Mavzu: Yodning 5% va 10%li spirtli eritmalari sifatini baholash Reja
Download 223.61 Kb.
|
Reja Suyuq dori shakllari haqida ma’lumot-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yodning 5 % li spirtli eritmasi (Sol. Iodi spirituosa 5 %)
- Yodning spirtli eritmalari haqida ma’lumot
Bu va boshqa kamchiliklarini bataraf etish uchun ko’pchilik suyuq holatda qabul qilinuvchi dori vositalari zavodlarda maxsus tabletka, quruq misktura yoki kukun holatda tayyorlanadi, va bemorlarning o’zlari ularni qo’llashdan oldin erituvchida eritib oladilar.Yodning spirtli eritmalari haqida ma’lumotYodning 5 % li spirtli eritmasi (Sol. Iodi spirituosa 5 %)Iodi 50.0 Kalii iodidi 20,0 Spiritus aethylici 95 % Aquae destillatae ad 1000 ml Reaktorda kaliy vodid o ‘ziga nisbatan ikki baravar ko'p miqdordagi suv yoki spirt-suv aralashmasida eritiladi, hosil bo’lgan kaliy yodidning kuchli eritmasiga yod solinadi va to’la erib ketgunicha aralashtiriladi. So'ng eritma spirt-suv aralashmasi bilan kerakli hajmgacha yetkaziladi. Bunda kaliy yodidning kuchli (to’yingan) eritmasi yod erishini tezlashtiradi va preparat turg'unligini ta'minlaydi.Yodning spirtli eritmalari haqida ma’lumotYodning 10 % li spirtli eritmasi (Sol. Iodi spirituosa 10 %)Iodi 100,0 Spiritus aethylici 95 % ad. 1000 ml. Reaktorga hisoblangan erituvchining taxminan 80 % solinadi va unga qopchiqqa joylashtirilgan yod bostirib osib qo'yiladi. Bunda yodning erish jarayoni zichliklar farqi tufayli o‘z-o'zidan aralashishi natijasida yuzaga keladi. Yod eritmasining zichligi yuqori bo’lganligi uchun pastga. spirt esa yuqoriga harakatlanadi. Yodning erishi oxiriga yetgach, qopchiq olinib. qolgan spirt bilan yuvilib eritma kerakli hajmgacha yetkaziladi.Yodning spirtli eritmalari haqida ma’lumotYod eritmalari qizil - qo'ngir rangli, yodga xos hidga ega bo'lgan suyuqliklardir. Agar yod eritmasining konsentratsivasi ko'rsatilmagan bo’lsa . 5 % li yod eritmasi nazarda tutiladi. Amalda 1 va 2 % li yod eritmalari ham ishlatilib, ular toza yod va 96 % li spirtda tayyorlanadi. Yodning spirtli eritmalaridan 5 % ligi turg'un hisoblanadi. chunki uning tarkibida yod KJ3 holida bo’ladi. Yodning 10 % li spirtli eritmasida yod kuchli oksidlovchi boiganligi uchun spirt va suv bilan reaksiyaga kirishib, sirka aldegidi va kislotasi, sirka kislotasining etil spirti bilan efiri, yodid, gipoyodit, yodat kislotasi va yodoformlar hosil qiladi. Shuning uchun yodning 10 % li spirtli eritmasi qisqa muddatga tayyorlanadi.Download 223.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling