Mavzu: yoshlar ma’naviyatiga ta’sir etuvchi mafkuraviy tahdidlar
Download 117.73 Kb.
|
kurs ishi tarbiya
2.2.“OMMAVIY MADANIYAT” TAHDIDI
“Ommaviy madaniyat” nima o‘zi? Uning jamiyatga va kelajakka foyda-ziyoni qaerda ko‘rinadi? Kimdir buni shu kunning modasi, xiti yo keng iste’moldagi qaysidir narsasi ko‘rinishida qabul qilishi mumkin.Aytaylik,qizlar uchun miniyubka, tor va badanni yaqqol ko‘rsatuvchi futbolka, yigitlarga tizzaning yuqorisida turuvchi shortik va tananing yarmini ham yopmaydigan mayka bugunning modasi bo‘lib turibdi. Ayrim mutaassib ayollar esa boshdan-oyoq qop-qora libosga o‘ranib yurishni o‘zlariga ep ko‘rishadi.Yana qaysidir kishi yaktak-ishton, oqmi-ko‘k yo qora do‘ppi kiyish bilan kimlargadir o‘rnak bo‘lmoqni istaydi. “Ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchilarning maqsadi nima? “Ommaviy madaniyat” ma’naviy tanazzulning debochasidir. Uni targ‘ib qiluvchilarning asl maqsad va niyatlari ham qaysidir millat yoki xalqni ma’naviy jihatdan inqirozga uchratish bilan yengishga qaratilgan.Chunki,turli yarim yalang‘och suratlar, fahsh kinofilmlar, har xil bemaza o‘yinlar odamlarda izlanish, yaxshilik sari intilish kayfiyatini yo‘qotadi. Bularning yoniga (qo‘rqmay) ayrim saviyasiz xonandalarning maza-matrasiz qo‘shiqlari, bema’no va hayosiz kliplarini ham qo‘shish mumkin. Uzoqqa bormaylik. Atrofimizga bir qaraylik. Achinarlisi shuki, bir paytlar yigitlik, erkaklik g‘ururini har narsadan ustun qo‘ygan xalqning hozirgi yoshlari orasida qulog‘iga sirg‘a taqqan, tirnoqlarini o‘stirib bo‘yagan, uzun sochli yigitlarni uchratish mumkin. Yoki yorilib ketaman, deb turgan shim kiygan, yelkasiyu beli ochiq, tizzasiga yetmaydigan yubkali qizlarni oling. Ular erta-indin ota-ona bo‘lsa, farzandlariga qanday tarbiya beradi? O‘zlari axloqli bo‘lmay turib, zurriyotlariga odobni o‘rgata oladimi? Biz yurtimizda yangi hayot asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim.Ya’ni, kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganidan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Tabiiyki, «ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi. Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda. Bu haqda fikr yuritganda, bizning ulug‘ ajdodlarimiz o‘z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash o‘rinli, deb bilaman. Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va andisha, sharm-u hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg‘u va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi, desak, o‘ylaymanki, xato qilmagan bo‘lamiz. Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bo‘lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib etishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da’vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham ularga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi. Turli ta’sirlarga moyil va qiziquvchan xususiyatga ega va hali hayotning “achchiq” tajribalaridan bexabar yoshlarni chidamli, o‘z fikriga va dunyoqarashiga ega qilib tarbiyalash milliy g‘oya targ‘ibotining asosiy vazifalaridan biridir. Aynan yosh avlodimizni milliy g‘oyani asrovchilari va keyingi avlodga etkazuvchi ekanliklari bu jarayonni nechog‘lik muhim ekanligini yana bir bor isbotlab beradi. “Tabiiyki”, - deb yozadi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, indivudalizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa,shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi”.10 XULOSA Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ma’naviyatga tahdid kelajakka tahdid, demakdir.O‘zbekiston xalqi jahon taraqqiyotiga ulkan ulush qo‘shgan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Forobiy, buyuk imomlar al-Buxoriy, Moturidiy, at-Termiziy,hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning avlodidir. Ular va boshqa ulug‘larimizning ma’naviy merosini butun dunyo ahli hayrat bilan o‘rganayotgan bir paytda bizning zamonaviylik, madaniyatlilik niqobi ostida turli yengil-yelpi, ma’naviyatsizlikni targ‘ib etuvchi omillarga berilishimiz kechirilmas holdir. Bunday salbiy illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish, ularga qarshi kurashish bugunning dolzarb vazifasi bo‘lmog‘i kerak. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashashni o‘rganish, murakkab va tahlikali hayotning shafqatsiz o‘yinlari to‘g‘risida biryoqlama va soxta tasavvurlar shakllanmasligiga alohida e’tibor berish lozim. Buning uchun insonlarda sog‘lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom, o‘z kuchiga va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada kamol toptirish zarur.Boshqalarning tasavvuriga muvofiq, globallashuv iqtisodiy sohada emas, balki diniy sohada katta xavf-xatar tayyorlamoqda, chunki, globalizm va axborot dunyoviy xarakterga ega bo‘lgan bir paytda xudosizlik targ‘iboti bilan uyg‘unlashtiriladi.Yana boshqalarning qarashlarida globallashuv millatga va milliy o‘ziga xoslikka putur yеtkazadi. Madaniy, shu jumladan diniy qadriyatlar, turmush tarzi ham xavf ostida qoladi. Bunday yondashuvga moyillik bildirayotgan fan va siyosat arboblari uchun madaniy o‘ziga xoslikni saqlashga intilish asosiy maqsaddir. Chunki hozirda internet tarmog‘idan foydalanadiganlarning asosiy qismini yoshlar tashkil qilmoqda. Yoshlar esa millat va davlat kelajagidir. Aytish joizki, yoshlarning globallashuvga nisbatan sog‘lom dunyoqarashini rivojlantirishga qaratilgan dastur ishlab chiqilishini davr taqozo qiladi. Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qayerda beparvolik va loqaydlik xukm sursa, o’sha yеrda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi va aksincha qayerda xushyorlik va jonkuyarlik xukm sursa, u yеrda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi. Ayniqsa,bugungi kunda xalqaro maydonda turli siyosiy kuchlar o‘zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun uzoqni ko‘zlagan siyosatning asl mohiyati va maqsadlarini o‘z vaqtida sezish, anglash katta ahamiyatga egadir. Globallashuv jarayonida yoshlarni turli ma’naviy tahdidlardan asrashda milliy g‘oyamizdan oqilona foydalanishimiz, amalga oshirilayotgan islohotlarning har bir jamiyat a’zosi uchun unumli va foydali bo‘lishini ta’minlashimiz lozim. Jamiyat taraqqiyotida yoshlar uchun ma’naviy tahdidlardan xoli ijtimoiy zamin yaratsak, ertangi kunimiz yanada farovon, yoshlarimiz baxtli davr farzandlari bo‘lib voyaga еtadi. Ular o‘rtasida sodir bo‘layotgan ma’naviy qiyofalar doimo yangicha dunyoqarash va mafkuraviy jarayonlarni insoniyat istiqboli sari chorlashga qaratilishi ko‘zda tutiladi va yoshlar ma’naviy hayotidagi dolzarb masalalarni rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi. Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib,barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga,axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga еtishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”11 Download 117.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling