Mavzu: Yiringli yallig’lanish kasalliklarida hamshiralik ishi. Reja


Download 19.52 Kb.
bet2/3
Sana15.03.2023
Hajmi19.52 Kb.
#1269654
1   2   3
Bog'liq
Yiringli yallig’lanish kasalliklarida hamshiralik ishi

Xirurgik infeksiyani tasniflash
Xirurgik infeksiyaning kasallikni keltirib chiqaradigan mikroblarning turiga bog'liq holda etiologiya (mikrob florasi), kasallikning klinik holati hamda kasallik jarayoniningcheklanib olinishi bo'yicha turlari farqlanadi.Etiologiya bo'yicha stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk, kolibatsillyar, aralash yoki ko'p turli (polimikrob) infeksiya va boshqalar tavofut qilinadi.Jarayonning cheklanib olinishi bo'yicha xirurgik infeksiya teri va shilliq pardalarning yiringli infeksiyasiga, ko'krak qafasi va o'pkaning yiringli infelcsiyasiga, bosh va bosh miyaning yumshoq to'qimalari infeksiyasiga, qorin pardasi va qorin bo'shlig'i organlarining yiringli infeksiyasiga, suyak va bo'g'imlar infeksiyasiga va hokazolarga ajratiladi.To'qimalardagi o'ziga xos patologoanatomik o'zgarishlarni hisobga olgan holda kasallikni klinik ko'rinishi bo'yicha tasniflashjuda muhimdir. Bundaquyidagi turlar bir-biridan farqlanadi: 1. O'tkir xirurgik infeksiya. 1.1. Mahalliy o'tkir xirurgik infeksiya: a) o'tkir nospesifik yiringli infeksiya; b) o'tkir chirik (putrid) infeksiya; d) o'tkir nospesifik anaerob infeksiya yoki gazli gangrena (qorason); e) o'tkir spesifik anaerob infeksiya (qoqshol, kuydirgi, jarohat difteriyasi). 1.2. Urnumiy xirurgik infeksiya: a) o'tkir nospesifik infeksiya; b) o'tib ketgan (surunkali) umumiy xirurgik infeksiya. 2. Surunkali xirurgik infeksiya: a) surunkali nospesifik infeksiya; b) surunkali spesifik infeksiya (sil, aktinomikoz, zaxm).O'tkir xirurgik infeksiya mahalliy va umumiy xarakterning o'zgarishi zaminida kclib chiqadi yoki kasallikning septik kechishi (umumiy xirurgik infeksiya) bilan ajralib turadi. O'tkir jarayon uchun kasallikning tez boshlanib, og'ir kechishi xosdir. Surunkali xirurgik infeksiya sekin kechadi, uzoq, ba'zan yillab va o'n yillab davom etishi mumkin, u bosilib qolib, yana avj olishi kuzatilishi ehtimoli ham bor. Garchi kasallik boshlangandayoq surunkali xususiyatga ega bo'lsa ham ko'pincha surunkali infeksiya o'tkir infeksiyaning davomi bo'ladi (suyak-bo'g'imlar sili, Brod abssessi).

Download 19.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling