Mavzu: Yevropaning o‘rta asrlar madaniyati


O’tilgan mavzuni so’rash: Atama va joy nomlari bilan ishlash


Download 1.1 Mb.
bet3/5
Sana27.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1068633
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dars ishlanma 3

2. O’tilgan mavzuni so’rash: Atama va joy nomlari bilan ishlash.


Uchtasi to’g’ri-bittasi notog’ri metodi. Malumotlar orasidan qaysilari to’g’ri, qaysilari noto’g’ri ekanligini aniqlang.




O’tilgan mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlar o’quvchilar tomonidan bajariladi.


3. Yangi mavzuni tushuntirish:
U lkan hududlardan iborat mamlakatlarni boshqa-rish uchun Buyuk Karlga savodli amaldorlar, soliqchilar,


sudyalar zarur edi. U Rim imperiyasini tiklash




uchun madaniyatini, eng avvalo antik ilmlarni qayta




tiklash kerakligini anglagan. Uning davrida “Karolinglar




uyg‘onishi” deb nomlangan madaniy yuksalish boshla-




nadi.



Karl o‘z saroyiga Italiya, Ispaniya, Angliya, Irlandi-

yadan bilimdon kishilarni taklif qilgan, yirik mansabdor-

larga “xalq maktablari” ochishni buyurib, maktablarni

anglosaks olimi, rohib Alkuinga topshiradi. Alkuin ta’lim

tizimini yo‘lga qo‘yibgina qolmasdan, ilk darsliklarni

ham yozgan.

Olimlardan biri tarixchi Eyngard asaridan biz Buyuk Karl hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarni olamiz. Eyngardni ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi uchun zamondoshlari “meh-natsevar chumoli” deb ataganlar. Karl Italiyadan ikki taniqli qo‘shiqchilarni taklif etib, saroyda qo‘shiqchilar xori (dastasi)ni tuzdirgan.

O‘rta asrlarning aksariyat davrlarida Vizantiya o‘ziga xos yuksak madaniyati bilan Yevropaning eng ilg‘or mamlakati bo‘lib qolgan. Sababi shuki, Vizantiya o‘z daxlsizli-gini saqlab qolgani uchun, uning madaniyati G‘arbiy Yevropaniki singari inqirozni boshdan kechirmagan. Ayni paytda uning madaniyati xristian dini ta’sirida o‘zgara bordi. Antik falsafa majusiylik deb qoralanib, uning o‘rnini ilohiyot egallagan. Maktablar ta’lim daraja-sining yuqoriligi bilan ajralib turgan. Sharqiy Rim imperiyasining iqtisodiy yuksalishi yangi o‘quv va ilmiy markazlarni vujudga keltiradi. Konstantinopolda­ IX asrda Magnavr oliy maktabi, XI asrning o‘rtalarida huquqshunoslik va falsafa fakultetlari bo‘lgan universitet ochilgan. Poytaxtda oliy tibbiyot maktabi ham faoliyat yuritgan. Vizantiyaliklar geografiyadan ko‘plab bilimlar to‘plaganlar. Ular xaritalar va shaharlar loyihalarini chizganlar. Savdogar va sayyohlar turli mamlakatlar va xalqlar tavsifini qoldirganlar. Vizantiyada tarixiy asarlar yaratishga katta e’tibor qaratilgan. Kesariyalik Prokopiy (VI asr), Lev Diakon (X asr) kabi tarixchilar yorqin qiziqarli asarlar yozishgan.





Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling