mavzu. Yil va davrlarni aniqlash. ( soat) reja


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana24.01.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1114166
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
2-Mavzu. Yil va davrlarni aniqlash

2.4.Oy-quyosh kalendari. Dehqonchilik xo'jaligining rivojlanishi 
natijasida ekish, hosilni yig'ishtirib olish uchun aniq vaqt hisobi zarur ediki, 
bu narsa Oy fazalarining o'zgarishi va Quyoshning harakati bilan bog'liq edi. 
Shuning uchun ham oy-quyosh kalendarlari tuzila boshlandi. Oy-quyosh 
kalendarining tuzilishi Oy va Quyosh kalendarlariga qaraganda anchagina 
murakkabdir. Ularda eng muhim bo'lgan ikki shartga amal qilinadi: 
1) har bir kalendar oyining boshlanishi yangi oy (hilol) chiqishiga yaqin 
vaqtda boshlanishi kerak
2) Oy oylari tropik yilning uzunligiga ham mos tushishi kerak.
Oy-quyosh kalendari oy yiliga qo'shimcha o'n uchinchi
oyningqo'shilishi natijasida yuzaga kelgan. O'n uchinchi oy «embolistik» oy 
nomini oldi (embolismos - grekcha «qo'shimcha» degan ma'noni bildiradi). 
Embolistik oyning uzunligi 30 kunni tashkil qilgan. 
Qadimgi Rim va o'rta asrlarda Yevropada qo'shimcha kunlar 
«interkalatsiya» (lotincha intercalation - qo'shimcha), qo'shimcha oy esa 


«interkalyari» deb atalgan. Oy-quyosh kalendarlari dastlab Bobil, Qadimgi Xitoy, 
qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda ishlatilgan. Bugungi kunda undan Sharqiy 
Osiyodagi bir qator mamlakatlarda foydalaniladi. Oy-quyosh kalendari taraqqiyoti 
natijasi o'laroq bir necha sikllar yuzaga kelgan. Bular Kleostat, Meton, Kalipp va 
Gipparx sikllaridir. 
Kleostat sikli.Eramizdan avvalgi VI asrda yashagan grek astronomi Kleostat 
nomiga qo'yilgan. Bu siklning yana bir boshqa nomi «oktaeterida» (sakkizlik)dir. 
Kleostat uni quyidagicha tuzadi. Oy yili Quyosh yilidan har yili 11,25 sutka 
oldinga o'tib ketadi (chunki oy yili 354, quyosh yili 365,25 sutkaga teng). Bu farq 
esa 8 yilda 90 kunga (11,25·8 = 90) yetadi. Demak, 8 oy yiliga uchta 30 kunlik 
embolistik oy qo'shish zarur. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling