Mavzu: Yoyda metallni ko’chirishni tadqiqot usullari va ko’chirishning asosiy shakllari. Reja


-rasm. Elektrod materialini qisqa tutashsiz ko’chishi. Oqimli mayda tomchili ko’chirish


Download 1.02 Mb.
bet3/5
Sana04.04.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1323903
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tadqiqot metodlari

5-rasm. Elektrod materialini qisqa tutashsiz ko’chishi.


Oqimli mayda tomchili ko’chirish. Ko’chirishning bu shakli konus elektrodni uchida suyuq erigan metall xosil bo’lishi bilan xos bo’lib, unda metallning mayda tomchilari uzluksiz uzilib turadi. Inert gazlarda payvand qilish j≥10 а/mm2da o’ziga xos xususiyati payvandlash rejimining elektr parametrlarining mutloq ,barqarorligi xisoblanadi. Oqimli mayda tomchili ko’chirish barcha xollarda, tokning yuqori zichliklarida am alga oshirilganda xosil bo’ladi. Amalda ko’chirishning bu shakli inert gazlarda (argon, geliy) payvandlashda foydalaniladi.




6-rasm. Oqimli mayda tomchili ko’chirish.
Nobarqaror oqimli ko’chirish. Tokning zichligi yanada oshirilganda elektrod metallning oqimli mayda tomchili ko’chirilishi nobarqaror oqimli ko’chirishga o’tadi. Bu shakl shunisi bilan o’ziga xoski, bunda elektrod uchidagi suyuq metall konusi nobarqaror bo’lib qoladi, fazoda tartibsiz xarakatlanib, ko’pincha elektroddan uzilib turadi. Bunda payvandlashning elektr rejimi barqarorligi buziladi, metallni ko’chirishning bunday shakli amaliy payvandlash uchun yaramaydi.




7-rasm. Nobarqaror oqimli ko’chirish.


Yoyda amal qiluvchi kuchlar


Yoyda amal qiluvchi kuchlar metallni ko‘chirish xususiyati, metallni sachratish jarayoni barqarorligiga, chokning shakllanishiga, metallning sachrab sochilishiga, yoyda va vannada metallurgik jarayonlarning jadalligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik xollarda oqimli ko‘chirish maqsadga muvofiq, u chokning yaxshiroq shakllanishini va sifatini ta’minlaydi. Yoydagi erigan metallga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy kuchlar quyidagilardir:
1. Og’irlik kuchlari;
2. Sirt taranglik kuchi;
3. Suyuq o‘tkazgichdagi elektrodinamik kuchlar;
4. Reaktiv kuchlar;
5. Elektrostatik kuchlar.
Og’irlik kuchlari. Metallning quyi holatda ko‘chishiga imkon beradi va yuqori (ship) xolatida ko‘chishiga qarshilik qiladi. Ular kichik toklarda payvandlashda, elektrodinamik kuchlar xali nisbatan uncha katta bo‘lmaganda eng katta ta’sir ko‘rsatadi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling