Mavzu: Yevrosiyo materigi relyefi. Reja
Download 315.15 Kb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu. Yevrosiyo materigi relyefi bcb82b1385d81c78265485fc84a510d1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Relyefining asosiy shakllari: platformadagi tekisliklar va yassi tog’lar.
Mavzu: Yevrosiyo materigi relyefi. Reja: 1. Relyefining asosiy shakllari: platformadagi tekisliklar va yassi tog’lar. 2. Burmali va burmali-palaxsali tog’lar. 3. Palaxsali va palaxsali-burmali tog’lar 4. Akkumlyativ tekisliklar, vulqon mintaqalari.
burmali-palaxsali tog’lar, palaxsali va palaxsali-burmali tog’lar, akkumlyativ tekisliklar, vulqon mintaqalari. Relyefining asosiy shakllari: platformadagi tekisliklar va yassi tog’lar. Yevrosiyo materigi tarkib topishining murakkab tarixi tabiatining barcha komponentlarida aks etgan. Lekin u yer yuzasining tuzilishi xususiyatlarida ayniqsa yaqqol namoyon bo’lgan, Yevrosiyoning yer yuzasi murakkabliligi, xilma-xilligi va Yer sharining boshqa hech yerida takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Yevrosiyo uchun Yer sharida ma’lum bo’lgan tektonik struk-turalarning barcha tipi va barcha xil relyef tipining tarqalganligi xarakterlidir. Oldingi bo’limdan ham ma’lumki, hozirgi materik tarkibiga kiruvchi platforma oblastlari materikning vujudga kelishi va rivojlanishida turlicha rol o’ynagan, Yer sharidagi eng katta quruqlik bo’lmish Yevrosiyoning asosini Yevropa va Sibirь platformalari tashkil etadi. Yevrosiyo quruqligi mana shu platformalar atrofidan kengaya borgan va bu platformalarning yaxlitligi va platforma tipida rivojlanishi hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. Dastlab bir butun
Xitoy platformasi keyinchalik parchalanib, ikki mustaqil platformaga-Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy subplatformalariga ajralib ketgan. Janubiy Xitoy subplatformasi ancha harakatchan bo’lgan va keyingi tog’ paydo bo’lish jarayonlari ta’sirida bo’lgan. Arabiston va Hindiston platformalari butun geologik tarix davomida Yevrosiyoning boshqa qismlaridan mustaqil ravishda rivojlanib, materikka nisbatan yaqin geologik o’tmishda tutashgan. Ular
relyefining shakllanishida tektonik harakatlarning aktivligi katta rolь o’ynagan va relyefining baland bo’lib qolishiga olib kelgan. Yevropa platformasi xorijiy Yevropa Skandinaviya yarim orolining sharqiy qismi bilan Finlandiyada joylashgan Baltika qalqonidan hamda asosiy qismi Rossiyada joylashgan o’lkaning g’arbiy chekkasidan tashkil topgan. Relyefda unga SHvetsiya bilan Finlyandiyaning zamini qattiq tekisliklari va yassi tog’liklari, shuningdek Yutlandiya va Daniya orollari, Polьsha, GFR ning shimoliy qismlari hamda Gollandiyaning deyarli hamma qismini o’z ichiga oluvchi O’rta Yevropa qatlamli tekisligi to’g’ri keladi. Bu barcha rayonlar maksimal muzlanish, qisman esa so’nggi muzlanish chegarasi ichida joylashgan bo’lib, bu hol uning relyefida aks etgan. Baltika kristalli qalqonining qattiq zaminli tekisligi muzlanish markazida joylashgan bo’lib, neogen-antropogenda intensiv ravishda parchalanib ketgan, u muzlik ekzaratsiyasi relyefi shakllarining ustun turishi bilan xarakterlanadi. Baltika qalqonining chekka qismida va O’rta Yevropa tekisligida muzlik akkumulyatsiyasi relyefi shakllari-chekka morenalar, ozlar va boshqalar tarqalgan bo’lib, ular morfostruktura ustini qoplab yotadi. Baltika dengizi bilan SHimoliy dengiz sohillarida muzlanishlardan keningi transgressiya natijasida hosil bo’lgan akkumulyativ tekisliklar joylashgan.
Download 315.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling