Mavzu: yurak-qon tomirlari sistemasi arteriya, vena, kapilyar qon tomirlari makro mikroskopik tuzilishi, tananing asosiy arteriya va vena tomirlari


Download 401.35 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi401.35 Kb.
#1610088
  1   2   3
Bog'liq
MAVZU


MAVZU: YURAK-QON TOMIRLARI SISTEMASI ARTERIYA, VENA, KAPILYAR QON TOMIRLARI MAKRO MIKROSKOPIK TUZILISHI, TANANING ASOSIY ARTERIYA VA VENA TOMIRLARI, YIRIK LIMFA TUGUNLARI VA LIMFA YO’LLARI


YURAK VA TOMIRLAR SISTEMASI (SYSTEMA CARDIO -
ANGIOLOGAE)
Bu sistemaga qon va limfa tomirlari hamda yurak kiradi. Yurak va tomirlar sistemasi organizmni qon bilan ta’minlaydi, qon orqali a’zo va to’qimalarga har xil oziqa moddalar, kislorod va biologik aktiv moddalarni yetkazib beradi, shu bilan birga, organizmda modda almashinish natijasida hosil bo’lgan keraksiz mahsulotlarni va gazlarni olib chiqishda xizmat qiladi. Bu sistemaga kiruvchi a’zolar tuzilishini o`rganish, odatda, qon tomirlardan boshlanadi.


QON TOMIRLAR
Qon tomirlar har xil diametrdagi naychalar sistemasi bo’lib, ular qonni barcha a’zo va to`qimalarga yetkazib beradi, qonning a’zolarga oqishini boshqaradi, qon va to’qimalar orasida modda va gaz almashinuvini ta’minlaydi. Qon tomirlarga arteriyalar, arteriolalar, qon kapillyarlari (gemokapillyarlar), venulalar, venalar va arteriolo–venulyar anastomozlar kiradi. Arteriyalarda odatda kislorodga boy qon bo’lib (o`pka arteriyasi bundan mustasno), u yurakdan a’zolarga qarab oqadi. Venalar orqali qon yurakka oqib keladi. O’pka venasidan tashqari hamma venalardagi qonda kislorod kam bo’ladi. Gemokapillyarlar arteriya va vena tomirlari o’rtasida joylashadi. Ba’zan ular ikkita bir xil tomirlar (ikkita arterial yoki ikkita venoz tomirlar) o’rtasida bo’lishi ham mumkin. Bunday joylashishni kapillyarlarning «ajoyib to’ri» deb ataladi (masalan, buyrak koptokchalari, jigar va boshqalarda shunday).
Qon tomirlar taraqqiyoti. Dastlabki qon tomirlar embriogenezning 2–3 haftalarida sariqlik qopchasi devorining mezenximasida va xorion devoridagi qon orolchalari tarkibida paydo bo’ladi. Avvalo, sariqlik qopchasi devorining hujayralari to’planib, qon orolchalarini hosil qiladi. Orolchalarning chetidagi mezenxima hujayralari yassilashib, bo`lajak qon tomirlarning endoteliysini hosil qilsa, markazdagi hujayralar yumaloqlashib, differensiallashadi va qon hujayralariga aylanadi. Tomirni o’rab turgan mezenxima hujayralaridan peritsitlar, silliq mushak hujayralari, fibroblastlar hosil bo’ladi. Yangi-yangi qon orolchalarining to’xtovsiz paydo bo’lib borishi va ularning o’zaro qo`shilishi natijasida naychalar shaklidagi kapillyarlar hosil bo’ladi. Bular esa o’zi singari boshqa naychalar bilan tutashib, kapillyarlar to`rini hosil qiladi.
Pushtning tanasida qon tomirlar to’qima suyuqligi bilan to`lgan, ammo qon hujayralarini tutmagan, noto’g’ri shakldagi yoriqlar tarzida paydo bo’ladi. Ularning atrofidagi mezenxima hujayralari yassilashib, qolgan mezenxima to`qimasidan ajraladi va qon tomir devorining hujayralarini hosil qiladi. Keyinchalik, pusht tanasidagi tomirlar sariqlik qopchasi tomirlari bilan tutashgandan so’ng yurak urishi boshlanib, qon aylanishi yuzaga keladi. Bunda dastlab qon sariqlik qopchasi tomirlaridan pusht tomirlariga o’tadi. Qon aylanishi boshlanishi bilan tomirlar devori to’qimasining gemodinamik sharoitga (qon bosimi va tezligiga) mutanosib ravishda o’zgarishi yuzaga chiqadi.



Download 401.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling