Mavzu: yoshlar ma’naviyatiga ta’sir etuvchi mafkuraviy tahdidlar
Download 117.73 Kb.
|
kurs ishi tarbiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
MAVZU: YOSHLAR MA’NAVIYATIGA TA’SIR ETUVCHI MAFKURAVIY TAHDIDLAR MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………..2-4 I BOB. YOSH AVLOD MA’NAVIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR………………………….……..…………….……..…………….…5-8 1.1.Mafkuraviy tahdidlar va uning ta’sir doirasi…………………………….…8-15 1.2Yosh avlodni milliy mafkura ruhida tarbiyalash………………………….16-22 II BOB. GLOBALLASHUV JARAYONIDA MAFKURAVIY TAHDIDLARNI BARTARAF ETISH OMILLARI …….……….…..………..……….…..…22-27 2.1Yoshlarni axborot xurujlardan himoya qilish masalalari ……….….….27-31 2.2 Ommaviy madaniyat tahdidi haqida……………………………………32-34 XULOSA ……………………………………………………………………35-36 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………… …………….……37 KIRISH Bugun tez surʼatlar bilan oʻzgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan shiddatli va ayni paytda oʻta murakkab zamonda yashamoqdamiz. Boisi yer yuzining qaysidir bir chekkasida yuz bergan voqeadan bir necha soniya ichida butun dunyo ahli xabar topmoqda. Jahon miqyosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga intilish globallashuv sharoitida oʻzining mustaqil fikriga ega, texnika imkoniyatlaridan unumli va ratsional foydalanuvchilar uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi. Internet tarmogʻining dastlabki vazifalari avvalida texnologik uzilishlarni bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilgan edi. Vaqt oʻtishi bilan “Butun dunyo oʻrgimchak toʻri” inson ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli mazmundagi axborotlar, koʻngilochar dasturlarni oʻzida mujassam etgan misli koʻrilmagan qulayliklarni yaratdi. Bu esa, oʻz navbatida, internetning keng ommalashuviga olib keldi. Shu bilan bir qatorda, inson ongiga salbiy taʼsir oʻtkazishga qaratilgan tajovuzlar, mamlakatning axborot boshqaruv tizimini izdan chiqarishga urinishlar ham ortdi. Darhaqiqat, hozir dunyoning bir qancha davlatlarida yadro quroli ishlab chiqarish boʻyicha harakatlar davom etayotgan boʻlsa, bir qator mamlakatlarda esa axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib borilmoqda. Ayniqsa, maʼnaviy tahdid va yoshlar ongini egallashga qaratilgan axborot xurujlari kun sayin avj olmoqda. Baʼzi bir gʻarazli kuchlar tomonidan bu borada turli usul va uslublardan foydalanib kelinmoqda. Axborot xurujlarining yolgʻon axborot tarqatish, ijtimoiy ongni manipulyatsiya qilish, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni yemirish, mentalitetga mutlaqo yot boʻlgan qadriyatlarni targʻib etish, xalqning tarixiy xotirasini buzish va oʻzgartirish, kiberterrorizm kabi turlari keng tarqalmoqda. Ularning aksariyati yoshlar ekanini hisobga olsak, bu holat barchamizni yanada ogoh va sergak boʻlishga undaydi. Yovuz va yot mafkuraviy maqsadlarni qayerdan va qanday yoʻllar bilan insonlar qalbini egallab olayotganligini osonlikcha bilib boʻlmaydi. Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, anʼana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni oʻz taʼsiriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan oʻz manfaati yoʻlida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf ostida saqlanib qolishi muqarrar. Shunday ekan, voyaga yetayotgan har bir farzandlarimizni maʼnaviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun, bir soʻz bilan aytganda, kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishning asosiy shartlaridan biri boʻlib qolaveradi. Jahonda kechayotgan bugungi murakkab vaziyatda jamiyatni turli axborot xurujlaridan himoya qilish barobarida, yurtdoshlarimizning quvonch va tashvishlari hamda so’ngi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni xolis baholagan holda unga o’z hissasini qo’shish, yosh avlodni ezgu qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini asrab-avaylashga daʼvat etish har bir maʼrifat ahlining asosiy burchiga aylanishi zarur. Zero, kelajagimiz boʻlgan yosh avlodni turli xil buzgʻunchi toifalarning xurujlaridan asrab avaylamogʻimiz, ularni Vatanga sodiq farzandlar qilib tarbiyalash bunga masʼul ota-onalarning ham, tarbiyachi-oʻqituvchilarning ham, barcha-barchaning muqaddas burchi boʻlmogʻi lozim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼbirlari bilan aytganda,oʻz bolamizni oʻzimiz asramogʻimiz lozimligini bugun hayotning oʻzi yana bir bor koʻrsatib bermoqda. Shunday ekan bu vaziyatda men tanlagan mavzuyimni dolzarb deb hisoblayman. Download 117.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling