Mavzu: Moliyaviy tahlil va uning reja
Moliyaviy tahlil o`tkazish metodikasi quyidagi asosiy bosqichlarni o`z ichiga oladi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
20-112
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ekspress-tahlil.
Moliyaviy tahlil o`tkazish metodikasi quyidagi asosiy bosqichlarni o`z ichiga oladi:
1. Dastlabki baholash. Dastlabki baholashda axborotlar ishonchligini baholashni, moliyaviy hisobotlarni o`qish va uning muhim ko`rsatkichlar tizimini baholashni, aylanma mablag`lar va uzoq muddatli aktivlar, o`z va qarz mablag`lari bilan bog`liq ko`rsatkichlar tizimini mutlaq ifodasi bilan chuqur tahlil etish orqali aniq xulosalarni shakllantirish nazarda tutiladi. 2. Ekspress-tahlil. Moliyaviy koeffitsiyentlarni aniqlash asosida korxonaning joriy va istiqbolli to`lovga qobilligini, ish va bozor aktivligini o`rganish asosida korxonaning moliyaviy ahvoliga baho berishni anglatadi. Ekspress-tahlilning maqsadi xo`jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati, rivojlanish dinamikasini operativ, vizual baholashdan iborat. Ekspress- tahlilni amalga oshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: - rasmiy xususiyatlarga ko`ra hisobotni ko`rish; - auditor xulosasi bilan tanishish; - korxona hisob siyosati bilan tanishish; - hisobotdagi og`riqli(muammoli) bandlarni aniqlash va ularni dinamik baholash; - asosiy ko`rsatkichlar bilan tanishish; - tushuntirish xatini o`qish; - haqqoniy balans ma„lumotlari asosida mulkiy va moliyaviy holatni baholash; - tahlil natijalari bo`yicha xulosalarni shakllantirish. Ekspress-tahlilda quyidagi muhim o`zgarishlarga ahamiyat qaratiladi: davr oxiriga balans jamining davr boshiga nisbatan o`sishiga; aylanma aktivlarning o`sishi uzoq muddatli aktivlarning o`sishidan yuqori bo`lishiga; xususiy kapitalning qarz kapitalidan ortiq bo`lishiga; xususiy kapitalning o`sishi qarz kapitalining o`sishidan yuqori bo`lishiga; debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining o`sishi bir xilda bo`lishiga; aylanma aktivlarda o`z mablag`lari hissasi yuqori bo`lishiga; qoplanmagan zarar qatori bo`lmasligiga va h.k. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling