Mavzu: Yirik shoxli hayvonlar nematodirozi va ezofagostomozi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 32.12 Kb.
bet3/9
Sana31.01.2023
Hajmi32.12 Kb.
#1142159
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yirik shoxli hayvonlar nematodirozi va epafagostomozi

NEMATODIROZ – kavsh qaytaruvchi hayvonlarning surunkali kechuvchi invazion kasalligi bo’lib, Trichostrogylidae oilasining nematodiris avlodiga mansub gelьmintlarning ingichka bo’lim ichaklarida parazitlik qilishi natijasida chaqiriladi va kasal mollarning lohaslanishi, sust o’sishi hamda keskin oriqlashi bilan harakterlanadi.
Mazkur avlod strongilyatlarining quyidagi turlari ko’proq uchraydi: Nematodirus fillicollis, N.abdormalis, N.archari, N.arisonensis, N.aspinosus, N.dogiel, N.dromedarii, N.gazellae, N.helatinus, N.niolini, N.mugosa – rigus, N.neotoma, N.oiratianus, N.roscidus.
Kasallikning taralishi. Nematodiroz invaziyasi Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog’iston jumhuriyatlarida qayd etilgan strongilyatoz kasalligi hisoblanadi. SHuningdek SHraqiy Angliya, SHotlandiya, SHimoliy Irlandiya va boshqa mamlakatlarda ham uchrab turadi.
R.A.Kingsberi va I.T.Beksterlar 2-5 oylik qo’zilar orasida bahor va yoz fasllarida nematodirozning keng yoyilganligi haqida yozib, kasal mollarning lohaslanishi, ishtahasizlanishi, chanqashi, ichining o’tkir o’tishi – oriqlashi kabi klinik belgilarni qayd etadilar.
O’zbekistonda o’tkazilgan tadqiqotlardan (E.Ergashev, A.Ro’zimurodov) ma’lumki, sug’oriladigan zonalarda 88 (asosan yosh mollar), cho’l-yaylov zonalarida 78, tog’ va tog’ oldi zonalarida esa 73% gacha mollar zararlangan (ko’proq 3 oylik va katta yoshdagilar).
Kasallik qo’zg’atuvchisning tuzilishi. Trabaco Raevskiy, Skryabin va Orlovalarning tavsifi bo’yicha nematodirus filicolisning bosh qismidagi xitini ko’ndalangiga chiziqchali va kengaygan bo’ladi. Tanasining bo’ylamasiga 18 ta uzun chiziqchalari mavjud.
Bosh qismi 0,0030-0,060 mm enlikda bo’lib, og’iz teshigi 6ta mitti so’rg’ichlar bilan o’ralgan. Kichkina og’izda esa egri joylashgan tishchalari bo’ladi. Qizilo’ngachi 0,45-0,60 mm uzunlikda, asab halqasi uning oldingi qismidan 0,3 mm masofada bo’lib, qizilo’ngachning orqa qismiga 0,05-0,07 mm yaqinlikda chiqaruv teshigi joylashgan.
Erkagi tanasining uzunligi 7,5-15, eni esa 0,090-0,130 mm ga teng. Bursasi oddiy tuzulishda bo’lib, yaxshi sezilmaydigan parraksimon o’simtalari mavjud. Yuqori qovurg’asi ikki tomonga tarmoqlab, ularning ichki ikkilamchi shoxchalari yana ikkita shahobchaga ajraladi. Spikulasi uzunchoq bo’lib, 0,750-0,925 mm atrofida, nisbatan yo’g’on va pastki qismida xitinlashgan membranasi joylashgan.
Urg’ochisining t anasi erkaginikiga nisbatan uzun 19-21, eni esa 0,150-0,225 mm dir. Qini ko’ndalang joylavshgan tirqishcha holida tanasining orqa qismiga ochiladi.
Tuxum yo’li 0,4-0,5, tuxumining uzunligi 0,0145-0,180, eni 0,075-0,90 mm ga teng. Dum qismi kesilgandek ko’rinishda bo’lib, undan 0,065-0,080 mm masofada orqa chiqaruv teshigi – anus joylashgan.

Download 32.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling