48
Maxsus egiluvchanlik
Voleybol o‘yinida ijro etiluvchi texnik-taktik malakalarni samarali ijro
etishda egiluvchanlik sifatining ahamiyati alohida o‘rin egallaydi.
Voleybolchining
egiluvchanligi o‘ziga xos optimal amplitudada rivojlangan bo‘lishi lozim.
Me’yoridan ortiq yoki kam amplitudaga ega egiluvchanlik o‘yin malakasining ijro
etilish samarasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Masalan: ko‘krak bilan yiqilib
to‘pni qabul qilishda ortiq-amplitudalik egiluvchanlik jarohatlanishga olib
kelishi
ehtimoldan holi emas. Maxsus egiluvchanlikni tarbiyalash uchun egilish,
bukilish,
yozilish, burilish va bo‘g‘imlarni «qisish»ga oid mashqlarni bajarish mumkin.
Namunaviy mashqlar:
- o‘tirgan holatda gavdani bukish–peshona tizzalarga imkoniyati boricha
yaqinlashtiriladi,
oyoqlar bukilmaydi;
- «bukri ko‘prik» mashqini bajarish;
- tik turgan holatda tananing tos-bel qismidan aylanma (o‘ng va chap
tomonga)
harakatga keltirish;
- ikki shug‘ullanuvchi turli holatlardan bir-birini bukish, egish, burish,
«yozish» mashqlarini bajaradi va hokazo.
Maxsus jismoniy sifatlar taraqqiyotini baholashda qo‘llaniladigan test
mashqlari va ko‘rsatkichlari
Sakrash chidamliligi:
1. Chopib kelib 2 (4)-zonalardan erkaklar uchun 3 min, ayollar uchun 2
min davomida zarba berish mashqini bajarish. Mashqni ijro etish shiddati erkaklar
uchun bir minutda 12 zarba, ayollar uchun – 10 ta. Ushbu
test samarasini
baholashda to‘pni ikkita 3x3 nishonga tushirilishi hisobga olinadi. Zarba berish
uchun chopib kelish 3 metrli chiziqdan boshlanib, har bir zarbadan so‘ng
voleybolchi tezlik bilan dastlabki joyga qaytib keladi
va mashq shu tarzda davom
ettiriladi. Nishonlar maydonchaning 3 metrli chizig‘i ortiga yon chiziqlarga tutash
chiziladi. Zarba har bir nishonga navbatma-navbat beriladi. To‘rga tegib ketgan
to‘p, maydondan tashqariga chiqqan va nishonga tushmagan to‘p hisoblanmaydi.
Baho: (to‘pni «yo‘qotish»)
Do'stlaringiz bilan baham: