Mavzu: Yiringli yallig’lanish kasalliklarida hamshiralik ishi. Reja


Download 19.52 Kb.
bet3/3
Sana15.03.2023
Hajmi19.52 Kb.
#1269654
1   2   3
Bog'liq
Yiringli yallig’lanish kasalliklarida hamshiralik ishi

O'tkir xirurgik infeksiyalar
Xirurgik infeksiyaning ko'proq uchraydigan turlaridan biri o'tkir nospesifik yiringli infeksiya (O'NYI) bo'lib, unga kasallikning yiringli intoksikatsiya bilan ifodalangan holatda og'ir klinik kechish xosdir. Etiologiyasi. Jarohatda O'NYI ning paydo boiishida muhim o'rin (V.I.Struchkov, 1978) stafilo-, strepto-, pnevmokokklarga tegishlidir, gonokokklar bu borada hiyla kamroq rol o'ynaydi. So'nggi yillarda xirurgik infeksiyani qo'zg'atuvchi sifatida (M.I.Kuzin, 1985) tobora ko'proq grammanfiy mikrofloraning vakillari (60-81 foiz holatlarda) -ichak tayoqehasi (Escherichiacoli), saprofitlar (Proteus vulgaris) va boshqa shartli-patogen grammanfiy bakteriyalar (enterobacter aerogenes, klebsielle pneumoniale,) shuningdek, psevdomonadlar (Pseudomonas aeiuginesa) va patogen zamburug'lar yaqqol ajralib turadi. Kasallik aralash infeksiya turlari bo'yicha kelib chiqqan bo'lishi mumkin, shu bilan birga nafaqat aeroblar, balki anaeroblar aeroblar bilan birga kasallikning klinik kechishini yanada og'irlashtirishga olib keladi.Aeroblar, Stafilokokklar (Staphylococcus aureus S. epidermides, S. saprophyticus) to shu kungacha ham O'NYIning muhim va birmuncha ko'proq uchraydigan qo'zg'atuvchilaridan bo'lib qolayapti. Ular tashqi muhitda, inson badani sirtida, burunhalqumda va nafas yo'llarida keng tarqalgan. Infeksiya, asosan, bemor bilan aloqada bo'Iish yo'li orqali tarqaladi. O'NYI ning 70-80 foiz hollarida qo'zg'atuvchilari stafilokokklar bo'lgan, shu bilan birga 70-79 foiz hollarda antibiotiklarga rezistent shtammlar uchragan (V.I. Struchkov va hammualliflar, 1984), Stafilokokklar aerob mikroorganizmlarga oid bo'lib (ammo anaerob sharoitlarda ham mavjud bo'lishi mumkin), kimyoviy va termik omillarga anchagina chidamliligi b ila n ajralib turadi. Stafilokokklar qonning muayyan shakldagi elementlarini buzuvchi toksinlarstafilogenmolizin, stafiloleykolizin, shuningdek, oqsil moddalarni koagulyatsiyalovchi va buzuvchi fermentplazmokoagulazani ajratib chiqaradi. S. epidermydis ko'proq terining ichki qatlamlarida joylashgan bo'lib, uning kasallik qo'zg'atuvchiligi toksinlar va plazmokoagulazalarga bog'liqdir. Stafilokokklarning virulentligi yiring yig'ilgan joylarda ortadi. Streptokokklar. Gemolilik A - streptokokk asosan kontakt yo'li bilan yuqadi; gemolitik B - streptokokk (Str. aqalaetice) yangi tug'ilgan chaqaloqlarda (o'pka strukturasini o'zgartiradigan sepsis) va boshqa bolalarda (meningitlar, osteomiyelitlar) og'ir infeksiyalarni keltirib chiqaradi; (3-gemolitik Cstreptokokk (Str. eguisimilis, str. Zooepidimii) asosan hayvonlarda kasallik qo'zg'atuvchi hisoblanadi; P-gemolitik D- sttreptokokk (Str. foecalis) ichak yo'llarida uchraydi va u sepsis, raeningit, endokardit, xolesistit, piyelonefritni keltirib chiqarishi mumkin; Hstreptokokk (Str. sanguis) kamdan-kam hollardagina xirurgik infeksiya manbai bo'la oladi. Streptokokklar tufayli kelib chiqqan yallig'lanish hozirgi vaqtda antibiotiklar qo'llanilgan eramizning boshlariga nisbatan kamdan-kam uchraydi; ko'proq seroz (zardobli) yallig'lanish turi sifatida o'tadi, biroq og'ir intoksikatsiyani keltirib chiqaradi. Streptokokklar infeksiyaning maxsus turlarini, chunonchi, saramas keltirib chiqarishi mumkin, stafilakokk infeksiyasiga nisbatan metastazlar (bolalash) bunda kamdan-kam (15 foizgacha) yuz beradi. Streptokokk infeksiyasida yiring nimkulrang, quyuq qaymoqsimon boiadi.Pnevmokokklar aerob, shuningdek, anaerob sharoitlarda ham yashayveradi, toksinlar hosil qilmaydi. Burun, og'iz, tomoq bo'shliqlarida va yuqori nafas yo'llarida uchraydi. Ular ko'proq pnevmoniya (zotiljam) qo'zg'atuvchilari hisoblanadi, bolalardagi peritonitlar (pnevmokokk peritoniti) chog'ida, shuningdek, mastoiditlarda, o'rta quloq yalligianishlarida, meningitlarda, yiringli artritlarida kam uchraydi.Gonokokklar so'zak kasalligini qo'zg'atuvchilar hisoblanadi, biroq ba'zan ular o'tkir xirurgik kasalliklarni ham keltirib chiqarishi mumkin; asosiy jarayonda bo'g'imlar (ko'proq tizza bo'g'imi va boldir) suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo'g'im hamda qin paylarining suzakdan yiringli yallig'lanishi kuzatiladi.Ichak tayoqchasi (grammanfiy enterobakteri - «Escherichie Coli») inson va hayvonlarning ichak yo'llarida, shuningdek, badanning ustki qismida va kiyim-kechakda ko'p miqdorda uchraydi. Ichak tayoqchasi noqulay tashqi omillarga chidamliligi bilan ajralib turadi, u aerob, xuddi shuningdek, anaerob sharoitlarda ham mavjud bo'lishi mumkin. Qorin bo'shlig'i a'zolarining yiringli kasallanishida katta rol o'ynaydi, Ichak tayoqchasi to'qimalarning chirib parchalanishini vujudga keltiradi, appenditsit (ko'richak) yoki diffuzion (tarqoq) peritonit yuz berganda ayniqsa xavfli qo'zg'atuvchi hisoblanadi. Agar ichak tayoqchasi stafilo yoki streptokokk infeksiyasiga qo'shilsa, bemorning ahvoli sezilarli darajada yomonlashadi, sepsis holati yuz beradi, ayni paytda, teri, teri osti kletchatkasi, mushaklar va fassiyalar (mushaklar ustidagi pardalar)chirib jonsizlanadi.Protey turlari (Proteus vulgaris, Pr. mirabilis, Pr. morgani Pr. inconstans) tashqi muhitda, shuningdek, og'iz bo'shlig'ida va ichak yo'llarida keng tarqalgan. Mazkur qo'zg'atuvchilar keltirib chiqargan yiringli jarayon yumshoq to'qimalar ning chirib jonsizlanishi bilan kechadi. Siydik chiqarish yo'llari, jarohatlarda aralash infeksiya qo'zg'atuvchilari bo'lishi mumkin (Pr. inconstans) gospital infeksiyasining eng xavfli qo'zg'atuvchilaridan biri bo'lib, antibiotiklarga o'ta chidamliligi bilan ajralib turadi,Klebsiela-Enteroblacter-Serratia rurkumi me'da-ichak yo'llarida va nafas yo'llarida paydo bo'ladi. Qo'zg'atuvchilar o'pka yallig'lanishi (pnevmoniyasi) va yiringlanishlari (abssesslari)ni, xolangitlarini, siydik chiqarish yo'llari infeksiyasini keltirib chiqaradi. Enterobacter. Cloague xolesistitlarda (o't pufagining yallig'lanishi), JEnt/ species sepsisda aniqlanadi. Serratie marcescens turidagi bakteriyalar awalo himoya reaksiyasi past boigan bemorlarda sepsis keltirib chiqaradi.
Download 19.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling