Mavzu: Yirik shoxli hayvonlar nematodirozi va ezofagostomozi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 32.12 Kb.
bet8/9
Sana31.01.2023
Hajmi32.12 Kb.
#1142159
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yirik shoxli hayvonlar nematodirozi va epafagostomozi

Patologoanatomik o’zgarishlar. Tana o’ta oriq bo’lib, uni yorib ko’rilganda, asosiy o’zgarishlar yo’g’on bo’lim ichaklarida kuzatiladi. Ichakning shilliq pardalari oqaradi, burtadi va unda ko’p miqdorda shilliq va nuqtasimon qon quyilishlar borligi aniqlanadi. Ichak shillig’ining ayrim joylarida epiteliy pardasi bo’lmaydi. SHuningdek, yo’g’on ichak bo’limlarining shilliq paradalarida zichlashgan (qattiq) eroziyalar uchraydi.
Diagnoz qo’yish va uni farqlash. Hayvon tirikligida diagnoz qo’yish uchun xabertiylarning invazion lichinkalarini laboratoriya sharoitida o’stirib yoki molga klizma qo’yib, gelьmintlarni yuvib chiqarish usullaridan foydalaniladi.
O’lgan mollar esa yorib ko’rilib, yo’g’on ichaklardagi o’zgarishlarga va uning bo’shlig’ida ko’p sonli xabertiylar borligiga qarab kasallikka yakuniy diagnoz qo’yiladi.Mazkur guruh gelьmintozlariga marshallagioz, nematodiroz, gemonxoz, ostertagioz, trixostrongilyoz, xabertioz, bunostomoz, ezofagostomoz kabi kasalliklar mansub bo’lib, ularning qo’zg’atuvchilari hayvonlarning hazm organlarida parazitlik qilib hayot kechirishadi. Strongilyatoz kasalliklarining oldini olish maqsadida o’tkaziladigan gelьmintsizlantirish tadbirlari zona sharoitini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Tog’ va tog’ oldi zonalarida yosh mollar ikki marta – oktyabr va yanvar oylarida gelьmintsizlantirilsa, katta yoshdagi qo’ylar orasida bu tadbir yanvar va iyun oylarida o’tkaziladi.
Sug’oriladigan zonalarda yosh mollar yanvar oyida yoki fevralning boshlarida gelьmintsizlantirilib, katta yoshdagilari esa kuz faslida – otar yaylovdan qaytgandan so’ng gelьmintsizlantiriladi. Ular orasida (asosan nimjon qo’ylarda) ikkilamchi tanlab o’tkaziladigan gelьmintsizlantirish tadbirlarini qo’zilatish mavsumidan keyingi davrga rejalashtirish lozim.
CHo’l-yaylov zonalarida qo’ylar qochirish mavsumidan keyin bir marta gelьmintsizlantrilsa, yetarli hisoblanadi. Dekabr oyining oxilari yoki yanvarning boshlarida va to’ldan keyin tanlab o’tkazilgan gelьmintsizlantirish ham maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu zonada yosh mollar ikki marta – oktyabr oyining boshida va mart oyida gelьmintsizlantiriladi.
Gelьmintsizlantirishni amalga oshirish maqsadida quyidagi dori-darmonlar (antigelьmintiklar) qo’llaniladi:
Tiabendazol (tibenzol, tiabenzol, tiaben, ekvizol, bovizol) qo’y va qoramollarga og’iz orqali 50-70 mg/kg dan.
Alьbendazol (vabazen) - og’iz orqali 5-10 mg/kg miqdorida.
Oksfendazol (sistameks) - og’iz orqali, qo’y va qoramollarga
4-5 mg/kg dan.
Parpendazol (gelьmatak) - 9% li suspenziya holida 20-30 mg/kg
miqdorida qo’zilarning katta qorniga
(rubetsga) yuboriladi.
Kambendazol - og’iz orqali, 25-30 mg/kg dan.
Fenbendazol (panakur) - og’iz orqali, 2,5% li suspenziya holida
5-7,5 mg/kg dan.
Mebendazol (vertoks, mebenvet) - og’iz orqali, qo’zi va buzoqlarga
15-20 mg/kg miqdorida.
Tetramizol (nilverm, tramizol,
nemazol, levamizol, tsiratin,
antigevet, konko’rat, vadifen,
nemitsid, repirkol) - og’iz orqali, 10-15 mg/kg miqdorida.
Rafoksinad (MK-990, ranid, - og’iz orqali 5% li eritma holida,
flyukanid) qoramollarga 12,5 mg/kg dan, qo’y va
echkilarga 25 mg/kg dan.
Morantela tartrat - qo’ylarga og’iz orqali 12,5 mg/kg dan.
Loksan - og’iz orqali 40-50 mg/kg dan.
Tiofanat (netafaks) - og’iz orqali 100-200 mg/kg dan.
Febantel (rintal) - og’iz orqali 5% li suspenzich holatida
buzoqlarga 5-7,5 mg/kg dan, qo’ylarga
5 mg/kg dan.
Fenzidol - og’iz orqali 250 mg/kg dan.
Promintik - qoramollarga og’iz orqali yoki teri
ostiga 0,22 mg/kg dan.
Mintik - qqoramollarga og’iz orqali yoki teri
ostiga 0,58 mg/kg miqdorida.
Nilverm - og’iz orqali 7,5 mg/kg dan.
Levamizol - og’izdan boshqa yo’llar bilan
(parenteralьno) 7,5 mg/kg dan.
Galakson - emulsiya holida 44 mg/kg dan.
TSiazol - og’iz orqali 3 kun uzluksiz 3 mg/kg dan.
Dixlorofen - og’iz orqali 300 mg/kg dan.
Bromoksinid - og’iz orqali 5 mg/kg dan.
Fenotiazin - oshqozon ichak strongilyatozlarigasamarali ta’sir etadigan dorilar qatoriga kiritiladi va qo’ylarning har bir kilogramma tirik vazniga 1 g dan (jami dori 35 g dan oshmaslik sharti bilan) belgilanadi.
Fenotiazin bolyus (yumaloq) unlik qaynatma, kraxmal bentonit suspenziyasi holida berish mumkin. Buning uchun teng miqdorda fenotiazin va bentonit olinadi, yaxshilab aralashtirilib (doim suv qo’shib turiladi), suspenziya tayyorlanadi vaqo’ylarga og’zi orqali yuboriladi.
So’nggi paytlarda neftomonning 10% li suspenziyasi 0,3-0,5 mg/kg miqdorida keng qo’llanilmoqda. Suspenziya emal yoki shisha (yog’och) dan yasalgan idishda tayyorlanib, su vyoki 2% li kraxmal eritmasi qoriladi va har bir bosh molga alohida (yakka tartibda) beriladi.
O’zbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot institutida nilverm, tiabendazol, mebendazol kabi dori moddalardan granula holida tayyorlanib, undan qo’ylarni gruppa usulida gelьmintsizlantirish uchun qo’llanilmoqda.Fenotiazin va mis ko’porosli osh tuzi aralashmasini tayyorlash va qo’llashni tartibi. Mazkur aralashma (ko’k tuz) yuqori samara bilan keng qo’llaniladi va markazlashgan holda yoki xo’jalik sharoitida tayyorlanadi. Buning uchun 10 hissa fenotiazin, 1 hissa mis ko’porosi va 89 hissa donador (ikkinchi pomol) osh tuzi aralashtiriladi. Aralashtirishdan avval mis ko’porosi tegirmonda maydalanadi (yanchiladi) va so’ngra fenotiazin bilan aralashtiriladi. Bu aralashma esa o’z navbatida oz-ozdan (portsiya-portsiya) osh tuziga qo’shilib, yaxshilab aralashtiriladi.Tayyor aralashma Kraf xaltalariga solinib, quruq joyda saqlanadi. Aralashma (ko’k tuz) O’zbekiston sharoitida qo’ylarga 1 oktyabrdan 1 iyungacha 8 oy davomida uzluksiz berib boriladi.
Xulosa
O’zbekistonda yirik shoxli hayvonlar teyleriozi to’g’risidagi ma’lumotlarni 1906-1911 yillari I.M.Kovalevskiy ham bayon qilgan. U hayvon qonini mikroskop ostida tekshirib, ularning birida noksimon, boshqasida yumaloq, yana birida nuqtasimon parazitlar borligini aniqlab, kasal hayvonlarning ichki organlaridan taloq, buyrakni o’zgarganligi va siydik pufagida qonsiz siydik borligini hamda shirdonning shilliq pardalarida xarakterli yarachalar borligini qayd etgan.
O’zbekistonda boshqa fanlar qatori veterinariya fanlari ham o’z ravnaqini 1920 yillardan so’ng topdi. 1924 yilning mart oyida Toshkentda O’rta Osiyoda birinchi bo’lib ilmiy muassasa - Turkiston veterinariya bakteriologik laboratoriyasi tashkil etildi va undan keyinchalik veterinariya ilmiy-tekshirish instituti paydo bo’ldi.
Bu voqea O’zbekistonda veterinariya fanini, shu jumladan proto­zoologiya fanini rivojlantirishga beqiyos katta xizmat ko’rsatdi. Bu bilimgoh jamoasi o’zining birinchi ilmiy tekshirish ishlarini bu o’lkada keng tarqalgan qishlok xo’jalik hayvonlarining piroplazmidozlarini o’rganishdan boshladi.

Download 32.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling