6- maʼruza. Tog‘ay va suyak to‘qimalari (Tissues of the skin). Reja


Download 41.5 Kb.
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi41.5 Kb.
#1478313
1   2   3
Bog'liq
6-ma\'ruza

Suyakni tog‘aydan hosil bo‘lishi.
Tog‘aydan suyakning hosil bo‘lishi murakkab jarayondir. Bunda tog‘ay buziladi va uning o‘rniga suyak hosil bo‘ladi.
Naysimon tog‘ayning ikki uchi epifiz, o‘rta qismi esa diafiz deb ataladi. Suyaklanish jarayoni dastlab diafiz qismida boshlanadi. Yaltiroq tog‘ay ichida qon tomirlari bo‘lmaganligi uchun modda almashinuviga ancha qiyinlashadi. Shuning uchun tog‘ay tez o‘smaydi va organizm taraqqiyotida orqaga qoladi. Tog‘ayning o‘smasligi uni degenerativ (buzilishi) o‘zgarishlarga olib boradi. Natijada tog‘ay o‘rniga suyak hosil bo‘la boshlaydi. Tog‘ay hujayralarni buzilishi davrida diafizning o‘rta qismini qoplagan tog‘ay usti pardasi, perexondrium ham suyakka aylana boshlaydi. Perexondriumdan hosil bo‘lgan suyak diafizning o‘rta qismini hamma tomondan xalqa shaklida o‘rab oladi. Natijada eniga suyaklanish bo‘lmaydi (naysimon ko‘rinishda qoladi). Keyinchalik suyaklanish diafizdan epifizga qarab davom etadi.
Suyakda regeneratsiya mavjud. Shuning uchun suyak hujayralari ko‘payib, singan suyaklar bitib ketadi. Yoshga qarab suyaklarda har xil o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Nazorat savollari
1. Suyak qanday to‘qimasi va qayerlarda uchraydi.
2. Suyak to‘qimasining tuzilishi izohlang.
3. Suyak to‘qimasining turlari va vazifasini ayting.
4. Suyak to‘qimasi embrional davrda rivojlanishi.
5. Suyak to‘qimasining regeneratsiyasini va ahamiyati.
6. Suyak to‘qimasi gistogenezi.
Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling