6- maʼruza. Tog‘ay va suyak to‘qimalari (Tissues of the skin). Reja


Tog‘ay to‘qimasi gistogenezi, rivojlanishi va regeneratsiyasi


Download 41.5 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi41.5 Kb.
#1478313
1   2   3
Bog'liq
6-ma\'ruza

Tog‘ay to‘qimasi gistogenezi, rivojlanishi va regeneratsiyasi.
Tog‘ay to‘qimasining embrional rivojlanishi davrida mezenximadan takomil topadi, embrion tanasining doimiy tog‘ay bo‘ladigan joylarida mezenxima zichlashadi, hujayralar o‘z o‘siqlarini yo‘qotib, bir-biriga juda zich yopishib yotadi. Ana shunday joylarni skeletogen kurtak yoki skletogen to‘qima deb ataladi. Ana shu yerdagi mezenxima hujayralaridan asta sekin xondroblastlar tabaqalanadi. Keyinchalik ulardan xondrotsitlar hosil bo‘ladi. Ularning oralariga hujayralararo moddalar to‘planib boradi. Natijada boshlangich perexondrial tog‘ay to‘qimasi paydo bo‘ladi. Keyinchalik yosh xondratsitlar hujayralararo moddalar kompleksini sintezlay boshlaydi va hosil bo‘lgan tog‘ay to‘qimasini periferik qismida 2 qavatdan iborat tog‘ay usti pardasi hosil bo‘ladi. Tog‘ay usti pardasining ichki kambial qavatida joylashgan xondroblast hujayralari ko‘payib, hosil bo‘lgan tog‘ay to‘qimasi ustki qavatida yigila boshlaydi. Natijada tog‘ay to‘qimasida periferik o‘sish jarayoni sodir bo‘ladi.
Regeneratsiya xodisasi tog‘ay to‘qimasida mavjud. Tog‘ayning regeneratsiyasida tog‘ay ustki pardasining kamʼbial hujayralari bilan va to‘qima ichidagi yosh xondrotsitlar hisobiga amalga oshadi.
Suyak to‘qimalari (Bone tissue).
Suyak to‘qimasi eng qattiq to‘qima bo‘lib, organizmda tayanch va himoya vazifasini o‘taydi va shakl beradi. Suyakning qattiq bo‘lishi uning tarkibidagi moddalarning turi va miqdoriga bog‘liq. Suyak oraliq moddasining 70 % anorganik birikmalar va 30 % organik moddalardan iborat. Organik moddalar suyakka elastiklik ,egiluvchanlik xususiyatini bersa, noorgonik moddalar esa unga qattiqlik va mo‘rtlik xususiyatini beradi. Agar suyak kuydirilsa organik moddalar kuyib yo‘q bo‘lib, suyak mo‘rt va oson sinuvchan bo‘ladi, agar noorgonik moddalar kuchli konsentratsiyali kislotalarda eritilsa, suyak egiluvchan bo‘lib qoladi. Suyakka SaCo3, Ca3 (RO4)2 va magniyli tuzlar zahira holda bo‘lib, kerakli paytda ular qonga chiqib turadi. Misol: xomiladorlik vaqtida, bola emizish vaqtida embrion va chaqaloq skeletini shakllanishida kalsiy va fosforli tuzlar ko‘p sarf bo‘ladi. Shuning uchun shu davrlarda ko‘proq kalsiy va fosforli oziqalarni ko‘p istyemol qilish kerak. Agar bu mineral tuzlar yetishmasa rivojlanayotgan yosh bolalarda har xil suyak kasalliklari uchraydi. Bundan tashqari, ko‘pgina suyaklar qon ishlab chiqaradi.
Boshqa to‘qimalar kabi suyak to‘qimasida ham modda almashinuvi ketadi. Suyak ichiga qon tomirlari va nerv tolalari kiradi. Hamma kerakli oziqa moddalar qon orqali suyak to‘qimasiga yetkazib beriladi. Modda almashinuvini mahsulotlariga esa o‘z navbatida qonga chiqariladi.
Suyak to‘qimasi ham hujayralardan va hujayralararo moddadan tashkil topgan. Uch xil suyak hujayralari farq qiladi: osteotsitlar, osteoblastlar va osteoklastlar.
Osteotsitlar (yunoncha osteron-suyak, sitos-hujayra) o‘simtali hujayralar bo‘lib, o‘simtalari bir-biri bilan tutashgan. Hujayrada yadro endoplazmatik to‘r va mitoxondriyalar topilgan. Sentriollar borligi aniqlangan emas. Shuning uchun ular bo‘linmaydi. Asosiy suyakni ichida joylashgan.
Osteoblastlar (osteron-suyak, blastos-kurtak) suyak osti pardasida suyakning yangi hosil bo‘layotgan qismlarida uchraydi. Shakli kubsimon, piramidasimon va qirrali bo‘ladi. Yadrosi bir yoki bir-nechta bo‘lishi mumkin. Endoplazmatik to‘r, mitoxondriya va boshqalar mavjud. Osteoblastlar suyak hosil qiluvchi hujayralardir, osteoblastlar oqsil sintez qilib, hujayralararo modda hosil qilib va maʼlum vaqtdan keyin aktiv bo‘lmagan osteotsitlarga aylanadi.
Osteoklastlar (osteron-suyak, klao-maydalamoq, parchalanish yemirilish) bu hujayralar tog‘ay va suyaklarni yemiradi. Xujayralar 100 mkm gacha bo‘lib yadrolar 50 tagacha bo‘ladi.
Suyaklar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1) Dag‘al tolali suyak to‘qimasi
2) Ingichka tolali (plastinkali) suyak to‘qimasi
Dag‘al tolali suyaklar embrionda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydi. Kattalardan esa faqat tog‘aylarning suyakka birikkan joyida, kalla suyaklarining choklari uchraydi. Dag‘al tolali deb atalishiga sabab, suyak to‘qimasining tolalari juda dag‘al va turli yo‘nalishda joylashgan bo‘ladi. Xomilada dag‘al tolali suyaklar asta-sekin plastinkasimon suyakka aylanadi.
Plastinkasimon suyaklar voyaga yetgan organizmlarning skeletini tashkil etadi.
Osteon-gaversov sistemalari, yaʼni geversov sistemalariga osteon deb ataladi.
1. Osteon kanali.
2. Osteon plastinkalari.
3. Suyak hujayralari
Osteon kanali ichidan bitta yoki ikkita qon tomirlari o‘tadi. Bu tomirlar suyak ko‘migi va suyak usti pardasi tomirlari bilan ham tutashgan bo‘ladi. Qon tomirlari orqali suyak to‘qimasi oziqlanadi.
Suyakning rivojlanishi va to‘qima regeneratsiyasi.
Suyak mezenximadan paydo bo‘ladi. Suyak to‘qimasi ikki xil yo‘l bilan hosil bo‘ladi:
1) Bevosita mezenximadan (embrionda) bosh va yuz suyaklari, hamma yassi suyaklar.
2) Tog‘aydan suyak hosil bo‘lishi.
Bevosita mezenximadan suyaklarning hosil bo‘lishi.
Bevosita mezenximadan hosil bo‘lishida dastlab bo‘lajak suyak o‘rnida fibrotsitlar to‘xtovsiz ko‘payadi. Fibrotsitlar voyaga yetib ostoblastlarga (suyak hosil qiluvchi hujayralar) aylanadi. Osteoblastlar o‘simtalari orqali bir-birlari bilan birlashadi va asta-sekin ularning sitoplazmasida yosh suyakning asosiy moddasi hosil bo‘ladi. Ko‘paygan asosiy moddalar osteoblastlarni o‘rab oladi. Shundan keyin osteoblastlar suyak hujayralar – osteotsitlarga aylanadi va hosil bo‘lgan yosh suyaklar dastlab yumshoq, keyinchalik kalsiyli tuzlarning ko‘payishi bilan ularning qattiqligi ortadi.

Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling