1.2. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash,
Tezkorlikni tarbiyalash
Tezkorlik deb, muayyan faoliyatni qisqa muddat ichida ijro etilishiga
aytiladi. Tezkorlik namoyon bo‘lishining uchta asosiy shakllari mavjuddir:
1. Harakat reaksiyalarining latent (yashirin) vaqti.
2. Ayrim harakatlar tezligi (tashqi qarshilik kichik bo‘lganda).
3. Harakatlar chastotasi.
Tezkorlik namoyon bo‘lishining shakllari bir-biriga nisbatan bog‘liq emas.
Ko‘rsatib o‘tilgan uchta shaklning birgalikda kelishi tezkorlik namoyon
bo‘lishining barcha hollarini belgilaydi. Biroq murakkab-koordinatsion yaxlit
harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga ham
bog‘liq. Shuning uchun yaxlit harakat tezligi kishining tezkorligini faqat bilvosita
ifodalaydi.
Kishining tezlik qobiliyatlari umuman o‘ziga xos bo‘ladi. Faqat bir-biriga
o‘xshash harakatlardagina tezkorlik to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita bir-biriga
ko‘chishi mumkin.
Tezkorlikning fiziologik va bioximik asoslari. Reaksiyaning latent vaqti
beshta tarkibiy qismdan iborat:
1) retseptorda qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi;
2) qo‘zg‘alishni markaziy nerv sistemasiga uzatish;
3) qo‘zg‘alishning nerv yo‘llari bo‘ylab o‘tib borishi va effektor signal
hosil bo‘lishi;
4) signalning markaziy nerv sistemasidan mushakka o‘tkazilishi;
5) mushakning qo‘zg‘alishi va unda mexanik faollikning paydo bo‘lishi.
Maksimal tezlikda bajariladigan harakatlar fiziologik xususiyatlarga ko‘ra
sustroq harakatlardan farq qiladi. Bular orasidagi eng muhim farq shundan
iboratki, harakatlarni maksimal tezlikda bajarish davomida sensor bog‘lanishlar
hosil bo‘lishi qiyinlashadi: reflektor yoy impulslarni tashib ulgurolmaydi. Tezlik
juda katta bo‘lganida harakatlarni yetarlicha aniqlik bilan bajarishning qiyinligi
mana shu bilan bog‘liqdir.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |