46
Bu sifatlarni rivojlantirishda o‘ta charchash yoki zo‘riqish hollarini oldini
olish uchun katta tezlik bilan ijro etilayotgan mashqlar (yoki mashqlar
majmuasi)ning bir marta qaytarilishi 20–30 s bo‘lishi, mashqlarni ijro etish oralig‘i
(dam olish) 1–3 daqiqa, qaytarilish soni esa 4–10 martaga teng bo‘lishi
maqsadga
muvofiqdir.
Namunaviy mashqlar:
- «mokkisimon»
yugurish;
- «archasimon» yugurish;
- «yulduzsimon» yugurish;
- maydonchada diagonal yo‘nalish (X)da yugurish;
- shu mashqlarni og‘irlik moslamalar bilan bajarish;
- 2, 3, 4-zonalarda to‘siq qo‘yish taqlidi;
- 2, 3, 4-zonalarda zarba berish taqlidi;
- turli zonalarda to‘pni yiqilib «olish» taqlidi va hokazo.
Sakrash chidamkorligi
Zamonaviy voleybolda deyarli barcha o‘yin malakalari (to‘p kiritish, qabul
qilish va uzatish, zarba berish va to‘siq qo‘yish) aksariyat hollarda
sakrab ijro
etiladi. Demak, bir uchrashuv (o‘yin) davomida sakrab o‘yin malakasini ijro etish
juda ko‘p marta qaytariladi. Shuning uchun bu sifat aslida tezkor-kuch sifatini
ifoda etsa-da, uni rivojlantirishga va bu sifatni tarbiyalovchi mashqlarga alohida
e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
Namunaviy mashqlar:
- 20 kg shtanga (yoki biror yuk) 1,5 daqiqa o‘tirib turish;
- oyoq va belga joylashtirilgan og‘irlik moslamalari
bilan imkoni boricha
sakrash;
- 1 daqiqa davomida har 30 s dam olishdan so‘ng to‘siq malakasini taqlid
qilish (3–5 marta);
- qurbaqacha sakrash estafetasi;
- kengurucha sakrash estafetasi;
-
chumchuqcha sakrash estafetasi;
- qopni kiyib sakrash estafetasi;
- trenajorlarda mashq qilish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: