O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.10.2022 yildagi 592-son qarori bilan qabul qilingan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida qonunning 12 moddasiga binoan: Yoshga doir pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak: - ish stajini, shu jumladan, maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
- ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi: - a) tegishli organ tomonidan berilgan harbiy xizmatni, partizan otryadlari va qo‘shilmalarda bo‘lganlikni, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilganlikni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;
- b) oliy ta’lim tashkilotlarida (shu jumladan, o‘qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan harbiy ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, partiya maktablarida), aspiranturada (stajorlar-tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodimlar — izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida) kunduzgi o‘qishni, shu jumladan, chet elda o‘qishni tasdiqlaydigan diplom yoki ma’lumotnoma;
- v) bolani parvarish qilish bo‘yicha ta’til berilganligi va ta’tildan qaytilganligi to‘g‘risidagi buyruqlarning nusxalari ilova qilingan holda ayol kishi bola tug‘ilgandan boshlab u uch yoshga to‘lgungacha bo‘lgan davrda mehnat munosabatlarida bo‘lgan tashkilot (tashkilotlar) tomonidan berilgan bola uch yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;
- g) ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar, praporshchiklar, michmanlar va muddatdan tashqari xizmat qiluvchi harbiy xizmatchilarning xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqtni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;
- d) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;
Do'stlaringiz bilan baham: |