Mavzu: Yevrosiyo materigi relyefi. Reja
Burmali va burmali-palaxsali tog’lar
Download 315.15 Kb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu. Yevrosiyo materigi relyefi bcb82b1385d81c78265485fc84a510d1
Burmali va burmali-palaxsali tog’lar.
Xitoy platformasi doirasida tokembriy fundamentida burmali-palaxsali va palaxsali tog’lar ham tarqalgan bo’lib, ular qadimgi fundamentning botiqlarida joylashgan past akkumulyativ tekisliklar yoki platolar bilan almashinib turadi. Epiplatformadagi o’rtacha balandlikdagi tog’ massivlariga SHan dun yarim oroli yoki SHimoliy Koreyadagi tog’lar; past akkumulyativ tekislikkamarkaziy Manchjuriya yoki SHimoliy Xitoy tekisliklari; baland platoga-Ordos misol bo’la oladi. Qashqar soyligining (botig’ining) asosida chuqur cho’kkan Tarim massivi yotadi. Epiplatforma tipidagi palaxsali tog’lar, shuningdek, Arabiston va Hindiston aktivlashgan platformalarining chekka qismlari uchun ham xarakterlidir. Ular
Arabistonda qadimiy assimetrik palaxsaning g’arbiy va janubi-g’arbiy chekka qismlarini hosil qiladi, Hindiston yarim orolida esa, bu relyef tipiga G’arbiy, qisman esa SHarqiy Gat tog’lari to’g’ri keladi. Hindistonning qolgan qismlari qattiq fundamentli (denudanion) tekisliklardan iborat. Fundament yuzasida bo’r va paleogen davrlarida oqib chiqqan bazalьt qoplami hosil bo’lgan shimoli- g’arbidagina zinapoyasimon trappali platolar tarqalgan. Arabiston platformasining SHarqiy va Janubiy qismlari qalin cho’kindn jinslar bilan qoplangan bo’lib, bu rayonlardagi asosiy relyef tipi gorizontal va qiya tekisliklar hamda platolardir. Bu platforma oblastlarining quyi geografik kengliklarda joylashganligi va rivojlanish xususiyatlari ular doirasida flyuvial va arid morfoskulьpturaning keng tarqalishiga sabab bo’lgan; shunisi ham borki, ayrim rayonlarda (masalan, Arabiston yarim orolida) plyuvial davrlardan saqlanib qolgan qadimgi flyuvial relyef shakllari hozirgi arid morfoskulьptura relyefi shakllari bilan yonmayon uchraydi. Yevrosiyoning qadimgi platformalarida foydali qazilmalarning katta zapaslari to’plangan. Bu yerdagi arxey va proterozoy strukturalari uchun temir, marganets, xrom (Skandinaviya va Hindiston yarim orollari), shuningdek, ba’zi rangdor va nodir metallar (mis, kobalьt) xarakterlidir. Hindiston plat-formasining yer bag’rida oltin, olmos va qimmatbaho toshlar bor. Platforma qadimgi kristalli yadrosining ko’p jinslari pardozlanib qurnlishda ishlatiladigan materiallardan iborat (masalan, Baltika qalqonidagi granitlar). Yevropa platformasining cho’kindi jinslar qoplamidagi jinslarda neftь va tuz bor, Hindiston platformasining Gondvana jinslari seriyasi bilan katta toshko’mir konlari bog’liqdir. Yevrosiyo materigining katta maydonlari paleozoy erasida hosil bo’lgan burmali tog’lardan iborat bo’lib, ular strukturalarining nihoyatda xilma-xilligi hamda mezokaynozoydagi rivojlanish tafovutlari bilan ajralib turadi. Sovet Ittifoqi doirasida Ural tog’ sistemasi va juda katta G’arbiy Sibirь plitasi paleozoy burmalanishida (gertsin bosqichida) paydo bo’lgan. Xorijiy Yevrosiyo ilk (kaledon) va so’nggi paleozoy (gertsin) burmalanishida hosil bo’lgan tog’lar
Yevropaning shimoli va O’rta qismida, shunigdek, Markaziy hamda SHarqiy Osiyoda tarqalgan. Bu territoriyalarda ham tog’ relyefi, ham tekislik relyefi tarqalgan. Yer yuzasining shakllanishida qayta-qayta ro’y bergan tekislanish va akkumulyatsiya protsesslari, shuningdek, neogen-antropogen bosqichidagi turlicha namoyon bo’lgan tektonik aktivlashuv protsessi katta rolь o’ynagan. Yevropa kaledon burmali tog’lari o’rnida vujudga kelgan Skandinaviya tog’ligi va Britaniya orollaridagi tog’lar ancha katta tog’lardir. Pireney yarim orolidagi Galisiya massivi hamda Iberiya va Kantabriya tog’lari relyefining murakkabligi ham ulardan qolishmaydi. Britaniya orollaridan to O’rta Polьshagacha davom etgan yoshargan (qayta ko’tarilgan) O’rta Yevropa tog’lari relyefi ham nihoyatda xilma-xil. Bu yerda tektonik aktivlik turli darajada ro’y berganligi sababli hozirgi relyef uchun inversion xarakterdagi uncha baland bo’lmagan massivlar (Bretanь qirlari, Karnuell yarim orolidagi massivlar, Sileziya qirlari), nisbatan kichik maydonni egallovchi palaxsa tog’lar (Garts, Rudali tog’lar, Sudet tog’lari, Vogeza tog’lari, SHvartsvalьd, Markaziy massivning ko’p qismi va boshqalar) yassi tog’liklar hosil qiluvchi balandga ko’tarilgan peneplenlar (Reyn Slanets tog’lari, Markaziy massivning shimoliy qismi) xarakterlidir. Bu tog’lar ayrim bloklarining ko’tarilishi jarayonida yer po’stida yoriqlar paydo bo’lib, natijada vulkanlar otilgan hamda Markaziy massivda, Rudali tog’larda va boshqa joylarda vulkanik tog’lar vujudga kelgan. Gertsin strukturalarining sineklizalarida va tektonik yoriqlar zonasida joylashgan pastliklar tog’ massivlarini bir-biridan ajratib qo’ygan. Bu pastliklarga turli vaqtda dengiz suvlari goh bostirib kelib, goh qaytib turgan; ularning hozirgi relyefi va geologik tuzilishi xilma-xildir. Parij havzasi, Janubi- sharqiy Angliya. SHvabiya-Frankoniya zinapoyasimon oblasti, Tyuringiya oblasti tipik kuesta relyefi rivojlangan qiya tekisliklardan iborat. Akvitaniya havzasi (Garonna pasttekisligi), Luara va Flandriya pasttekisliklari, O’rta Irlandiya tekisligi uchun qatlamqatlam akkumulyativ yassi tekislik relyefi xarakterlidir. Uncha katta bo’lmagan akkumulyativ tekisliklar
cho’kmalar (Vogeza tog’lari bilan SHvartsvalьd orasidagi Yuqori Reyn tekisligi, Markaziy massiv bilan Alp tog’lari orasidagi quyi Rona vodiysi)dan iboratdir. Download 315.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling