6- maʼruza. Tog‘ay va suyak to‘qimalari (Tissues of the skin). Reja


Download 41.5 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi41.5 Kb.
#1478313
  1   2   3
Bog'liq
6-ma\'ruza


6- Maʼruza. Tog‘ay va suyak to‘qimalari - (Tissues of the skin).


Reja
1. Tog‘ay to‘qimasi haqida maʼlumot.
2. Tog‘ay to‘qimasining tuzilishi va xillari.
3. Tog‘ay to‘qimasi gistogenezi va regeneratsiyasi.
4. Suyak to‘qimasi haqida maʼlumot.
5. Suyak to‘qimasining tuzilishi va xillari.
6. Suyak to‘qimasi gistogenezi va regeneratsiyasi.


Tayanch so‘zlar: xondroblast, xondrotsit, xondrotsitin, gialinli, elastik va tolali tog‘aylar, differensiya, mezenxima, filogenetik, fiziologiya, mitoz, kollagen, elastik tolalar, fibroz membrana, endotenoniy, peretenoniy, izogen guruhlar, regeneratsiya. gistogenez.
Tog‘ay tuzilishi jihatdan qattiq to‘qimalar qatoriga kiradi. Bu to‘qima organizmda tayanch, mexanik va biriktiruvchi vazifani bajaradi. Odam va sutemizuvchilarda yetuk va yuksak darajada tabaqalangan bo‘lib, qattiqligi tufayli tog‘ay to‘qimasi tarkibida qon tomirlari va nerv tolalari bo‘lmaydi. Tog‘ayda moddalar almashinuvi uning ustini o‘rab turgan tog‘ay ustki pardasi orqali sodir bo‘ladi. Nerv tolalari bilan taʼminlanishi va innervatsiyasi ham shu parda orqali amalga oshadi.
Tog‘ay to‘qimasi ham boshqa biriktiruvchi to‘qimalarga Uxshab to‘qima hujayralari va oraliq moddadan tashkil topgan. Hujayralar yumshoq va ovalsimon shakllarda bo‘lib, xondrotsitlar va regeneratsiyani taʼminlovchi xondroblastlar deyiladi. Hujayra oraliqlarini esa oraliq modda to‘ldirib turadi.
Tog‘ay to‘qimasi vazifasi va morfologik tuzilishiga ko‘ra uch xilga bo‘linadi: gialinli (yaltiroq), elastik va tolali tog‘aylardan.
Tog‘ay to‘qimasi hujayralari
Xondrotsitlar - tog‘ay to‘qimasining asosiy qismini tashkil etadi. Yumaloq va ovalsimon shaklda bo‘lib, tashqi yuzasi notekis bitta yoki ikkita yadrolari bo‘ladi. Sitoplazmasida mitoxondriyalar, donador endoplazmatik to‘r va yaxshi rivojlangan golji kompleksi mavjud. Hujayra qarib borgani sari mitoxondriyalarni soni kamayib, organoidlarning shakli ko‘rinmay qoladi. Hujayrada sodir bo‘ladigan bunday o‘zgarish regressiv o‘zgarish deyiladi. Buning oqibati hujayraning fiziologik vazifasi ham ancha pasayadi.
Tog‘ay to‘qimasi ximiyaviy tadqiq qilinganda 80 % suv, 15 % organik moddalar va 5 % mineral tuzlar tashkil etar ekan. Hujayralarda glikogenlar, lipidlar, fermentlar borligi aniqlandi.
Xondroblastlar - tog‘ay to‘qimasining kam tabaqalangan yosh hujayralari bo‘lib, shakli yassi, bitta yadrosi bor. Tog‘ayning ustki pardasiga yaqin joylarda uchraydi. Xondroblastlar doimo ko‘payib turish xususiyatiga ega. Ko‘payishi natijasida yangi tog‘ay hujayralari xondrotsitlar hosil bo‘ladi. Natijada tog‘ay periferik qismiga qarab o‘sadi. Xondroblastlar hujayralararo modda–kollagen hosil bo‘lishida aktiv ishtirok etadi.
Xondroblastlar sitoplazmasida RNK ko‘p bo‘lib, hosil bo‘lgan xondrotsitlar guruh-guruh bo‘lib (3ta 4-5ta) asosiy modda ichida joylashadi.
Tog‘ay to‘qimasi hujayralararo moddasi kollagen (xondrin) kamroq elastik tolalar va asosiy amorf moddadan iborat.
Asosiy amorf modda protein va uglevoddan tashkil topgan, yaʼni xondrotsitin sulfat kislota oqsil bilan birikkan.
Tog‘ay to‘qimasi mikroskopik tuzilishiga ko‘ra bir tipdagi hujayralardan tashkil topgan biroq gialinli, elastik va tolasi tog‘aylarda hujayralararo moddalari bir biridan farq qiluvchi xususiyatlariga ega.
Gialinli (yaltiroq) tog‘ay - organizmda uchraydigan tog‘aylarning asosiy qismini tashkil etadi. Gialinli tog‘ay nafas olish: sistemasining havo yo‘llari (traxeya, bronxlar, va boshqalar) embrion skeletining ko‘pgina qismlari, qovurg‘alarning to‘sh suyagi bilan tutashgan joyi, uzun naysimon suyaklarning uchlari va skelet suyaklaring bo‘g‘imlarida uchraydi. Yaltiroq havo rang – och pushti, tashqi tomondan yupqa parda, yaʼni tog‘ay usti pardasi perexondrit bilan o‘ralgan. Bu parda fibroblastlar va kollagen tolalardan tarqalgan. Tog‘ay usti pardasi asta-sekin tog‘ay qatlamlariga qo‘shilib ketadi. Shu zonada xondroblastlar uchraydi. Xondroblastlarning bo‘linishi natijasida yosh xondrotsitlar shakllanadi va parda ostiga ko‘chib o‘tadi. Yosh xondrotsitlar ham bo‘linishi xususiyatiga ega. Asosiy modda ichida hujayralar guruhi izogen guruhlar ko‘p uchraydi. Bir izogen guruhda 3-10 tacha xondrotsitlar uchraydi.
Gialinli tog‘ay asosiy amorf moddasi yuqori molekulali polimerlardan iborat. Organizm qarigani sari oraliq moddada kalsiy tuzlar ko‘payib boradi va tog‘ay mo‘rtlashib sinuvchan bo‘lib qoladi.
Elastik tog‘ay - boshqa tog‘aylarga nisbatan organizmda kam tarqalgan. Bu sutemizuvchilarning quloq suprasi va kekirdagining yuqori qismida uchraydi. Gistologik tuzilishiga u gialin tog‘ayga o‘xshaydi. Ustki tomondan parda bilan qoplangan tabaqalangan yosh hujayralar bitta yoki bir nechtadan guruh hosil qiladi.
Elastik tog‘ayning boshqa tog‘aylardan asosiy farqi hujayralararo moddasidan kollagen tolalaridan tashqari ko‘p miqdorda elastik tolachalarning bo‘lishidadir. Elastik to‘qimalar tolachalarni egiluvchan qiladi. Yana bir farq asosiy modda tarkibida oqsillar glikogen va xondrotsitinsulfat kam uchraydi, kalsiy tuzlari xech qachon yig‘ilmaydi. Shuning uchun hamma vaqt elastik xossani saqlab turadi.
Tolali tog‘ay - umurtqa pog‘onalari orasida tog‘ay disklarini hosil qiladi, pay va bog‘lamlarning tarkibida, yaʼni suyaklarga tutash joyida uchraydi. Gialinli tog‘ayga o‘xshaydi, lekin farqi shundaki, hujayralararo asosiy moddadagi kollagen tolachalari gialinli tog‘ayda tursimon shaklda bo‘lsa, tolali tog‘ayda bog‘lamchalar hosil qilib joylashadi. Tolali tog‘aylar tuzilishiga ko‘ra paylarga o‘xshaydi ham.

Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling