Mavzu: yurak qon tomir tizimi tuzilishi
Yuqoriga ko’tariluvchi aortadan
Download 25.05 Kb.
|
5-MODUL.YURAK TOMIR TIZIMI TUZILISHI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy uyqu arteriyasi.
Yuqoriga ko’tariluvchi aortadan yurakka boruvchi bir juft yurakning toj arteriyalari chiqadi.
Aorta ravog’idan yelka — bosh o’zani, chap umumiy uyqu arteriyasi va o’mrov osti arteriyasi chiqadi. Yelka — bosh o’zani poyasi. Yelka — bosh o’zani aorta ravog’I ustki chekkasining o’ng tomonidan chiqib, qiyshiq holatda yuqoriga va orqa tomonga ko’tarilib, o’ng umumiy uyqu va o’ng o’mrov osti arteriyalariga bo’linadi. Umumiy uyqu arteriyasi. Umumiy uyqu arteriyasi o’ng tomonda bosh — yelka o’zanidan, chap tomonda esa aorta ravog’idan mustaqil bo’lib chiqadi. Har ikkala umumiy uyqu arteriyasi pastda kekirdak, tepada hiqildoq va halqum bilan bir — biridan ajralib joylashgan. Ong tomondagi umumiy uyqu arteriyasi yelka — bosh o’zanining tarmog’I bo’lgani uchun chap tomondagi umumiy uyqu arteriyasidan birmuncha kaltadir. Ko’krak bo’shlig’ining yuqori teshigi orqali chiqib, bo’yindan o’tadi. Qalqonsimon tog’ayning yoki til osti suyagi tanasining ro’parasida tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo’linadi. Arteriya zararlanganda qon ketishini to’xtatish uchun uzuksimon tog’ayning pastki chekkasi sohasida umumiy uyqu arteriyasini VI bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’sig’iga bosiladi. Tashqi uyqu arterirasi qalqosimon bezning ustki arteriyasi, til arteriyasi, yuz arteriyasi, ensa artariyasi, quloqning orqa arteriyasi, halqumning yuqoriga ko’tariluvchi arteriyasi, chakkaning yuza arteriyasi, ko’z kosasining pastki arteriyasi va tanglay arteriyasi singari tarmoqlar beradi. Ichki uyqu arteriyasi nog’ora bo’shlig’iga boruvchi, ko’z kosasiga boruvchi, g’alvirsimon suyak orqa va oldingi arteriyalari kabi tarmoqlar beradi. O’mrov osti arteriyasi bir juft bo’lib, chap tomondagi arteriya to’g’ridan to’g’ri aorta ravog’idan chiqadi, o’ng tomondagisi yelka — bosh o’zanidan boshlanadi. O’mrov osti arteriyasi I qovurg’aning tashqi qirrasidan bo’shlanib, qo’ltiq arteriyasi bo’lib davom etadi. Omrov osti arteriyasidan boshlanadigan tarmoqlar quyidagilar: Umurtqa arteriyasi — omrov osti arteriyasining tarmoqlari orasida hammadan yirik arteriya hisoblanadi. Undan orqa miyyaning oldingi arteriyasi, orqa miyyaning orqadagi arteriyasi, miyyachaning orqadagi pastki arteriyasi tarmoqlari chiqadi. Qalqonsimon bo’yin o’zani yo’g’on va kalta bo’lib, ketma — ket quyidagi tarmoqlarga bo’linadi: qalqonsimon bezning pastki arteriyasi, bo’yinning yuqoriga ko’tariluvchi areriyasi, bo’yinning yuza arteriyasi, kurakning yuza arteriyasi. Ko’krak qafasining ichki arteriyasi VII — VIII qovurg’alararo sohaga borganda quyidagi ikkita oxirgi tarmoqqabo’linadi: diafragma muskul arteriyasi, qorin sohasining ustki arteriyasi. Bo’yinning ko’ndalang arteriyasi ikkita tarmoqqa bo’linadi: yuza joylashgan shoxchasi,chuqur joylashgan shoxchasi . Download 25.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling