mavzu. Yil va davrlarni aniqlash. ( soat) reja


Osmon sferasining asosiy nuqtalari va chiziqlari


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana24.01.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1114166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-Mavzu. Yil va davrlarni aniqlash

Osmon sferasining asosiy nuqtalari va chiziqlari. 
Tropik yilning 365 sutkadan ortiq kasr qismi yil hisobi olib borishda ko'p 
noqulayliklarga sabab bo'ladi. Kundalik hayotimizda ishlatiladigan yil hisobi 
kalendar yili deb ataladi. Yil hisobida kasr sonlar bilan ish yuritish mumkin emas. 
Tropik yil bilan kalendar yilining bir-biriga mos kelishi juda zarurdir. Faraz 
qilaylik, 2005-yil 1-yanvarga o'tar kechasi 0 soatdan boshlab yil hisobini tropik yili 
bilan boshlaylik. U holda 365-sutkada deyarli 6 soat ortiq vaqt borligi sababli, 
yangi 2006-yil, 1-yanvar 0 soatdan emas, balki 1-yanvar soat 6 da, keyingi 2007-
yil yanvar kunduz soat 12 da boshlanar edi. Shu tarzda yangi yil 2,3-yanvar va 
boshqa kunlarda boshlanib. borgan sari kechroq boshlanadigan bo'lib, juda ko'p 
noqulayliklarga sabab bo'lar edi. Ana shuning uchun yil hisobini tropik yil bilan 
olib borish mumkin emas. 
Kalendar atamasi lotincha Kalendarium – “qarz daftari” degan ma'noni 
beradi. Qadimda Rimda qarzdorlar oyning birinchi kuni qarzlarining foizlarini 
to'laganlar va bu «kalenda»ga qayd qilib borilgan. 
Tabiatdagi aniq bo'lgan vaqt hisobi birliklari sutka, oy va yil qadimdan 
ma'lum bo'lib - qadimgi kalendarlarning asosini tashkil etgan.
Biz kalendar deb shunday vaqt hisobi sistemasini aytamizki, uning asosida 
osmon yoritqichlari harakatiga bog'liq tabiatning davriy hodisalari yotadi. Bunday 
sistemani yaratish birinchi bo'lib ilk neolit davrida sodir bo'ldi. Bu ishlab chiqarish 
xo'jalik shakllarining paydo bo'lishi bilan bog'liq edi. Dehqonchilik va chorvachilik 
fasliy tabiat hodisalari bilan bog'liq edi. Insoniyat tomonidan qo'llanib kelingan 
kalendarlarni ikki asosiy guruhga bo'lishimiz mumkin.


Bular Quyosh va Oy hisoblaridagi kalendarlardir. Shundan kelib chiqib 
kalendarlarni uch guruhga bo'lishimiz mumkin. 
1) Quyosh kalendari; 2) Oy kalendari; 3) Oy-quyosh kalendari. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling