Mavzu: Yevropaning o‘rta asrlar madaniyati
Download 1.1 Mb.
|
Dars ishlanma 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rta asrlarda maorif
- 4. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Grek olovi
Yevropada birinchi universitetlar XI–XII asrlarda paydo bo‘lgan. Ular davlatga ham, mahalliy cherkov hokimiyatiga ham bo‘ysunmaganlar. Universitetlar faqat Rim papasiga bo‘ysunib, uning homiyligida bo‘lgan. Yevropadagi dastlabki universitetlar Italiyadagi Boloniya va Fransiyadagi Parij universitetlari hisoblanadi. Keyinchalik Angliyada Oksford va Kembrij, Ispaniyada Sevilya, Valensiya, Fransiyada Tuluza va Italiyada Neapol universitetlari tashkil etilgan. Universitetlar odatda san’at, tibbiyot, huquqshunoslik va ilohiyot kabi to‘rtta fakultetdan iborat bo‘lib, ularning har birini dekan boshqargan. Hamjamiyat tepasida esa saylangan rektor yoki hokimiyat tomonidan tayinlangan kansler turgan. O’rta asrlarda maorif O‘rta asrlarda universitet talabalari asosan tibbiyot, huquq va ideologiyani o‘qishgan. Darslar lotin tilida olib borilib, professor (malakali o‘qituvchi) ma’ruza davomida lotin tilida yozilgan qo‘lyozma va kitoblarni baland ovozda o‘qib, matndagi qiyin parchalarni talabalarga tushuntirgan. 4. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha tarixiy diktant beriladi. Tarixiy diktantda ba’zi atama va joy nomlari tushib qolgan beriladi. O’quvchilar tushib qolgan so’zlarni topishi kerak bo’ladi. Yevropadagi dastlabki universitetlar Italiyadagi __________________ va Fransiyadagi _________________ universitetlari hisoblanadi. Keyinchalik _____________da Oksford va Kembrij, _________________da Sevilya, Valensiya, ___________________da Tuluza va __________da Neapol universitetlari tashkil etilgan. Universitetlar odatda san’at, tibbiyot, huquqshunoslik va ilohiyot kabi to‘rtta fakultetdan iborat bo‘lib, ularning har birini dekan boshqargan. Hamjamiyat tepasida esa saylangan ______________ yoki hokimiyat tomonidan tayinlangan ______________ turgan. O‘rta asrlarda universitet talabalari asosan tibbiyot, huquq va ideologiyani o‘qishgan. Darslar ____________ tilida olib borilib, professor (malakali o‘qituvchi) ma’ruza davomida lotin tilida yozilgan qo‘lyozma va kitoblarni baland ovozda o‘qib, matndagi qiyin parchalarni talabalarga tushuntirgan. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling