42
A)gavda uzunligi (sm)
B)gavda og’irligi (kg)
V)ko`krak qafasining kengligi tinch xolatda (sm)
G)o`pkaning tiriklik sig’imi (ml)
D)o`ng va chap qo`llar kuchi (kg)
2.2.3.Voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash
Voleybolchilarni jismoniy tayyorgarligini aniqlashda quyidagi testlardan
foydalandik:
A)30 m.gacha yugurish (soniya)
B)4 x 10 metrga mokkisimon yugurish (soniya)
V)Turgan joydan uzunlikka sakrash (sm)
G)Oyoqlarning orasini 30 smga ochib erga o`tirgan holatda tizzalarini
bukmasdan oldinga intilish (sm)
D) 1 daqiqa davomida gavdani bukib yozish (marta)
2.2.4. Tadqiqot ishini tashkil etish
Tadqiqot ishi 2018-2019 o`quv yilida Chust tumanidagi 1 va 7-umumiy o’rta
ta’lim maktablarda o`tkazildi. Tadqiqot ishida 64ta voleybolchi ishtirok etdi.
Tadqiqot sentyabr oyidan aprel oyigacha davom etdi. Tadqiqot ishidan oldin
tajriba va nazorat guruhlaridagi voleybolchilarning jismoniy rivojlanishini va
jismoniy tayyorgarlik ko`rsatkichlari testlar hamda antropometrik ko`rsatkichlar
orqali aniqlandi.
2.2.5. Matematik statistik usullar
Tajriba asosida yig’ib olingan ma’lumotlarni matematik-statistik usulda
taxlil qilishda V.I.Ivanova, va F.A.Kerimovlarning adabiyotlaridan foydalanildi.
43
III-BOB. YOSH VOLEYBOLCHILARNI MAXSUS JISMONIY
TAYYORGARLIGINI OSHIRISH BO`YICHA O`TKAZILGAN
TAJRIBANI SAMARADORLIGI.
3.1. Maxsus jismoniy sifatlarni tarbiylash
Sport faoliyatida texnik-taktik malakalarni samarali
ijro etish va muayyan
sport turida yuqori natijalarga erishish sportchilarni shakllangan jismoniy
tayyorgarligiga bevosita bog‘liqdir. Binobarin, jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik,
chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik) maqsadga muvofiq
shakllantirish sport
tayyorgar-ligining muhim shartlaridan biridir.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik
jarayonlaridan iborat bo‘lib, muvofiq sport turining xususiyatiga mos ravishda
tashkil qilinishini taqozo etadi.
Ushbu jarayonning asosiy maqsadi umumiy va maxsus
jismoniy sifatlarni
tarbiyalashga qaratiladi.
Umumiy jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi maxsus jismoniy
sifatlarni samarali yoki samarasiz shakllanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik sportchilar organizmining funksional
imkoniyatlarini oshirish va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratiladi.
Barcha sport turlari kabi voleybolda ham o‘yin
malakalarini tez, aniq va vaziyatga
nisbatan maqsadga muvofiq ijro etish eng avvalo maxsus jismoniy sifatlarga
bog‘liqdir.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositalari turli yo‘nalishda ijro
etiladigan maxsus mashqlar bo‘lib to‘p kiritish, qabul qilish, uzatish, zarba berish,
to‘siq qo‘yish kabi o‘yin malakalaridan iboratdir.
Ma’lumki, zamonaviy voleybolda barcha o‘yin malakalari aksariyat
vaziyatlarda o‘ta katta tezlikda tayanchsiz holatda (sakragan vaqtda, ko‘krakka
yiqilib to‘pni qabul qilish) ijro etiladi. Demak, maxsus jismoniy tayyorgarlik
jarayonini tashkil qilishda sport tayyorgarligining davri va bosqichlariga qarab
sakrash, turli yo‘nalishda
qisqa oraliqlarga chopish, «yiqilish», to‘xtash, depsinish
mashqlari alohida yoki o‘yin malakalarini ijro etish bilan qo‘llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: