Mavzu: Yurak va qon tomir tizimlarining kasalliklari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 0.5 Mb.
|
Yurak va qon tomir tizimlarining kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurak sohasini ko ‘rish usuli bilan tekshirish.
- Yurakni paypaslash usuli bilan tekshirish.
Yurakni tekshirish. Yurak mushakli, bo‘shliqli a’zo bo‘lib, ko‘k- rak qafasining pastki qismida, ko‘proq chap tomonda, 3—6- qovurg‘alar orasida joylashgan bo‘ladi.Yurakning asosiy vazifasi — venalardan bo‘limlarga tushgan qonni aorta va o‘pka arteriyasiga, ulardan boshqa arteriyalarga to‘xtov- siz sur’atda chiqarib turishdir.
Yurak navbatma-navbat ikki bosqichda ishlaydi. Yurakning ikki bosqichda ishlashi tufayli ichki a’zolar bo‘ylab qon faqat bir yo‘nalishda oldinga qarab — yurak bo‘lmalaridan qorinchalarga, ulardan tomirlarga qarab harakatlanadi. Yurak mushaklarining qisqarishiga — sistola, kengayishiga — diastola deyiladi. Sistola davrida tavaqali klapanlar yopilib, yarimoysimon klapanlar ochiladi va chap qorinchadagi qon aortaga, o‘ng qorin- chadagi qon — o‘pka arteriyasiga chiqariladi. Diastola davrida tavaqali klapanlar ochilib, yarimoysimon klapanlar yopiladi. Qon arteriya qon tomirlari va bo‘lmachalardan yurak qorinchalariga o‘tadi. Yurak sohasini ko ‘rish usuli bilan tekshirish. Bunda chap oldingi oyoq oldinga tortilib, yurak sohasi ochilgan bo‘lishi kerak.Hayvonning shu joyini yorug‘likka qaratib tekshiriladi. Agarda tabiiy yorug‘lik tushmasa, lampalar bilan yoritiladi.Ko‘rish usuli bilan tekshirganda, yurak turtkisining sezilishi va yurak sohasidagi patologik o‘zgarishlar aniqlanadi. Yurak tizimi kasalliklari davrida ko‘krak devorlarining shakli va kattaligi o‘zgarib, yurak yonidagi ko‘krak devorining bo‘rtishiga yurak turtkisi deyiladi.Ko‘kragi tor (ot, eshak), ozg‘in, ishlagan, isitmasi bor hayvon larda yurak turtkisi juda yaxshi seziladi. Ko‘kragi keng, semiz, juni qalin va uzun hayvonlarda yurak turtkisi zo‘rg‘a bilinadi yoki umuman bilinmaydi (qoramol, bo‘rdoqidagi mollar, qo‘y). Sog‘lom hayvonlarda yurak sohasida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi.Kasalliklarda kesilishlar, shishlar paydo bo‘lishi mumkin. Yurakni paypaslash usuli bilan tekshirish. Yurakni paypaslaganda,bir kishi hayvonni fiksatsiya qilib turadi, veterinar esa tekshiradi.Katta hayvonlarni tekshirganda, shifokor hayvonning chap tomo nidan kelib o‘ng qo‘lini hayvonning yelkasiga, chap qo‘lini tirsak ostiga, yurak sohasiga yuborib tekshiradi. Mayda hayvonlarni tekshirganda, shifokor orqadan kelib, ikki qo‘lini yurakning o‘ng va chap tomoniga qo‘yib tekshiradi. Yurakni paypaslaganda yurak turtkisining kuchi, bir me’yor- daligi va joyi, yurak sohasida og‘riq bor-yo‘qligi aniqlanadi. Yurak ning bu ko‘rsatkichlariga yurakni o‘pkaning qoplab turgan joyining katta-kichikligi, ko‘krak bo‘shlig‘ida yurakning joylashishi holati, ko‘krak bo‘shlig‘ining shakli va devorlarining qalinligi, yurakning qisqarish kuchi ta’sir qiladi. Yurak turtkisi o‘ng tomonga nisbatan chap tomonda kuchliroq bo‘ladi, ko‘krak qafasi tor va ozg‘in hayvonlarda yaxshi bilinadi. Ishlash, qo‘zg‘alish, isitma. va boshqalar yurak turtkisining kuchayishiga olib keladi. Sog‘lom hayvonlarda yurak turtkisining ko‘rsatkichlari quyidagicha: Qoramol, qo‘y, echki va cho‘chqalarda 4-qovurg‘a orasida, tirsakdan 2—3 sm yuqorida, yaxshi sezilib, tarqalgan bo‘ladi. Otlarda va itlarda 5-qovurg‘a orasida, yelka-kurak bo‘g‘ini chizig‘idan 7—8 sm pastda yaxshi bilinadi. Sog‘lom hayvonlarda yurak turtkisining kuchi o‘rtacha, bir m e’yorda bo‘lib, yurak sohasi og‘riqsiz bo‘ladi. Qo‘lni yurak sohasiga qo‘yib, turtki topilgandan keyin ko‘rsat- kichlar aniqlanadi. Agarda yurak turtkisi bir joyda sezilsa, turtki bir joyga urayapti deb xulosa chiqariladi. Yurak turtkisi har joyda sezilsa, turtki tarqalgan deyiladi. Bu holat yurak kengayganda, ekssudativ perikarditda kuzatiladi. Kasalliklarda yurak turtkisining quyidagi o‘zgarishlari kuza- tilishi mumkin: Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling