Mavzu: Yorug'likning sochilishida Reley sochilishini o'rganish
- rasm. Geliy—neonli lazer nurlanishining 632,8 nm li chizig'i tomonidan uy temperaturasida beizolda о 'yg'otilgan sochilish chizig'I nozik strukturasining
Download 0.65 Mb.
|
Yorug\'likning sochilishida Reley sochilishini o\'rganish kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.9- rasm. Geliy—neonli lazer nurlanishining 632,8 nm li chizigI tomonidan uy temperaturasida beizolda о ygotilgan sochilish chizig 7 nozik strukturasining interferension spektri
- Releyning III qonuni
2.8 - rasm. Geliy—neonli lazer nurlanishining 632,8 nm li chizig'i tomonidan uy temperaturasida beizolda о 'yg'otilgan sochilish chizig'I nozik strukturasining
interferension spektri. A — uyg 'otuvchi chiziqning spektri, b — sochilish chizig 7 nozik strukturasining spektri 2.9- rasm. Geliy—neonli lazer nurlanishining 632,8 nm li chizig'I tomonidan uy temperaturasida beizolda о 'yg'otilgan sochilish chizig 7 nozik strukturasining interferension spektri A — uyg 'otuvchi chiziqning spektri, b — sochilish chizig 7 nozik strukturasining spektri Yorug'lik chastotasining bunday juda kichik amplitudaviy o'zgarishlarini ajrata olish kuchi juda yuqori bo'lgan spektral apparatlardagina, masalan, Fabri—Pero interferometrida yoki panjarasining shtrixlari juda ko'p bo'lgan difraksion spektrografda qayd qilish mumkin. Reley chizigining nozik strukturali ekanligini birinchi bo'lib tajribada (1930 y.) Landsberg, Mandelshtam va Gross kvars monokristalida, Grossning o'zi esa suyuqliklarda aniqladilar [11]. Releyning III qonuni Suyuqlik anizotropiyasinng vaqt o'tishi bilan o'zgaradigan fluktuatsiyalari tufayli sochilgan yorug'likning spektri birmuncha kengroq polosa bo'lib, uning maksimumi uyg'otuvchi (tushayotgan) yorug'likning chastotasiga to'gri keladi va undan ikki tarafga 150 sm"1 ga va undan ortiqroq cho'zilgan (uglerod pectra, benzol, nitrobenzol va boshqalar). Bu spektr Reley chizig'ining qanoti deb ataladq intensivlik taqsimotining tavsiflab o'tilgan manzarasi uyg'otuvchi sifatida tabiiy yorug'lik yoki chiziqli qutblangan yorug'lik ishlatilganda kuzatiladi. Tabiiy yorug'lik bilan uyg'otishda Reley chizig'I qanotidagi qutbsizlanish koeffitsiyenti 6/7 ga teng, elektr vektori sochilish tekisligiga perpendikulyar bo'lgan chiziqli qutblangan yorug'lik bilan uyg'otishda bu koeffitsiyent % ga teng. Bunday chiziqli qutblangan yorug'lik bilan uyg'otishda va elektr vektori sochilish tekisligida yotadigan sochilgan yorug'lik spektrini kuzatishda uyg'otuvchi yorug'likning chastotasida «pasayish» borligi va bu pasayish ba'zan maksimal intensivlikning 30% iga yetishi aniqlangan (I. L. Fabelinskiy va hamkorlari, 1967y). Shunday qilib, Reley chizig'ining qanotida anizotropiya fluktuatsiyalari tufayli sochilgan yorug'likning ko'ndalang to'lqinlar tomonidan modulyatsiya qilinishiga aloqador nozik struktura ko'rinadi. Qovushoqligi kam suyuqliklarda bunday to'lqinlarning tezligi 100 dan 200 m/s gacha boradi. Reley chizig'I qanotida intensivlik taqsimotining ishlab chiqilgan nazariyasi (M. A, Leontovich, 1941 y., S. M. Ritov, 1957, 1970 y.) bilan o'khash natijalari birgalikda anizotropiyaning relaksatsiya vaqtlarini aniqlashga imkon boradi. Topilgan natijalar ilmiy jihatdangina emas, balki amaliy jihatdan ham ahamiyatga ega, chunki elektr maydonida nurning ikkiga ajralib sinish hodisasining bo'lib turish vaqti ayni anizotropiyaning relaksatsiya vaqti bilan aniqlanadi va demak, bu vaqtlar Kerr yacheykasi fotografik zatvor sifatida ishlatilgan holdagi minimal ekspozitsiyani aniqlaydi. Hozirgi vaqtda bunday zatvor tez o'tuvchi turli xil protsesslarni tadqiq etishda va boshqa sohalarda keng qo'llaniladi. Reley qonuniga asosan, sochilgan yorug'likda energiya taqsimoti birlamchi yorug'likdagi taksimotdan spektrning qisqa to'lqinli kismida energiya qiyosan ortiq bo'lishi bilan farq qiladi. Bu suratlar hodisaning xarakteri to'g'risida sifat tomondan tasavvur beradi. Ekspozitsiyalar shunday tanlab olinganki, bunda to'lqin uzunligi pek bo'lgan chiziqlar intensivligi taxminan teng bo'ladi. Unda spektrning qisqaroq to'lqinli sohasidagi intensivliklar farqi yaqqol ko'rinadi.[9] Ilgari o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, yuqorida aytib o'tilgan farq tushayotgan va sochilgan yorug'lik spektrlaridagi yagona farq hisoblangan. Biroq sinchiklb o'tkazilgan tekshirishning ko'rsatishicha (Raman, G. S. Landsberg va L. I„ Mandelshtam, 1928 y.), sochilgan yorug'lik spektrida tushayotgan yorug'likni xarakterlaydigan. Chiziqlardan tashqari qo'shimcha chiziqlar (yo'ldoshlar) bo'ladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling