Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Agar bo‘laklangan ko‘chirma gapning birinchi qismi bo‘laklangunga qadar nuqtani taqozo etgan bo‘lsa


Download 0.58 Mb.
bet44/84
Sana15.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679082
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84
Bog'liq
Mavzu yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari r-fayllar.org (1)

Agar bo‘laklangan ko‘chirma gapning birinchi qismi bo‘laklangunga qadar nuqtani taqozo etgan bo‘lsa, ko‘chirma gapning ayni uzilgan joyida vergul qo‘yiladi va muallif gapi kichik harf bilan boshlanib, undan keyin nuqta q o‘yiladi; ko‘chirma gapning ikkinchi qismi bosh harf bilan boshlanadi: “Ma, - dedi mashinaning qiya ochiq eshigidan uzatib. - Gulandomniyam og‘zi tegsin”. (O‘.Hoshimov) “Uch yildan beri shu gapni kutar edim sizdan, - dedi Omon iymanib. - Qiling. Bir yonini o‘zim ko‘taraman...”. “Yo‘q, hammasi o‘zimdan, kesib ta’kidladi Mansur. - Armonim shu edi, jo‘ra”. (Sh.Xolmirzayev) “Kambag‘alning ekkani unmaydi, bolasi kopayadi o‘zi, - deb o‘yladi Shoikrom ijirg‘anib. - Shu kunimdan ko‘ra urushga borib, o‘lib keta qolganimyaxshiydi”. (O‘ .Hoshimov).


  • Agar bo‘laklangan ko‘chirma gapning birinchi qismi bo‘laklanganga qadar so‘roq yoki undov belgisini taqozo etgan bo‘lsa, ko‘chirma gapning ayni uzilgan joyida so‘roq yoki undov belgisi qo‘yiladi va muallif gapi kichik harf bilan boshlanib, undan keyin nuqta qo‘yiladi; ko‘chirma gapning ikkinchi qismi bosh harf bilan boshlanadi: “Nahotki, Sultonmurod akam? - deyman. - O‘zi qolib, sherik boshlab keptimi endi?.. Bo‘lakdir-e, o‘libdimi?!” (M.Mansur) “Tavba! - deyman. - Bu qanaqasi bo‘ldi!” (Sh.Xolmirzayev) “Menga desa, otib yubormaydimi?! - deb o‘yladi u ayvon labiga cho‘qqayib o‘tirganicha usti yopiq simni ochiq simga ildam ularkan. - Harna bitta haromxo‘rni o‘ldirganim ”. (O‘ .Hoshimov).
  • Ko‘chirma gap muallif gapining ichida kelganda, u bosh harf bilan boshlanib, qo‘shtirnoqqa olinadi va uning oldidan ikki nuqta qo‘yiladi; ko‘chirma gapdan keyin uning mazmuniga muvofiq vergul (yopiluvchi qo‘shtirnoqdan keyin) yoki so‘roq, yoki undov, yoki ko‘pnuqta (yopiluvchi qo‘shtirnoqdan oldin) qo‘yiladi, bu belgilardan keyin esa tire qo‘yiladi: Kampirni uyg‘otib: “Tur, karomatingni ko‘rsat ”, - dedim.(Oybek) Bunga qarshi ojar cho‘loq: “Avval quda qilib, keyincha o‘zim ham shaharga ko‘chmoqchiman”, - deb javob berdi. (Cho‘lpon) Mehmonlarga: “Zerikmadingizlarmi?” - deb, supaning bir chetiga o‘tirdi.(Oybek) To‘n kiyib, belbog‘ bog‘lagan bolakaylar ko‘zidan duv-duv yosh oqib: “Buvijonim, buvijonim!” - deb chirillashar edi.(O‘.Hoshimov) Ona esa: “Bolam, qishlog‘imiz, odamlarimiz yana ham yaxshi bo‘lib ketdi, mana, kelsang ko‘rarsan...”- derdi.(S.Ahmad) Qizaloq: “Otam sizni yo‘qlayotuvdi.


    Zerikkanlar...”- dedi.(Sh.Xolmirzayev).



    Download 0.58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling