Mavzu: Moliyaviy tahlil va uning reja


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana21.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1371743
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
20-112



 
Mavzu: Moliyaviy tahlil va uning 
 
 
REJA: 
 
1. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va yuritishning me`yoriy asoslari. 
2.Moliyaviy tahlilni tashkil etish shakillari, bo`limlari va bosqichlari. 
3.Respublikamizda moliyaviy tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari 
va ularning yechimlari. 
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


1. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va yuritishning me`yoriy asoslari. 
Bugungi kun iqtisodiyoti xo„jalik sub‟ektlari oldiga texnik-texnologik taraqqiyotga, 
ilm-fanga asoslangan iqtisodiyotni yshlga qo„yishga unamoqda. Bu esa o„z navbatida 
boshqaruvchilardan samarali faoliyat shakllarini yo„lga qo„yishni, tadbirkorlikni 
faollashtirishni, individuallik va namunaviylikni kuchaytirishni talab etadi. Bu vazifalarning 
birontasini iqtisodiy, moliyaviy tahlilsiz amalga oshirib bo„lmaydi. Bu borada avvalo 
boshqaruvning o„zini ham takomillashtirish masalasiga alohida ahamiyat qaratish 
lozim.Boshqaruv 
tizimi 
takomillashtirilmas 
ekan, 
uning 
muhim 
dastaklari 
takomillashtirilmaydi. Bugungi kunda boshqaruvning takomillashgan shakli sifatida uning 
korporativ shakliga o„tish yuzasidan dunyo amaliyotida yangi bir davr boshlanganligini qayd 
etish lozim. An‟anaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish nazariyalarida boshqaruvning 
kompleks tahlil konsepsiyasiga alohida urg„u beriladi. Boshqaruvning kompleks tahlil 
konsepsiyasi – boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha jihatlarini hisobga olishni, ko„plab 
soha mutaxassislarining hamkorlikda ishlashini talab etadi. Mazkur konsepsiyada qaror qabul 
qilishda samaradorligini belgilovchi mezonlar faqat miqdor ko„rsatkich (Quantitative 
indicators) bilan emas, balki sifat ko„rsatkichlari (qualitate va indicators) bilan ham 
baholanadi.
Moliyaviy natijalar – bu xo„jalik yurituvchi sub‟ektning ma‟lum hisobot davrida 
tadbirkorlik faoliyati jarayonida o„ziga qarashli mablag„larning pirovard oshishi yoki 
kamayishidir. Ular axborotdan foydalanuvchilarga korxona faoliyati samaradorligi, 
aktivlarning boshqarilishi darajasini, korxonaning potensial imkoniyatlari va ularning 
o„zgarish sur‟atlarini, boshqaruv jamoasining imkoniyatlarini baholashga va korxona 
istiqbollarini taxmin qilishga yordam beradi. Buxgalteriya hisobida faoliyat natijasi hisobot 
davridagi foyda (yoki zarar)larni hisoblash yo„li bilan aniqlanadi.
1
Shuningdek, moliyaviy 
natijalarni shakllantirish bilan bog„liq ob‟ektlar soliq munosabatlari bilan ham chambarchas 
bog„lanib ketadi. Shu sababdan ham moliyaviy natijalarning shakllanish jarayoni moliyaviy 
hisobni yuritishda muhim o„rinni egallaydi. Moliyaviy natija ko„rsatkichlari, ularni hisoblash 
tartibi, daromadlar va xarajatlarning tasniflanishi davlat tomonidan belgilab qo„yiladi. 
Tahlilning boshqaruvidagi roli-boshqaruv sub‟ektlariga boshqaruv ob‟ektini (xo„jalik 
jarayonlari va hodisalari, ularning samarasi va natijalari yuzasidan boshqaruvning) maqbul 
yechimlarini berish yuzasidan zaruriy axborotlar bilan ta‟minlashdan iborat. Tahlilning 
boshqaruvdagi roli-boshqaruv sub‟ektlariga boshqaruv ob‟ektini (xo„jalik jarayonlari va 
hodisalari, ularning samarasi va natijalari yuzasidan boshqaruvning) maqbul yechimlarini 
berish yuzasidan zaruriy axborotlar bilan ta‟minlashdan iborat. Tahlilning boshqaruvdagi 
o„rni- xo„jalik yurituvchi sub‟ektning xo„jalik tijorat-moliya faoliyatining joriy holatiga baho 
berish va uni kelgusida yanada rivojlantirish yuzasidan tizimli yechimlarni boshqarish 
sub‟ektlariga yetkazib berishdan iborat. Tahlilning boshqaruvdagi ahamiyatini-xo„jalik 
sub‟ektlari iqtisodiy, moliyaviy ahvoli, uning kelgusidagi kutilishlari, pul mablag„lari kirimi va 
chiqimidagi ijobiy farqlanishlar, kapital hajmini oshirishdagi kompleks o„rganishlarning 
zaruriyligi xarakterlaydi. Raqobatdosh iqtisodiyotga xo„jalik yurituvchi sub‟ektlar 
boshqaruvini tubdan takomillashtirish samaradorlikni o„z-o„zidan ta‟minlaydigan mexanizm 
emas. Birinchi navbatda, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, 
innovatsion mahsulotlarni yaratishorqali raqobatdoshlikni ta‟minlash, tarkibiy o„zgarishlarni 
talab etadi. Bu jarayonlar albatta ishdagi unum va samarani, natijaviylikdagi ijobiylikni 
ta‟minlashning muhim garovi hisoblanadi. Ishdagi unum va samara, natijaviylikda ijobiy 
o„zgarishlar xo„jalik yurituvchi sub‟ektlarning faoliyatini keng qamrovli va tizimli shaklda 
doimiy o„rganishni, baholash va tahlil qilishni talab etadi. Xo„jalik yurituvchi sub‟ektlarning 
1
Moliyaviy tahlil. Darslik. M.Y.Raximov, N.N.Kalandarova; – T.: ―Iqtisod-Moliya‖, 2019 


faoliyati, uni yo„lga qo„yishdagi kafolatlangan erkinliklari hamda ma‟lum bir dastaklar asosida 
tartiblanuvchi birliklari doimo tahliliy yechimlar asosida boshqarib boriladi. Xuddi shu 
boshqaruv oddiydan murakkabga, maydadan yirikka, sabab-oqibat bog„lanishlaridagi 
iqtisodiy, moliyaviy tahlilni yo„lga qo„yishni talab etadi. 
Moliyaviy tahlilning metodologik asoslari me‟yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi va 
amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi va auditni yo„lga qo„yish va yuritishda rioya etiladigan 
barcha me‟yorlar (Qonunlar, standartlar, Nizomlar, yo„riqnomalar, buyruqlar, tartiblar) tahlil 
uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Shu bilan birgalikda tahlilning o„zi uchun ham qator 
normalar belgilanganki, ular xo„jalik yurituvchi subektlarning boshqaruvi zaruriyatidan kelib 
chiqqan holda ijro etiladi va amalga oshiriladi. 
Moliyaviy tahlilni odatda rasmiy va norasmiy me‟yoriy asoslariga muhim e‟tibor 
qaratiladi. Rasmiy asoslari majburiylik tartibida, aniq me‟yoriy hujjatlar asosida tashkil etiladi 
va yuritiladi, norasmiy asoslarini esa boshqaruvchilar, menejerlar o„z maqsadlaridan kelib 
chiqqan holda mustaqil belgilaydilar va yuritadilar. 
Rasmiy me‟yoriy asoslarga xo„jalik yurituvchi subektning moliya xo„jalik faoliyatini 
tahlil etishning quyidagi tartiblarini kiritish mumkin:
2
 xo„jalik yurituvchi subektning muhim samaradorlik ko„rsatkichlarini baholash; 
 xo„jalik yurituvchi subektning iqtisodiy nochorligini baholash; 
 xo„jalik yurituvchi subektning kreditga layoqatliligini baholash; 
Norasmiy asoslarda o„rganiladigan masalalar ko„lami juda keng doirada amalga 
oshirilib ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
 aktivlar, kapital va majburiyatlar tahlili; 
 moliyaviy barqarorlik tahlili; 
 to„lov layoqati va likvidlik tahlili; 
 ish va bozor aktivligi tahlili; 
 pul oqimlarining tahlili; 
 xususiy kapital tahlili; 
 foyda va zararlar tahlili; 
 debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili; 
 innovatsion mahsulot va faoliyat tahlili; 
 investitsion faoliyat tahlili; 
 soliq to„lovlari va majburiyatlar tahlili; 
 logistik tahlil va h.k. 
Xo„jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga baho berish va tahlil etishda bir qator analitik 
jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlarning asosiy manbasi sifatida buxgalteriya 
(moliyaviy) hisoboti ma‟lumotlari olinadi. Biznesdagi holat va uning kelgusidagi rivojini 
prognozlash yuzasidan‚ shuningdek, statistik, makroiqtisodiy va tarmoq ko„rsatkichlarining 
qiyosiy tahlili ham amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda xo„jalik yurituvchi subektlarda bu 
borada tahlil boshqaruvning eng muhim dastagi sifatida qaraladi. 
Xo„jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini baholashda moliyaviy tahlildan foydalanish 
albatta: xo„jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy hisobotlarini tuzish va ularga 
tushuntirishlar berishda; moliyaviy holatini baholashda; iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ka 
qarshi boshqaruv hisobotini tayyorlashda; biznesini restruktarizatsiya qilishda; moliyaviy 
sog„lomlashtirishda; mulkiy munosabatlarni tartibga solishda qo„l keladi. 
Moliyaviy tahlildan foydalanishning yagona metodikasi shu paytga qadar yaratilmagan. 
Shu sababli, har bitta menejer o„z amaliy tajribasidan, xo„jalik yurituvchi subektining faoliyat 
2
Vahobov A.V., Ishonqulov N.F., Ibroximov A.T. “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”. Darslik. T.; Iqtisod-Moliya, 2013 


va boshqaruv xususiyatlaridan, axborot manbalarining hajmidan kelib chiqqan holda alohida 
metodik ishlanmalardan foydalanadilar.
Xo„jalik yurituvchi subektning moliya-xo„jalik faoliyatini tahlil etishda moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlariga asosan 3 ta bosqichi tarkiblanadi:
 tahlilning maqsadini va uni realizatsiya qilish tartibini belgilash; 
 tahlilda foydalaniladigan axborotlar sifatini baholash, ishonchli axborotlar 
bazasini shakllantirish; 
 tahlil usullari (metodlari)ni aniqlash, tahlilni o„tkazish va olingan natijalarni 
umumlashtirish; 
Tahlil etishning metodologik asoslari ko„pincha huquqiy manbalarga tayangan holda 
tuzib chiqiladi. Xo„jalik yurituvchi subektlar faoliyatini moliyaviy tahlil etishning amaldagi 
normalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS); 

“Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o„tkazish 
mezonlarini aniqlash tartibi to„g„risida”
3
gi 
O„zbekiston Respublikasi 
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko„maklashish va raqobatni rivojlantirish 
davlat qo„mitasining qarori; 

“Davlat ulushi bo„lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo„jalik yurituvchi 
subektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to„g„risida”
4
Vazirlar Mahkamasi qarori; 

Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS). “Moliyaviy hisobotni 
tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” deb nomlangan BHMSda 
moliyaviy hisobot maqsadi sifatida quyidagilar bayon etilgan. “Moliyaviy 
hisobotning maqsadi xo„jalik subektining moliyaviy ahvoli, faoliyati, moliyaviy 
ahvolidagi o„zgarishlar to„g„risidagi axborotni taqdim etishdan iborat...”.
Moliyaviy hisobot axborotni quyidagilar uchun ham saqlaydi:
 investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; xo„jalik 
yurituvchi subektning bo„lg„usi pul oqimiga baho berish; 
 xo„jalik yurituvchi subektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan 
uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish; 
 rahbar organlarning ishiga baho berish; 
Jumladan, mazkur standartning keyingi bandlarida xo„jalik yurituvchi subyekt nazorat 
qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to„lovga qobiliyati, 
ishlayotgan muhit o„zgarishlariga munosabat bildira olishi, subyektning kelgusida pul 
mablag„larini va ularning ekvivalentini ko„paytirish imkoniyatini prognozlash, kreditlarga 
bo„lgan ehtiyojni aniqlash, xo„jalik yurituvchi subyektning faoliyat ko„rsatkichlari, uning 
rentabelligini aniqlash, iqtisodiy resurslardagi potensial o„zgarishlarni baholash zarurligi qayd 
etiladi.
Moliyaviy hisobotlarni bir paytning o„zida turli davrlar bo„yicha axborotlarni jamlashi 
ham ularning tahliliyligini ta‟minlash uchun qilingan zaruriy talabdir.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling