Mavzu: Yoyda metallni ko’chirishni tadqiqot usullari va ko’chirishning asosiy shakllari. Reja


Download 1.02 Mb.
bet4/5
Sana04.04.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1323903
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tadqiqot metodlari

Sirt taranglik kuchlari. Suyuqlik tomchilariga (boshqa kuchlar bo‘lmaganda) sferik shakl beradi, tomchilarni shipda tutib turadi va metall tomchilarini suyuq payvand vannasiga so‘rib oladi. Bunda sirt taranglik suyuqlik ichida ortiqcha bosim xosil qiladi.
Elektrodinamik kuch (Pinch-effekt kuchlari). O‘tkazgich orqali elektr toki o‘tganda bu o‘tkazgichni siquvchi elektrodinamik kuchlar vujudga keladi. Bu kuchlar o‘tkazgichni deformatsiyalash uchun kichik bo‘lib, lekin suyuq o‘tkazgichni deformatsiyalashga etarlidir. Faraz qilaylik, qattiq o‘tkazgichda suyuq metall qismi mavjud bo‘lsin. Bu o‘tkazgichdan tok o‘tganda uning butun uzunligi bo‘yicha o‘tkazgichni siquvchi elektrodinamik kuchlar vujudga keladi. O‘tkazgichning suyuq qismida bu kuchlar gidrostatik bosimning oshishini vujudga keltiradi, shu bilan birga o‘z navbatida o‘tkazgichning qattiq qismlarini bir biridan itaruvchi o‘qiy kuchlarini vujudga keltiradi. Payvandlashda elektrod metallini ko‘chirish xolida biz suyuq o‘tkazgichning o‘zgaruvchan kesimiga doim ega bo‘lamiz. Tok kuchi kichik bo‘lganda elektrodinamik kuchning kattaligi uncha katta bo‘lmaydi va uning metallni ko‘chirishga ta’siri uncha katta emas.
Tok kuchi katta bo‘lganda elektrodinamik kuchning ta’siri xal qiluvchi axamiyatga ega bo‘ladi
Reaktiv kuchlar. Bug’larning reaktiv bosimi odatda tomchining boshlang’ich uzilishiga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Teskari qutblanganlikda payvandlashda bug’larning reaktiv bosimi to‘g’ri chiziqdagiga qaraganda kichik. V.I. Dyatlov CO2 muxitda payvandlashda metall tomchisiga ta’sir etuvchi bug’larning reaktiv bosimi kuchi aniqlangan.
Elektrostatistik kuchlar yoyning o‘tuvchi soxalarida ayniqsa, katod yonida (bu erda E ning qiymati 105÷107 v/smga etishi mumkin) katta gradientga (maydon kuchlanganligiga) ega bo‘lishi oqibatida vujudga keladi.
Yoy ustunida Eyoy k (1000 marta) bo‘lgani uchun bosimlar farqi vujudga keladi Bosim bir qancha mm sim ust.ga etadi. Masalan, yuqorilikdagi elektr maydoni vannadagi metallni teskari qutblanganlikda katoddan anod tomon konus ko‘rinishida cho‘zib uni deformatsiyalashi mumkin. Ko‘p atomli gazlar (N 2,CO 2) muxitda payvandlashda amaliy jixatdan metallni oqimli ko‘chirish juda qiyin. Buni nisbatan past haroratlarda bunday gazlarda paydo bo‘ladigan dissotsiatsiya sterjenining xosil bo‘lishida uni sovutish xisobiga payvand yoyini siqish darajasini oshirib tomchi ustiga dog’ni tortish bilan izoxlash mumkin.


Xulosa

  • Elektrodning eriyotgan metallni elektroddan asosan suyuq metall tomchilari ko’rinishida, va qisman bug‘ ko’rinishida payvandlash vannasiga ko’chadi.

  • Metallni ko’chirish jarayoniga quyidagi omillar ta‘sir ko’rsatadi:

1) Elektrod materiallari, yoy oralig‘idagi qoplamalar va gaz tarkibi.
2) Rejimning asosiy tashkil etuvchilari: elektrod diametri, tok kuchi, yoydagi kuchlanish, tokni turi qutblanganlik.

  • yoy oraliqining qisqacha tutashuvlari bilan kechadigan metall tomchilarining ko’chishi payvand yoyining yonish sharoitlariga bog‘liq xolda sekundiga 5 dan 150 martagacha yuz beradi..

  • .O. Paton nomidagi IES da 1938 yilda svetograf deb ataluvchi asbob yordamida o’rganilgan. Asbobning ishlash g‘oyasi yorug‘likka sezgir qog‘ozga metallni ko’chirishda yoyning yonishi va uchishi momentlarini yozib olishdan iborat.

  • Tok va kuchlanish ostsillogrammasi bo‘yicha fakat tomchilarni uzilishlar (tutashishlar) bilan kesuvchi kuchirish bilangina emas, balki qisqa tutashuvsiz ko’chirish bilan o’rganish mumkin.

  • Tomchi xosil bo’lishi va uning payvand vannasiga ko’chirilishi jarayonini bevosita kuzatish payvandlashda yoyning yonish jarayonini kinos‘yomka qilishni qo’llanishda mumkin bo’ladi.

  • Aloxida kino kadrlarni ularning ketma-ketligida o’rganish, tomchilarning o’lchamlarini, ularning yoy oralig‘i orqali uchish tezligini aniqlashga, yoyning yonish shartlarining ko’chirish jarayoniga ta‘sirini aniqlashga imkon berdi.

  • Payvandlash sharoitlariga tok egri chizig’i, kuchi, zichligi va shakli, ximoyalash turi, yoyning qutblanganligiga bog’liq xolda to‘rtta shakli farqlanadi:
    1. Qisqa tutashuvli tomchili ko‘chirish;
    2. Qisqa tutashuvsiz tomchili ko‘chirish;
    3. Oqimli mayda tomchili ko‘chirish;
    4. Nobarqaror tomchili ko‘chirish.

  • Qisqa tutashuvli tomchili ko‘chirish-ko‘chirishning eng ko‘p uchraydigan shakli bo‘lib, bunda payvandlash yoyning kichik uzunligida amalga oshiriladi.

  • Qisqa tutashuvlarsiz tomchili. Ko’chirishning bu shakli ko’chirilayotgan tomchining o’lchami yoy oralig‘i uzunligidan kichik bo’lganda, payvandlashning yuqori rejimlarida payvandlash xollarida xosil bo’ladi.


  • Download 1.02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling