Mavzu: Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi. Yog’och tolali plitalarni qurilishda qo’llash. Reja


Download 16.96 Kb.
bet1/5
Sana18.10.2023
Hajmi16.96 Kb.
#1708787
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi. Yog’och tolali plitalarni qurilishda qo’llash.


Mavzu: Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi. Yog’och tolali plitalarni qurilishda qo’llash

Mavzu: Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi. Yog’och tolali plitalarni qurilishda qo’llash.
Reja:


  1. Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi.


  2. Yog'och material va buyumlar.


  3. Yog'ochni chirish, qurtlash va yonishdan saqlash



Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi.


Yog'och payrahali plitalar yog'och payraha (juni) va fenol- formaldegid, karbamid smolalari (7-9%) asosida tayyorlanadi. Material tarkibida 90% atrofida organik tolasimon xomashyo bo'ladi. Buyum sifatini oshirish uchun tarkibiga gidrofob, difil moddalar, antiseptik va antipiren kiritiladi.
Yog'och tolali issiqlik izolatsiyasi plitalari qurilishga yaroqsiz yog'ochdan olingan tolalar, qog'oz makulatura, jo'xori, g'o'za, kanop poyasi, poxol va shu kabilar polimer bog'lovchilar qo'shib issiq holda presslab olinadi (1-rasm). Ularning o'rtacha zichligi 250 kg/m3, issiqlik o'tkazuvchanligi λ=0,07 W/(m.°C) gacha bo'ladi.

1-rasm. Yog’och tolali plitalar


Fibrolit plitalari yog'och yungi va noorganik bog'lovchilar asosida olinadi. Yog'och yungi (uzunligi 200-500 mm, eni 2-5 mm va qalinligi 0,3-0,5 mm li tola) yel, lipa, osina, qarag'aydan tayyorlangan kalta to'sinchalar maxsus stanoklarda ishlov berib olinadi (14.9-rasm). Mineral bog'lovchi sifatida sement ishlatiladi. Yog'och yungi va bog'lovchi yaxshi yopishishi uchun qorishma tarkibiga kalsiy xlorid mineralizator sifatida qo'shiladi. Ularning o'rtacha zichligi 300-500 kg/m3. λ =0,1-0,15 W/(m.°C), egilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,4-1,2 MPa, qalinligi 25, 50, 75 va 100 mm.

2-rasm. Fibrolit plitalar

Download 16.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling