Mavzu: yurak qon tomir tizimi tuzilishi


Download 25.05 Kb.
bet1/8
Sana05.01.2022
Hajmi25.05 Kb.
#225248
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-MODUL.YURAK TOMIR TIZIMI TUZILISHI.


MAVZU:YURAK QON TOMIR TIZIMI TUZILISHI.

REJA:


1.Yurakning tuzilishi.

2.O’ng bo’lmachaning tuzilishi.

3.Chap bo’lmachaning tuzlishi.

4.Qon tomirlarining tuzilishi.

5.Arteriya qon tomirlarining tuzilishi.
Yurak qon aylanish doirasining markaziy organi bo’lib, odam hayotining ohirgi daqiqasigacha hamma vaqt mutasil qisqarib (sistola) va kengayib (diastola) turadi. U qonni venalardan arteriyaga bir meyyorda xaydab, nasos vazifasini bajaradi, uning tomirlar sistemasida to’htovsiz oqib turishini ta’minlaydi. O’rta yashar odamning yuragi minutiga o’rta hisobda 70 — 75 marta, bir sutkada esa 100000 marta qisqara oladi. Yurak ko’krak bo’shlig’ida o’ng va chap o’pkalar orasida joylashgan. Orqa tomondan u umurtqa pog’onasidan qizilo’ngach va aorta bilan ajratilgan, pastdan yurakka diafragma taqalib turadi.

Yurak ko’krak qafasining qoq o’rtasidan bo’ladigan chiziqdan chap tomonda va uning asosini uchi bilan tutashtiradigan bo’ylma o’q gorizontal tekislik bilan 40° ga teng burchak hosil qilishi kerak. Biroq yurakning normal joylashuvi ko’p jihatdan odam gavdasining tuzilishiga bog’liq. Ozg’in odamlar — asteniklarda yurak aksariyat vertikal holda joylashadi, to’la odamlar — gipersteniklarda yurak deyarli gorizontal holatda yotadi. Normosteniklarda esa yurakning qiya holati ustunlik qiladi.

Yurakning og’irligi erkaklarda 300 g ayollarda esa bir oz kamroq — 220-250 g bo’ladi. Yurak perikard haltacha — seroz parda bilan o’ralgan bo’lib, u yurakni himoya qilib turadi va uni ortiqcha kengayib, cho’zilib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Bu haltachaning ichki yuzasi yupqa seroz plastinka bilan qoplangan, u aorta va o’pka arteriyasi oldida bevosita yurakka o’tadi va uning tashqi pardasi epikard deb ataladi. Uning ostida qalin parda miokard bo’ladi, miokard ko’p sonli maxsus muskul hujayralari — kardiomiotsitlardan hosil bo’gan.

Birlamchi muskul pardasining qalinligi tahminan 3 mm bo’lib ikki qavatdan iborat. Qorinchalarda muskul pardasi uch qavatli chap qorinchada (10-14 mm) u o’ng qorinchadagiga qaraganda bir muncha (4-7 mm) qalinlikda bo’ladi. Yurakning ichki pardasi — epikard cho’ziluvchan, silliq bo’lib, qon tomirlarning ichki pardasiga o’xshaydi. Yurakning hamma bo’shliqlari ichini qoplab turadi va burmalarga yig’ilib, bo’lmacha-qorincha klapanlari tavaqalarini hosil qiladi. Yurak klapanlari shunday tuzilganki qon faqat muayyan yo’nalishdagina oqishi mumkin. Klapanlarga yopishgan muskullar va iplari klapanlarning teskari tomonga ag’darilishiga halaqit beradi. O’ng bo’lmachalar va qorincha uch tavaqali klapan bilan, chap bo’lmachalar esa ikki tavaqali klapan bilan bo’lingan. Bo’lmachalar qisqarganda ular ochiq bo’ladi, qorinchalar qisqargan vaqtda esa berikladi va qonning teskari oqimiga to’sqinlik qiladi. Qorinchalarda qon bosimini ortishi yarimoysimon klapanlarni ochadi va qon o’pka arteriyasiga, so’ng aortaga ya’ni kichik va katta qon aylanish doiralariga o’tadi.

Yurak to’rt qisimdan iborat bo’lib, ular o’ng va chap bo’lmacha, o’ng va chap qorincha.


Download 25.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling