Mavzu: Yosh voleybolchilarning mahsus jismoniy tayyorgarligini oshirish yo’llarini aniqlash Ilmiy rahbar


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/31
Sana21.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1642313
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
yosh voleybolchilarning mahsus jismoniy tayyorgarligini oshirish

 
1.2. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash
Tezkorlikni tarbiyalash 
Tezkorlik deb, muayyan faoliyatni qisqa muddat ichida ijro etilishiga 
aytiladi. Tezkorlik namoyon bo‘lishining uchta asosiy shakllari mavjuddir: 
1. Harakat reaksiyalarining latent (yashirin) vaqti. 
2. Ayrim harakatlar tezligi (tashqi qarshilik kichik bo‘lganda). 
3. Harakatlar chastotasi. 
Tezkorlik namoyon bo‘lishining shakllari bir-biriga nisbatan bog‘liq emas. 
Ko‘rsatib o‘tilgan uchta shaklning birgalikda kelishi tezkorlik namoyon 
bo‘lishining barcha hollarini belgilaydi. Biroq murakkab-koordinatsion yaxlit 
harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga ham 
bog‘liq. Shuning uchun yaxlit harakat tezligi kishining tezkorligini faqat bilvosita 
ifodalaydi. 
Kishining tezlik qobiliyatlari umuman o‘ziga xos bo‘ladi. Faqat bir-biriga 
o‘xshash harakatlardagina tezkorlik to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita bir-biriga 
ko‘chishi mumkin. 
Tezkorlikning fiziologik va bioximik asoslari. Reaksiyaning latent vaqti 
beshta tarkibiy qismdan iborat: 
1) retseptorda qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi;
2) qo‘zg‘alishni markaziy nerv sistemasiga uzatish;
3) qo‘zg‘alishning nerv yo‘llari bo‘ylab o‘tib borishi va effektor signal 
hosil bo‘lishi;
4) signalning markaziy nerv sistemasidan mushakka o‘tkazilishi; 
5) mushakning qo‘zg‘alishi va unda mexanik faollikning paydo bo‘lishi. 
Maksimal tezlikda bajariladigan harakatlar fiziologik xususiyatlarga ko‘ra 
sustroq harakatlardan farq qiladi. Bular orasidagi eng muhim farq shundan 
iboratki, harakatlarni maksimal tezlikda bajarish davomida sensor bog‘lanishlar 
hosil bo‘lishi qiyinlashadi: reflektor yoy impulslarni tashib ulgurolmaydi. Tezlik 
juda katta bo‘lganida harakatlarni yetarlicha aniqlik bilan bajarishning qiyinligi 
mana shu bilan bog‘liqdir. 


13 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling