Mavzu: Yirik shoxli hayvonlar nematodirozi va ezofagostomozi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 32.12 Kb.
|
Yirik shoxli hayvonlar nematodirozi va epafagostomozi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patologoanatomik o’zgarishlar.
- 2.3.Diagnoz qo’yish va uni farqlash Diagnoz qo’yish va uni farqlash.
- XABERTIOZ
Klinik belgilari. A.Ro’zimurodovning ma’lumotlariga qaraganda, nematodirozning klinik alomatlari ikki bosqichda kechadi. Birinchi bosqich nematodirus lichinkalari hayvonning hazm organlarida avj olib rivojlanishdan, ichak devorlarining qitiqlanishidan hazmlanish jarayoni buzilib, ich o’ta boshlashi bilan harakterlanadi. Kasal hayvonning tana harorati ortadi, nafas olishi va yurak urishi tezlashadi. Semizlik darajasi keskin pasayadi. Hayvonning ishtahasi yo’qolib, chanqoqlik sezadi. Doimiy ich o’tishi va oriqlashning tezlashuvi oqibatida 4-16 kundan keyin jonivor o’ladi. Bu kasallikning migratsion yoki o’tkir oimi deb nomlanadi.
Kasallikning ikkinchi bosqichi esa ichaklarda jinsiy voyaga yetgan nematodiruslarning parazitlik qilishi oqibatida, hazmlanish jarayonlarining keskin va surunkali buzilishi bilan harakterlanadi. Ozuqalarning to’yimliligi va hazmlanuvchanligi yomonlashadi. Etuk nematodiruslarning gematofagligi (qon so’ruvchanligi) va organizmning o’z-o’zidan zaharlanishi oqibatida, hayvon oriqlab, qurib-qaqshab qoladi – kaxeksiyaga uchraydi. Agar bu davrda oziqlantirish ham qoniqarsiz bo’lsa, hayvon o’lishi mumkin. Mazkur bosqich surunkali oqimda kechib, ich o’tishi kamroq kuzatiladi, ba’zan qayd etilmaydi. Patologoanatomik o’zgarishlar. Tana o’ta oriq, ko’rinarli shilliq pardalar oqish va quruqshib qolgan bo’ladi. Ingichka ichak bo’limlarining shilliq qavatlari kataral – qonli (gemorragik) yallig’langan bo’lib, kichkina qizil va sarg’ish nuqtachalar bilan qoplangan. Ichak to’qimalari yengil yirtiladi va unda nematodiruslar qayd etiladi. Jigar kattalashgan bo’lib, bosganda oson yirtiladi. 2.3.Diagnoz qo’yish va uni farqlash Diagnoz qo’yish va uni farqlash. Diagnoz qo’yishda kompleks usuldan foydalaniladi. Epizootologik ma’lumotlardan kasallikning qish va bahor fasllarida uchrashi, ko’proq yosh mollarning zararlanishi hisobga olinadi. SHuningdek, klinik belgilari va patologoanatomik o’zgarishlarga ham tayaniladi. Yakuniy diagnoz esa qo’zg’atuvchining tuzilishi va uning tuxumini mikroskop ostida o’rganib aniqlanadi. Qo’zg’atuvchining ipsimon, oldingi tomonga qarab qisqarib boruvchi tanasi faqat ularga xosdir. Og’zi oltita so’rg’ichlar bilan o’raladi va qisqa og’iz bo’shlig’i bilan tutashadi. Og’izning yuqori devorida toq sonli xitin tishchalari joylashgan bo’ladi. Nematodiruslarning tuxumi kavsh qaytaruvchilar organizmida tekinxo’rlik qiluvchi boshqa strongilyatlar tuxumlariga nisbatan ancha yirik. Ovoskopiya asosan Fyulleborn usulidan foydalanib o’tkaziladi. XABERTIOZ - surunkali oqimda kechuvchi invazion kasallik bo’lib, qo’y, echki, qoramol, qo’tos va boshqa kavsh qaytaruvchi hayvonlarning yo’g’on bo’lim ichaklarida Strongylidae oilasiga kiruvchi nematoda Chabertia ovina larning parazitlik qilishi oqibatida qo’zg’atiladi. Download 32.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling