Mavzu: Yosh voleybolchilarning mahsus jismoniy tayyorgarligini oshirish yo’llarini aniqlash Ilmiy rahbar


Tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyati


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/31
Sana21.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1642313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
yosh voleybolchilarning mahsus jismoniy tayyorgarligini oshirish

Tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyati.



-bitiruv malakaviy ishini xulosa va amaliy tavsiyalaridan, umumiy o`rta 
ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya o`qituvchilarining darsdan keyingi voleybol 
to`garagida; bolalar va o`smirlar sport maktablarining voleybol bo`yicha sport 
murabbiylarini o`z ish faoliyati jarayonida; oliy o`rta maxsus ta`lim 
muassasalaridagi o`quvchilarga, o`quv yurtlarida talabalarga va malaka oshirish 
kurslaridagi tinglovchilarga ma’ruzalar o`qishda; ilmiy-uslubiy va o`quv 
adabiyotlarini yangi avlodini yaratishda foydalanish mumkin.
Ishni sinovdan o`tish: bitiruv malakaviy ish sport faoliyati kafedrasida 
ma`ruza qilingan va muhokamadan o`tgan. 
Bitiruv malakaviy ishini tuzilishi: bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 bob, 
umumiy hulosa va amaliy tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan 
iborat bo`lib 60 betni tashkil qiladi, unga 2 ta jadval kiradi 



I-BOB. JISMONIY TAYYORGARLIKNING PEDAGOGIK 
ASOSLARI. 
1.1. Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va asoslari 
Bugungi voleybol o‘yinining mohiyati, jumladan texnik-taktik 
harakatlarining ijro etilishi aksariyat «havoda», ya’ni tayanchsiz holatda amalga 
oshirilishi bilan farqlanadi. Sakrab zarba berish, to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish, yiqilib 
to‘p qabul qilish, to‘p kiritish bunga yaqqol misol bo‘laoladi. So‘nggi yillarda 
o‘yin qoidalarining keskin o‘zgarishi (tanani barcha qismi bilan to‘p qabul qilish, 
hisobni tay-breyk tizimida olib borilishi, «libero» o‘yinchisining joriy etilishi, 
o‘yinchi almashinuvining to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirilishi, to‘rning pastki 
qismiga tegishga ruxsat berilishi va h.k.) o‘yin sur’atini yanada jadallashishiga olib 
keldi. Mutaxassislar tomonidan aniqlanganki, har bir musobaqa o‘yinida 
voleybolchilar 300-600 marta, hatto undan ko‘p sakrab ijro etiladigan texnik-taktik 
malakalarni bajarar ekanlar. Agar o‘yindan oldingi «razminka» davomidagi 
sakrashlar, o‘yin vaziyatlarida to‘psiz ijro etiladigan chalg‘ituvchi sakrashlar 
e’tiborga olinsa, qayd etilgan sakrashlar hajmi yanada ortadi. Bordi-yu bu 
sakrashlarning yillik hajmi nazarda tutilsa, zamonaviy voleybolda yuksak natijaga 
erishish qanchalik jismoniy imkoniyatlarga bog‘liq ekanligi ayon bo‘ladi.
Demak, jismoniy tayyorgarlik texnik-taktik tayyorgarlik bilan chambarchas 
bog‘liq bo‘lib, yuksak sport mahoratini ta’minlanishida poydevor sifatida muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling