Mavzu: Yorug’likning qutblanishi. Chiziqli, circular, elliptik qutblangan nurlar Reja: Kirish 1 yorug’likning qutblanishi
Qutblangan yorug’likni hosil qilish usullari
Download 1.68 Mb.
|
162-20 Adxamov Abduraxmon MUstaqil ish 1
1.4.Qutblangan yorug’likni hosil qilish usullari.
1. Kristallardagi dixroizm hodisasidan, ya’ni nurlarning birini ikkinchisiga nisbatan kuchli yutilishiga asosan qutblangan nurlarni olish. Bu hodisani Korde (1809 y.) kordierit deb ataluvchi mineralda kashf qilgan. Bio va Zeyebek (1816 y.) turmalin kristalida kuzatganlar. Bu hodisa ko’zga ko’rinadigan nurlar uchun turmalin kristalida juda kuchli namoyon bo’ladi. Unda oddiy nur 1 mm qalinlikda to’liq yutiladi. Polyaroid (stelluloid plyonkasi) juda ko’p bir xil orientastiyalangan xinin yodit sulfat kristallchalaridan tashkil topgan bo’lib, nurlardan biri 0,1 mm da yutiladi. 2. Nikol prizmasi. Nikol prizmasi island shpatidan tayyorlangan prizma bo’lib, u AA’ chiziq bo’ylab kesilgan va Kanada balzami yordamida elimlangan. Bu balzamning sindirish ko’rsatkichi ga teng bo’lib, oddiy va g’ayrioddiy nurlarning no va ne ko’rsatkichlari orasida yotadi. optik o’qi nur kiradigan yoqi bilan burchak hosil qilali. Oddiy nur Kanada balzami qatlamidan to’la ichga qaytadi. g’ayrioddiy nur esa AS’ yoqqa parallel o’tadi. Bundan tashqari har xil qutblovchi va nurlarni ikkiga ajratuvchi prizmalardan foydalaniladi. O’zaro tik bo’lgan yo’nalishlarda qutblangan ikkita kogerent nurlar ustma-ust tushganda fazoda energiyaning qayta taqsimlanishi kuzatilmaydi. Chunki bir-biriga ta’sir qiluvchi nurlardagi tebranishlar bir xil yo’nalishda bo’lgandagina interferensiya hodisasi kuzatiladi. Kristall plastinkani ikkita qutblagich orasiga joylashtiramiz. Oddiy va g’ayrioddiy nurlar amplitudalari (12) munosabat bilan aniqlanadi. (12) Ikkala qutblagich o’zaro parallel bo’lgan vaqtda (10-rasm) P’ qutblagich orqali eo va ee tebranishlarning P’ tekislik bo’yicha tashkil qiluvchilari o’tadi: (13) Agar deb hisoblasak, (14) Bu ikkala to’lqinlar interferenstiyalashadi. Natijaviy to’lqin amplitudasi: (15) ga teng bo’ladi, yoki (14) ifodadan foydalansak: (16) Natijaviy to’lqin intensivligi: (17) Agar qutblagichlar o’zaro tik joylashgan bo’lsa: (18) (17) va (18) ifodalarda (19) bo’lsa, parallel joylashganda intensivlik maksimal bo’lib, tik joylashganda nolga aylanadi. (20) bo’lganda esa aksincha bo’lishi kelib chiqadi. Natijaviy to’lqinlar fazalari farqiplastinkaning qalinligiga va to’lqin uzunligiga bog’liq bo’ladi. Shunga asosan qalinlik har xil bo’lgan joylardan oq yorug’lik o’tgan vaqtda rangdor interferension manzara kuzatiladi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling