Yodning 5% li spirtli eritmasi Solutio Iodi spirituosa 5% (Tinctura Iodi 5%) Tarkibi : Yod 50g; Kaliy yodid 20 g; suv; hajm 1000 ml ga yetguncha spirt. Haqiqiyligi (sifat reaksiyalari) 1. Yod molekulasiga reaksiya (J2) 0,5 ml tekshiriluvchi materialga 1 tomchi kraxmal eritmasi tomiziladi. Eritma ko’k rangga bo’yaladi. Yodning spirtli eritmalari sifatini baholash 2. Yodid ioniga reaksiya (I-): 1 tomchi sinov eritmasi stakanga tomizilib, rangsizlanguncha kutiladi ( yod uchib ketadi). Qolgan mahsulot 1 ml suvda eritib, probirkaga o’tkaziladi. Keyin 1 ml xloroform, 2-3 tomchi suyultirilgan xlorid kislota, xloramin kristallari qo’shilib, yaxshilab chayqatiladi – xloroform binafsha rangga kiradi. Yodning spirtli eritmalari sifatini baholash 1. Yod molekulasini aniqlash (J2) : 1ml preparat rangsizlanguncha 0,1 n li natriy tiosulfat eritmasi bilan titrlanadi (V1 ml ). 1 ml 0,1 n natriy tiosulfat eritmasi 0,01269 g yodga mos keladi. Dori moddasi (X) tarkibidagi yodning miqdorini aniqlash (g.) quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi : Yodning spirtli eritmalari sifatini baholash 2. Kaliy yodid miqdorini aniqlash (summar titrlash): titrlagan eritmaga 5-6 ml suv, 1 ml suyultirilgan sirka kislota, 2-3 tomchi 0,5 % li natriy eozinat qo’shilib, 0,1 n kumush nitrat eritmasi bilan yorqin pushti cho’kma va uning ustida shaffof suyuqlik hosil bo’lguncha chayqatilib, titrlanadi. (V1 ml). 1 ml 0,1 n kumush nitray eritmasi 0,0166 g kaliy yodidga to’g’ri keladi Dori moddasi (X2 tarkibidagi kaliy yodid miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi: Formulalardagi ko’rsatkichlar
V2 – summar titrlash uchun olingan AgNO3 eritmasi hajmi, ml;
V1 – yodni titrlash uchun olingan Na2S2O3 ning 0,1n li eritmasi hajmi, ml
К1 - Na2S2O3 standart eritmasi titriga koeffitsient;
К2 – standart AgNO3 eritmasi titriga koeffitsient;
Т1 — aniqlanuvchi moddaning titri (J2 uchun);
Т2 – aniqlanuvchi ion uchun titr (J- uchun);
а – titrlash uchun olingan dori moddasining hajmi;
Р – retreptda ko’rsatilgan dori moddanig hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |