Mavzu: yoshlar ma’naviyatiga ta’sir etuvchi mafkuraviy tahdidlar


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 117.73 Kb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi117.73 Kb.
#1550457
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi tarbiya

Kurs ishining maqsad va vazifalari.
Kurs ishining asosiy maqsadi hozirgi jadallik bilan rivojlanayotgan zamonda yosh avlodni turli xil yot mafkura va tahdidlardan ogoh etish va bu holat yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Kurs ishining quyidagi vazifalari mavjud:
−pedagogika fanida mafkuraviy tahdidlarning rivojlanish muammolarini o’rganish;
−globallashuv jarayonida yot g’oyalarning sur’atini aniqlash;
−yosh avlodning ongida milliy ruhning boyib borishiga ta’sir o’tkazish.
Kurs ishining obyekti :Maktab yoshidagi bolalar, o’quv qo’llanmalar, darsliklar, ilmiy risolalar, maqolalar
Kurs ishining predmeti: Maktab yoshidagi bolalarda milliy mafkurani rivojlantirish mazmuni, shakli, usul va vositalari.

I BOB. YOSH AVLOD MA’NAVIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.
Yosh avlodni komillikka yetaklovchi eng katta kuch – bu kitob va hayotiy saboqlardir. Yoshlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash kelajakni, millatni va milliyligimizni boqiy ozod holda ko`rishimiz mumkin. Vatanga sadoqat, do`stlikka ishonch, oilaga mehr – muhabbat, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo`lish tuyg`usini shakllantirsh milliy qadriyatlarimizning asl ko`rinishidir. Insonga faqat dunyoda yuz berayotgan voqelik haqida, odob – u axloq qoidalari, mehr va sadoqat tushunchalari haqida bilim berishning o‘zi uning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo‘lib qolmaydi. Balki, unda iroda qudrati,mas‘uliyat tuyg‘usini shakllantirish, ko‘nglida atrof-muhitga, mehnatga, kasbga,ilmga, qalban va ruhan o‘zga insonlarga mehrli va oqibatli bo`lish tuyg`usini uyg‘otishga, dilida ulug‘ maqsadlar tug‘ilishiga va atrofida yuz berayogan hodisalarga o`z munosabatini bildira olishiga erishishimiz lozim. Yosh avlodni shu xislatlar bilan voyaga yetishlari uchun esa turli yo‘llar: kattalarning o`git va nasihatlarini tinglash, undan to`g`ri xulosa chiqara olish qobiliyatlarini rivojlantirish orqali; turli vositalar bilan va eng asosiysi yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin ko‘ngildan) yondashish va tinimsiz izlanishlar natijasida erishish mumkin.
Tarixdan ma’lumki, inson ma’naviy olamining yuksakligi millat qiyofasini belgilaydi hamda jamiyatda ilm- fan, madaniyat, san’at va boshqa sohalar rivojining poydevori sifatida e’tirof etiladi. Shu jihatdan olib qaraganda, ma’naviyatning har bir bo’g’ini inson va uning takomili uchun muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi.
Buyuk ajdodlarimiz Al-Farobiy, Al-Moturidiy, Imom al-Buxoriylar ham ma’naviy tarbiya inson va uning kamolotiga xizmat qiladigan zaruriy aqliy tarbiyaning asosida vujudga kelishini ta’kidlab o’tganlar. Demak, shu jihatdan olib qaraydigan bo’lsak, ma’naviyat inson aqliy va ruhiy olami bilan bog’liq bo’lgan tarbiyaning negizini tashkil qiladi. Aql bilan ruhiyatni boshqarish tizimi esa inson tarbiyasida uning bolaligidan boshqariladigan hamda nazorat qilinadigan odob-axloqning poydevoridir.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch” asarida ma’naviyat tushunchasiga shunday ta’rif beriladiki, ya’ni qush ikki qanotisiz parvoz qila olmaganidek, inson ham m’naviyatsiz yashay olmaydi, deya ta’kidlanadi. Demak, ma’naviyatning donishmandlilik va ruhiy yetuklikka yetaklovchi dono fikr va tuyg’ulari insonga ruhiy quvvat beradi va uning “ikkinchi qanoti” bo’lib kamolotga yetishishida dalda bo’ladi.
Bugungi axborot asrida turli fikrlar va madaniyatlar to’qnashuvi mamlakatlar ma’naviyatiga o’ta sezilarli darajada tahdid solmoqdaki, ba’zi bir bo’zg’unchi kuchlar davlatlarning asriy va asl ma’naviyatini izdan chiqarishgacha bo’lgan turli o’zlarining bo’zg’unchi g’oyalarini targ’ib etishdan hech ham charchamayapti. Bu bo’zg’unchi g’oyalarni biz, internet tizimidagi Yevropaning “o’ziga xos” madaniyatini targ’ib qilinayotganligi - turli yovuzlik va axloq-odobga qarshi internet materialllarida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin. Birgina misol. Agar internetga kirib vaxshiylik va yovuzlikni targ’ib qiluvchi o’yinlarni bolalar o’ynayotganligi ko’rsak, demak ularning ma’naviy va ruhiy olamiga qarshi ba’zi bir “kuchlar” o’zlarining maqsadiga qay tariqa erishish yo’lidagi jirkanch qadamlarini kuzatishimiz yanada ham oydinlashadi.
Qaysi bir zamonda o’zbek farzandini mana shu o’yinlardagi yovuz kuchlar bilan qo’liga turli qurollarni olib albatta, kompyuter klaviaturasi orqali yakkama-yakka jangga kirishganini ko’rganmiz.Hech ikkilanmay aytishimiz mumkinki, bugungi axborot va globallashuv davrida bunday ahvolni ochiqchasiga turli internet kafelarga kirsangiz, o’zingiz guvohi bo’lasiz. “Ma’naviyatga tahdid – o’zligimizga tahdid” degan o’ta chuqur hamda kishini o’yga toldiradigan fikrlar ham aslida bugungi kunda yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta’sir qilayotgan mana shu kabi illatlarni targ’ib qilishga qaratilganligining mohiyatiga xolisona yondashishdan iboratdir.
Bizga ma’lumki, ma’naviyat – inson ongiga ona suti, ota tarbiyasi, yon atrofdagilarning yoshlarga bo’lgan e’tibori bilan singadi.
Demak, yosh avlodning ma’naviyatli bo’lishi – oiladagi tarbiyaga borib taqalar ekanda degan o’rinli savol tug’iladi. Juda to’g’ri mulohaza. Albatta, qush uyasida ko’rganini qiladi deganlaridek, inson farzandi ham birinchi va eng birinchi ma’naviy va ruhiy tarbiyani o’z ota-onasidan o’rganadi va xuddiki, tasvirga olish vositasi kabi o’z ongiga muhrlab boraveradi. Ma’lumki, ma’naviy yetuklikning asosida tarbiya, xulq-odob turibdimi, demak ota-ona o’z farzandini tug’ilganidan boshlaboq tarbiyaning eng asl asosini o’z farzandiga singdirib borishga va bu tarbiya farzandi ongida qanday ezgulik urug’ini sochayotganligini kuzatib borishga majburdir.
Yana bir shunday fikrlar xalq orasida yuradi. Bola boshidan deb. O’ylab ko’ring, yosh, endigina ekilgan nihol parvarishsiz qanday ko’kka bo’y cho’zsin. Yosh avlod tarbiyasi ham oson ish emas. Uning ko’ngli go’yoki oppoq beg’ubor qog’ozdek bo’ladi. Ushbu beg’uborlik qog’oziga ota-onasi qanday yozuvlarni yozishi bilan farzandning ma’naviyati va aqliy tarbiyasiga ushbu yozuvlar ko’chadi hamda ongiga muhrlangan bu yozuvlar uning keyingi hayotida muhim o’rin tutadi. Yana ota-onalar shuni unutmasliklari kerakki, yuqoridagi aytib o’tilgan farzandining ko’nglidagi hali shakllanib ulgurmagan oppoq va beg’uborlik qog’oziga yovuz va buzg’unchi kuchlarning jirkanch illatlarini ularning o’zlari yozib qoldirmasliklari uchun bir soniya ham kechiktirib bo’lmaydigan harakati o’zligimizga hamda ma’naviyatizga tahdid solinishiga qarshi qurol sifatida tan olinmoqda. Shundagina, internet va boshqa axborot asrining buzg’unchi g’oyalari ma’naviyatimizga hyech ham tahdid sola olmaydi, deb baralla aytimizga asosimiz bo’ladi.
Butun dunyo xalqlari bir-birini tushunib yashashga intilmog`i lozim. Dushmanlik, g`ayir ko`zi bilan qarash emas, mehr bashariyatni birlashtiradi. Bu ulug` haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachonlar anglab yetgan. Ammo o`zgani tushunish uchun, o`zgaga mehr ko`zi bilan boqish uchun, avvalo, inson o`zligini anglab yetmog`i kerak. O`zligini anglamagan hech qachon o`zgani tushunmaydi, uni xolis qabul qilmaydi. Asli milliy ma`naviyatimizga bugungi ayricha e`tibor ushbu o`zligimizni anglab yetishga bo`lgan kuchli ehtiyoj natijasidir.
Ma’naviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Ma’naviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Ma`naviyat - nur, ma`naviyatli shaxs dilida haqiqat nuri aks etgan, o`zligini anglagan, o`zining borliqdagi o`rni va vazifasini tushunib yetgan, haqiqat oldidagi o`z maqomiga loyiq bo`lish va burchini ijro etish ma`suliyatini zimmasiga ola biladigan inson. Millat ma`naviyati, o`z tarixiy shakllangan qiyofasiga ega, shu bilan birga mohiyatan umumbashariy qadriyatlarga aslo zid emas, balki muvofiqdir.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tahkidlaganidek, “g’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin”. Bu mustaqil O’zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning bosh tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Xullas, g’oyaviy dunyoqarash, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zudlik bilan hal qilinadigan ish emas, g’oyaviy dunyoqarashni shakllantirish, yoshlar ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish uchun tarbiyaviy ishning mavjud barcha usullari, shakllari, vositalaridan o’z o’rnida samarali foydalanish umumiy maqsadlarmizni amalga oshirishda muhim o’rin egallaydi.


Download 117.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling