Mavzu: yurak qon tomir tizimi tuzilishi


Aortaning viseral juft tarmoqlari


Download 25.05 Kb.
bet8/8
Sana05.01.2022
Hajmi25.05 Kb.
#225248
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-MODUL.YURAK TOMIR TIZIMI TUZILISHI.

Aortaning viseral juft tarmoqlari. Ular quyidagilar: buyrak usti bezining o’rta arteriyasi, buyrak arteriyasi. Aortaning qorin devoriga tarqalgan tarmoqlari: diafragmaning pastki arteriyasi, bel arteriyalari, dumg’zaning o’rta arteriyasi, umumiy yonbosh arteriyasi.

Ichki yonbosh arteriyasi — yo’g’on va kalta bo’lib, umumiy yonbosh arteriyasidan chiqadi.



Vena sistemasi.

Vena qon tomirlarining arteriya qon tomirlaridan farqi shuki, arteriyalar yurakdan aorta va o’pka arteriyasi sifatida chiqib, bir yo’la mayda tolalarga bo’linib borib pirovardida kapilyarlarga aylansa, venalar kapillyarlardan yig’ilib yiriklashayveradi va natijada yurakka quyiladi.

Venalarning arteriyadan yana bir farqi shuki,vena tomirlarining devori anchagina yupqa va boshqacharoq tuzilgandir. Vena devorining arteriya devoriga nisbatan yupqaligi uning bajaradigan vazifasi va qonning oqish tezligiga bog’liq.

Vena devori tuzilishi jixatidan arteriya devoriga o’xsahasa ham ba’zi hususiyatlari bilan bir oz farq qiladi. Venani tashqi tomondan o’ragan biriktiruvchi to’qima qavati kollagen tolalarga boy bo’ladi. Bunday kollagen tolalarning vena devorida ko’pligi tufayli u chidamli bo’ladi.

Vena devorining o’rtadagi muskul qavati o’z navbatida ikki qavatdan tuzilgan bo’lib, ichki qavatning muskul tolalari aylanma holatda, tashqi qavatning muskul tolalari esa uzunasiga yo’naladi.

Vena devorining eng ichki (intima) qavati yaqqol ko’rinadigan chegara hosil qilmay, muskul qavatiga o’tib ketadi. Intimada ham ko’ndalang yo’nalgan muskul tolalari bo’ladi.

Vena qon tomirlarining o’ziga hos hususiyatlaridan yana biri ularning ko’p qismida qopqoqlar bo’ladi. Klapnlar yurakka yo’nalayotgan qonni teskari harakat qilishiga yo’l qo’ymaslik vazifasini bajaradi. Klapnlar vena devorlarining ichki qavatida hosil bo’lgan yarimoysimon buramalardir. Ular asosan elastik tolalardan tuzilgan bo’lib, ustidan endoteliy bilan o’ralgan kollagen to’qimasi qoplab turadi.

Vena qon tomirlari asosan ikkita yirik venaga yuqorigi va pastki kovak venaga bo’linadi. Shu bilan birga o’pka arteriyasi va buyrak arteriyasi deb nomlanuvchi nomiga mos tushmaydigan venalarni hosil qiladi.



Yuqorgi kovak venani asosan chap va o’ng bo’yinturuq venalari va o’mrov osti venalarihosil qiladi. Pastki kovak vena qo’l venalari gavda, qorin parda, chanoq, yonboshvenalari va oyoq venalariga bo’linadi. Kapillar qon – tomirlar vena hamda arteriyalarning eng mayda tarmoqlari hisoblanadi. Ular uch guruhga bo’linadi:



  1. ishlab turgan kapillarlar.

2.ishlamay turgan kapillarlar.

3.tarkibida qon zardobi mavjud bo’lgan kapillarlarga bo’linadi.
Download 25.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling