13. Qo‘shma gapning keyingi qismi oldingi qismdagi mazmunni umuman izohlab kelsa, ikki qism orasiga ikki nuqta qo‘yiladi: Hamidning tushi o‘ngidan keldi: u ertasi kuni darsdan xushxabar bilan qaytdi.(E.A’zam) Chiroqlar uch marta o‘chib yondi: chiroqchi to‘y xizmatchilarini ogohlantirdi.(T.Murod) Daraning aholisi o‘z ishi bilan mashg‘ul: o‘spirinlarpodalarni haydab chiqib ketadi, erkaklar qo‘sh qo‘shib shudgor qilmoqda.(S.Ayniy) Musofir muxlis uni darrov tanidi: u tanimay kim tanisin!(E.A’zam) Sobiq maktabdoshini tanib-tanimay, noqulayroq biror gapni ko‘zg‘ab solishidan yuragi taka-puka bo‘lib o‘tirgan Oqsoqol shoir, nihoyat, yengil tortdi: shunisiga ham shukr!(E.A’zam).
14. Ko‘chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan so‘ng: Rais ogohlantirdi: “Ertagayoq yerni shudgorlash ishlarini boshlash lozim ”.
15. Reja, mavzu, qaror qilindi kabi so‘zlardan so‘ng: Mavzu: “Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin ” dostoni ”.
16.Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni ta’minlash maqsadida turli xil rasmiy ma’lumotlarda, nashr ishlarida ayrim so‘zlardan keyin: Toshkentda “O‘zbek tilshunosligi: kecha va bugun” mavzusida yettinchi an’anaviy respublika ilmiy- nazariy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
17.Sport musobaqalarida raqiblar o‘rtasidagi hisobni ifodalash uchun:
Sidneydagi XXVII yozgi olimpiada o‘yinlarida hamyurtimiz Muhammadqodir Abdullayev raqibini 27: 21 hisobi bilan yengdi.
Tekshirish uchun savollar
Ko‘p nuqta o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?
Ko‘p nuqta asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?
Ikki nuqta asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?
Ikki nuqta sodda gapda qaysi holatlarda ishlatiladi?
Ikki nuqta qo‘shma gapda qaysi holatlarda ishlatiladi?
10-MA’RUZA
QO‘SHTIRNOQ VA QAVS BELGILARINING
Do'stlaringiz bilan baham: |