari.Quyosh sistemasi va jismlarni o’lchamlarini xisoblash usullari
Sutkalik va yillik parallaks.
Er o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida osmon yoritgichlari kuzatuvchining goh gorizontida, goh zenitida bo‘lib, sharqdan g‘arbga tomon ko‘rinma harakatda bo‘ladi. YOritgich parallaksi gorizontda maksimum va zenitda nol qiymatiga teng bo‘lganidan gorizontal parallaksni “sutkali parallaks” deyiladi. Bu holda kuzatuvchi albatta, Er ekvatorida bo‘lsa “bazis” qilib olinadigan Erning radiusi eng katta qiymatga ega bo‘ladi. Ammo bu bazis bilan faqat planetalargacha bo‘lgan masofani aniq o‘lchash mumkin. Agar Erning Quyosh atrofida aylanishini hisobga olsak va Erdan Quyoshgacha bo‘lgan masofani bazis deb tanlasak, yulduzning yillik parallaksini yoki yulduzgacha bo‘lgan masofani aniqlash mumkin. 31-rasm. YUlduzning yillik parallaksi Yillik parallaks gipotenuzasi Quyoshdan yulduzgacha bo‘lgan masofaga, kichik kateti Erdan Quyoshgacha bo‘lgan masofaning o‘rtachasiga teng bo‘lgan uchburchakning kichik burchagidir. Uni bilan belgilanadi. Bunda Erdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa bazis bo‘lib, u astronomik birlikka teng bo‘ladi. Ekliptikaning qutbida bo‘lmagan hamma yulduzlar bir yilda katta o‘qi ekliptikaga parallel bo‘lgan ellipslar chizadi, ekliptikadagi yulduzlar uchun bunday ellipslar to‘g‘ri chiziqqa aylanadi. Parallaktik ellipslarning katta yarim o‘qlari yulduzlarning yillik parallakslariga tengdir. Agar yulduzning parallaksini o‘lchash mumkin bo‘lsa, yulduzning uzoqligi D quyidagicha formuladan topiladi. (7) bunda a - astronomik birlik, P burchak kichik bo‘lganidan sinusni burchak bilan almashtirish mumkin, burchakni sekundlar bilan ifodalab va a = 1 deb, quyidagini topamiz: D= astronomik birlik (8) YUlduzlarning paralaktik siljishini birinchi bo‘lib Nikolay Kopernik 1543 yilda aytgan edi. Ammo bu juda kichik burchak bo‘lganidan uni oddiy ko‘zda sezish qiyin. SHuning uchun ham bunday urinishlar yo muvaffaqiyatsiz chiqdi, yoki yangi hodisalarning ochilishiga sabab bo‘ldi. Masalan, 18-asrning boshida Bradley parallaks o‘rniga yorug‘lik aberatsiyasi hodisasini, V.Gershel esa o‘sha asrning oxirida qo‘shaloq yulduzlar sistemasidagi orbital harakatni kashf qildi. Faqat 1838-39 yillarga kelib Rossiyada V.YA.Struve, Germaniyada Bessel va Angliyada Genderson yulduzlar parallaksini mustaqil ravishda birinchi marta ishonarli o‘lchay oldilar. Bunday o‘lchamlarni o‘tkazish juda qiyindir, chunki hamma vaqt I// dan kam bo‘lgan burchaklarni o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Hozirgi vaqtda parallakslar fotosuratlar bo‘yicha o‘lchanadi. Minglab yulduzlarning parallakslari hozirgi paytda bizga malum. Sutkali parallaks yoki gorizontal parallaks Erning o‘z o‘qi atrofida aynalishini isbotlasa, yillik parallaks Erning Quyosh atrofida aylanishining isbotlaydi. Download 157.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling