Mavzu: yurak-qon tomirlari sistemasi arteriya, vena, kapilyar qon tomirlari makro mikroskopik tuzilishi, tananing asosiy arteriya va vena tomirlari


Download 401.35 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi401.35 Kb.
#1610088
1   2   3
Bog'liq
MAVZU

ARTERIYALAR
Devorining tuzilishiga qarab arteriyalar uch xil bo’ladi: elastik, mushak va mushak-elastik tipidagi arteriyalar. Barcha arteriyalarning devori umuman bir xilda tuzilgan bo’lib, ular-da uch qavat tafovut qilinadi:
1. Ichki parda – tunica intima.
2. O`rta parda – tunica media.
3. Tashqi parda – tunica externa seu adventitia.
Arteriyalar devorini bunday qavatlarga ajratish va ayrim pardalar o`rtasidagi chegara shartlidir. Turli pardalarning tuzilishi va qalinligi tananing turli joylaridagi tomirlarda har xil bo`lib, ko`proq gemodinamik omillar (qon bosimi va tezligi) ga bog`liq.
Elastik tipdagi arteriyalar (arteria elastotypica). Elastik tipdagi arteriyalarga bevosita yurakdan boshlanuvchi yirik tomirlar, ya’ni aorta va o`pka arteriyalari kiradi (125-rasm). Bu tipdagi arteriyalarda qon katta bosim (120–130 mm. simob ustuni) va tezlik (0,5–1,3 m/s) bilan oqadi. Elastik tolalar va pardalarning ko`pligi tufayli bu arteriyalar devori yurak sistolasi vaqtida cho’ziladi. Natijada tomir bo’shlig’i kengayib, qon zarbi susayadi. Diastola paytida esa tomir devori yana ilgarigi holatga qaytadi. Elastik arteriyalar tuzilishini aorta devorining tuzilishi misolida ko’rib chiqamiz.



125- rasm. Elastik tipdagi arteriya. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 0b.20. ok. 10.
1 – ichki parda; a – endoteliy; b – endoteliy osti qatlami; 2 – o’rta parda; d – darchali elastik membranalar; e – silliq mushak hujayralar; 3 – tashqi parda.

Ichki parda (tunica intima) tomir bo’shlig’iga qaragan bo’lib, o’z navbatida u ham uch qavatdan tuzilgan: endoteliy, endoteliy osti qavati va elastik tolalar chigali.


Bu t o m i r l a r e n d o t e l i y s i (endothelium) bazal membranada joylashgan yirik, yassi hujayralar bo’lib, ular tomir bo’ylab yotadi. Odam aortasining endoteliy hujayralarining bo’yi ba’zan 500 mkm ga, eni esa 150 mkm ga yetadi. Bu hujayralar ko’pincha bir yadroli bo’lib, elektron mikroskopda o’rganilganda ularning sitoplazmasida turli shakl va kattalikdagi anchagina (200 dan 700 gacha) mitoxondriyalar ko’rinadi. Endoplazmatik to’r sust rivojlangan bo’lib, membranasida oz miqdorda ribosomalar tutadi.
E n d o t e l i y osti q a v a t i (stratum subendotheliale) ancha qalin bo’lib, aorta devo-rining 15–20 foizini tashkil qiladi. U siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan va ko’p miqdorda ixtisoslashmagan yulduzsimon huayralar tutadi. Bu qavat Langgans qavati deb ham nomlanib, bu yerda bo’ylama yo`nalgan ayrim silliq mushak hujayralari ham uchraydi. Ichki pardaning hujayralararo asosiy moddasi glikozaminoglikanlarga va fosfolipidlarga boy bo’lib, tomir devorining oziqlanishida muhim rol o’ynaydi.
O’rta va keksa yoshdagi kishilarda asosiy moddada xolesterin va yog’ kislotalar uchraydi.
Endoteliy osti qavatidan chuqurroqda nozik elastik tolalarning qalin to’ri (plexus fibroelasticus) joylashgan bo’lib, unda ichki aylana va tashqi bo’ylama qatlamlarni ajratish mumkin.
Aortaning ichki pardasi yurakdan chiqish joyida uchta yarim oysimon klapanlar hosil qiladi. Ichki pardaning elastik tolalar turi keskin chegarasiz o’rta pardaga o`tadi.
O’r t a p a r d a (tunica media) juda ko’p darchali elastik membranalar (m. elastica fenestrata) dan tashkil topgan. Bu membranalar elastik tolalar bilan o’zaro bog’lanib, boshqa pardalarning elastik elementlari bilan birgalikda yagona elastik karkas hosil qiladi. Darchali elastik membranalarning soni 40–50 taga yetadi. Ular orasida oz miqdorda fibroblastlar uchraydi. Membranalar orasida ularga nisbatan qiyshiq yo’nalgan silliq mushak hujayralari joy-lashadi. O’rta qavatning bunday tuzilishi aorta devorining elastikligini ta’minlaydi, sistola davrida u kengayib, qon zarbini yumshatadi va diastola vaqtida tomir devorining tonusini saqlab turishga yordam beradi.
T a s h q i p a r d a. (tunica externa) siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, unda asosan uzunasiga yo`nalgan ko’p miqdordagi elastik va kollagen tolalar joylashadi. Tashqi pardada tomirlarning nervlari (nervi vasorum) va tomirchalari (vasa vasorum) joylashib, bular o’rta qavatga ham o’tadi. Tashqi parda tomir devorining cho’zilib yoki yorilib ketishidan saqlaydi.
Mushak-elastik yoki aralash tipdagi arteriyalar (a.mixotypica) ga bevosita aortadan boshlanuvchi yirik tomirlar (masalan, uyqu va o’mrov osti arteriyalari) kiradi.
Aralash tipdagi arteriyalarning ichki pardasi bazal membranada joylashgan endoteliydan, endoteliy osti qavati va ichki elastik membrana (membrana elastica interna) dan iborat. Ichki elastik membrana ichki va o’rta qavatlar o’rtasida joylashgan bo’lib, tomir devorining boshqa elementlaridan yaqqol ajralib turadi.
Bu arteriyalarning o’rta pardasida silliq mushak hujayralari bilan elastik tolalar va darchali elastik membranalar soni deyarli teng bo’ladi va tomirlarning nomi ham shunga mo-nand bo’lib qoladi. Silliq mushak hujayralari va elastik tolalar spiralsimon yo’nalgan bo’lib, ular orasida oz miqdorda fibroblastlar va kollagen tolalar uchraydi.
Tashqi pardada ikki: ayrim silliq mushak hujayralarini tutuvchi ichki kollagen va elastik tolalardan iborat tashqi qavatlarni ajratish mumkin. Kollagen va elastik tolalar tutamlari asosan bo’ylama va qiya yo’nalgandir. Tashqi pardada tomirlarning tomirlari va nervlari joylashgan. Mushak-elastik tipdagi arteriyalar devori kuchli qisqarish qobiliyati bilan yuksak elastik xususiyatiga ega. Bu ayniqsa qon bosimi oshganda yaqqol namoyon bo’ladi.
Mushak tipidagi arteriyalar (arteria myotypica). Bu tipdagi tomirlarga organizmdagi o’rta va kichik kalibrdagi arteriyalar kiradi (126-rasm). Tana, oyoq va qo’l, ichki a’zolar arteriyalari shular jumlasidandir.



126-rasm. Mushak tipidagi arteriya. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. Ob. 10, ok. 10


1 – ichki qavat; a – endoteliy va endoteliy osti qatlamlari; b – ichki elastik membrana; 2 – o’rta qavat; с – silliq mushak hujayralari; d – darchali elastik membranalar; f – tashqi elastik membrana; 3 – tashqi qavat; e – kollagen tolalar.
Mushak tipidagi arteriyalar devorida silliq mushak hujayralari juda ko’p bo`lib, ularning qisqarishi qon oqimiga qo’shimcha kuch beradi va a’zolarga qon kelishini boshqarib turadi. Mushak tipidagi arteriyalar devorining ichki pardasi endoteliydan, endoteliy osti qavati va ichki elastik membranadan tashkil topgan. Endoteliy hujayralari bazal membranada yotib, tomirlarning bo’ylama o’qi bo’ylab cho’zilgan, chegaralari unchalik egri-bugri emas. Endoteliy osti qavati asosan bo’ylama yo’nalgan kollagen va elastik tolalardan tashkil topgan bo’lib, yulduzsimon, kam ixtisoslashgan hujayralar tutadi. Endoteliy osti qavati o’rta va yirik kalibrli arteriyalarda yaxshi rivojlangan bo’lib, kichik arteriyalarda juda yupqa bo’ladi, eng kichik arteriyalar – arteriolalarda esa u tashqi adventitsiya qavatiga qo’shilib ketadi. Ichki elastik membrana mushak tipidagi arteriyalarda yaxshi rivojlangan va tomirning ko’ndalang kesimida yaltiroq egri-bugri tasmacha holida ko’rinadi. Elektron mikroskopda u qavat-qavat bo’lib yotgan tiniq plastinkalardan iborat.
O’rta qavat qiya spiral holida joylashgan silliq mushak hujayralaridan iborat bo’lib, ular orasida oz miqdorda fibroblastlar va kollagen hamda elastik tolalar joylashadi. Silliq mushak hujayralarining bunday joylashishi ular qisqarganda tomir hajmining kamayishiga va qonning mayda tomirlarga surilishiga yordam beradi. Yirikroq mushak tipidagi arteriyalar o’rta qavati elastik membranalarni hosil qilishi mumkin. Elastik tolalar ichki va tashqi qavatlar chegarasida elastik membranalarga qo’shilib ketadi. Natijada yagona elastik karkas hosil bo’lib, u bir tomondan tomirga elastiklik bersa, ikkinchi tomondan tomir devorining tarangligini kuchaytiradi. Bu esa arteriyalarning puchayib qolishiga yo’l qo’ymaydi va ularda qonning to’xtovsiz oqishini ta’minlaydi. Mushak tipidagi arteriyalar devoridagi silliq mushak hujayralarining qisqarishi qon bosimini ushlab turadi va a’zolarning mikrotsirkulyatsiya sistemasiga qon kelishini boshqaradi. O’rta va tashqi qavatlar orasida tashqi elastik membrana (membrana elastica externa) joylashadi. U bo’ylama yo’nalgan yo’g’on elastik tolalarning zich to’ridan tashkil topgan bo’lib, ba’zan sidirg’a elastik plastinka shaklini oladi. Odatda tashqi elastik membrana ichkarisidagiga qaraganda ancha yupqa bo’ladi va hamma arteriyalarda ham yaxshi rivojlanmagan.
Tashqi qavat siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Unda aksariyat tolalar qiya va bo’ylama yo’nalgan bo`ladi. Bu qavatda nervlar va arteriyalar devorini oziqlantiruvchi mayda qon tomirlar uchraydi.
Arteriyalar kichrayib borgan sari ularning devori yupqalashadi. Endoteliy osti qavati va ichki elastik membrana juda ham noziklashib ketadi. O’rta qavatda mushak hujayralari va elastik tolalar ham asta-sekin kamayib boradi. Tashqi qavatda ham elastik tolalar kamayadi, tashqi elastik membrana esa yo’qolib ketadi.
Ilgarilari turli a’zolarning arteriyalari va venoz tomirlari o’rtasida faqat kapillyarlar joylashgan deb hisoblanardi. Keyingi kuzatishlar natijasida bu ikki tomir orasida har xil mayda tomirlarning sistemasi joylashganligi aniqlandi. Shuni mikrotsirkulyatsiya sistemasi deb nomlandi.



Download 401.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling