Mavzu: Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi. Yog’och tolali plitalarni qurilishda qo’llash. Reja


Download 16.96 Kb.
bet2/5
Sana18.10.2023
Hajmi16.96 Kb.
#1708787
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi. Yog’och tolali plitalarni qurilishda qo’llash.

Arbolit plitalari (bloklari) qisqa tolali organik to'ldirgichlar (yog'och qipig'I, payraha, g'o'za, kanop poyasi, poxol) va sement yoki shlak ishqorli sement asosida tayyorlanadi (3-rasm). Mahsulot sifatini oshirish uchun qorishma tarkibiga kalsiy xlorid, suyuq shisha kabi mineralizatorlar qo'shiladi.

Issiqlik izolatsiyasi arbolitning o'rtacha zichligi 500 kg/m3 gacha, konstruktiv-issiqlik izolatsiyasi arbolitniki esa 700 kg/m3 gacha bo'ladi. Uning siqilishdagi mustahkamligi 0,5-3,5 MPa, egilishidagi cho'zilishga mustahkamligi 0,4-1,0 MPa, issiqlik o'tkazuvchanligi 0,08-0,12 W/(m.°C).


Plitalarga ishlov berish - arralash, teshish, mix qoqish, silliqlash oson. Ular to'siq konstruksiyalar, karkasli devor va yopmalarning issiqlik izolatsiyasi uchun ishlatiladi.

2. Yog'och material va buyumlar

Yog'och materiallar, asosan, ignabargli daraxtlarni bir necha bosqichda qayta ishlab tayyorlanadi. Ular ichida eng ko'p ishlatiladigani qarag'ay, qora qarag'ay, (yel), oq qarag'ay (pixta), pista qarag'ay (kedr) va tilag'ochdir. Qarag'ay yog'ochidan brus, taxta, duradgorlik buyumlari, faner va shu kabilar olinadi. Bargli daraxtlar qurilishda kamroq ishlatiladi. O'ta zich, teksturasi chiroyli eman, qora qayin (buk), yasen, shpon va maxsus faneralar olishda, oq qayin esa pishiq fanerlar tayyorlashda ishlatiladi.


Tilinmagan yog'och butoqlari kesilgan, po'stlog'i shilingan holda qurilishda buyum va konstruksiya sifatida ishlatiladi.
Xari ignabargli va bargli daraxtlardan, diametri 14 sm dan kam bo'lmagan, uzunligi 4-6,5 m yog'ochdir. Xari 3 navga bo'linadi: birinchi navga yuqori sifatli, ikkinchi navga ba'zi bir nuqsonli va uchinchi navga ozgina miqdorda turli nuqsonli bo'Igan (chirimagan) xarilar kiradi. Birinchi navli xarilar yog'och konstruksiyalar (to'sin, ferma, sarrov, qoziq), ikkinchi navli xarilar to'sinlar, xovonlar va duradgorlik buyumlari, uchinchi navli xarilar esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo'Igan konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
Xoda uchining diametri 8-11 sm, xodacha uchining diametri 3-7 sm, uzunligi 3-9 m bo'ladi. Xoda va xodachalar sinchli uylarni qurishda, qismlar tayyorlashda ishlatiladi.

Download 16.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling