mavzu. Yil va davrlarni aniqlash. ( soat) reja
Qadimgi Bobil, Yahudiylar, Hitoyliklar va Hind kalendarlari
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Mavzu. Yil va davrlarni aniqlash
2.5.Qadimgi Bobil, Yahudiylar, Hitoyliklar va Hind kalendarlari. Vaqtni
hisoblashning eng qadimiysi yuqorida aytib o’tganimizdek oy hisobidir. Vaqtni oy bilan hisoblashni Qadimgi bobilliklar kashf etishgan. Ikkidaryo oralig'i, ya'ni Dajla va Frot daryolari oralig'ining qadimgi aholisidan dastlab shumerliklar, so’ngra barcha shu Ikkidaryo oralig'i xalqlari bobilliklar, ossuriyaliklar vaqtni oy hisobi bilan yuritganlar. Ikkidaryo oralig'ida er.av. 3 ming yillik o`rtalariga kelib kuchli shahar-davlatlar, so’ngra markazlashgan davlatlar paydo bo’lgan davrda vaqtni oy hisobi bilan yuritish vujudga keladi. Bu yerda iqlim issiq va qurg'oqchilik bo’lgani uchun aholi Dajla va Frot daryolari suvining ko’payishi, toshishi, kamayishi bilan bog'liq bo’lgan. Daryo suvi o’zgarishini hisoblash zarur sug`orish ishlarini kerakli vaqtda oldindan bajarish vaqtni to’g’ri hisoblash ehtiyojini keltirib chiqargan edi. Bu yerda quyosh nuri asosan tik turishi qattik issiq bo’lishiga olib keladi. Shu sababli ko’proq kunduzi emas, kechasi ishlash ehtiyojini keltirib chiqargan. Demak, kechasi ishlovchilar oy fazalarini ham bilish lozim bo’lgan, ya'ni qachon yangi oy chiqadi, qancha davom etadi va hokazo.Bir oy yangi oy ko’rinishidan keyingi marta yangi oy ko’ringuncha davom etgan, ya'ni u 29,5 sutkani tashkil etgan. Amalda oyning uzunligi 29 va 30 sutkadan iboratdir. Vaqtlar o’tishi bilan bir yilda oy 12 marta shunday bo’lgan. Bundan hisobni bobillik, shumerlik koxinlar 4000 yil burun tuzganlar. Lekin ular dastlabki bu hisob tabiatdagi yil fasllariga, daryodagi suv miqdorining ozayishi yoki ko’payishiga muvofiq kelmay qolgan. Buni sezgan kohinlar yilga 13-oyni qo’shishni lozim topib, nomuvofiqlikni tuzatganlar. Har sakkiz yillikning 2-chi, 5-chi va 7-chi yilida bir yilda 12 emas, 13 oy bo’lgan.Shunday qilib, bobilliklar o’z oy kalendarlarini to’g’rilab tuzatishib oy-quyosh kalendariga aylantirganlar. Bobilliklarning hisobiga ko’ra, bir oy 29,5 sutkadan iboratdir, haqiqatda esa sutka 29, 5 sutkaga tengdir. Yuqoridagi farq bir yilda yig'ilib bir sutkaning 1/3ini tashkil etgan. Qadimgi bobilliklarning vaqtni hisoblashda qo’llagan oy hisobi ko’plab xalqlar tomonidan qabul qilingan. Mil.avv. 2500-yilda shumerlar Oy-Quyosh kalendarlaridan foydalanganlar. Bobil Xammurapi (mil.avv 1792-1750) hukmronligi davrida nafaqat Mesopotamiyada, balki Old Osiyodagi yirik siyosiy-madaniy markazga aylandi. Xammurapi bir qancha islohotlar, jumladan, kalendar islohotini ham o`tkazib, Ikkidaryo oralig`idagi turli kalendarlarni bekor qilib, Ur shahri kalendarini butun Bobilda yagona rasmiy kalendar sifatida qabul qilindi. Bu kalendar dastlab Oy kalendari bo`lib, har bir yildagi toq oylar o`ttiz, juft oylar 29 kunlik 12 oydan iborat edi. Oylar shunday nomlangan: Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling